3-mavzu: ms excelning funksiyalar kutubxonasi
KO‘PAYTMANI HISOBLASHGA OID FUNKSIYALAR
Download 25.78 Kb.
|
3-mavzu 1-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- STATISTIK FUNKSIALAR
KO‘PAYTMANI HISOBLASHGA OID FUNKSIYALAR
Ko‘paytma matematik ifodalarda keng tarqalgan amallardan biri bo‘lib, biz ushbu darsda ko‘paytma qatnashgan hisoblashlarning o‘ziga xos usullari bilan tanishamiz: 1-usul. Katakka = belgi qo‘yilib kerakli ifodalar ko‘paytiriladi; 2-usul. Ko‘paytmani hisoblash funksiyasidan foydalaniladi. 1-mashq. MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud: C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang; D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang; E ustunga A, B, C, D ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang; F ustunga A, B, C, D, E ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang; Bajarish: A1:A10 va B1:B10 bloklariga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi; C1 katagida A1:B1 blokining = ПРОИЗВЕД(A1:B1) ko‘paytmasi hosil qilinadi; D1 katagida A1:B1 blokining =A1+B1 yig‘indisi hosil qilinadi; E1 katagida A1:D1 blokning = ПРОИЗВЕД(A1:D1) ko‘paytmasi hosil qilinadi; F1 katagida A1:E1 blokning =СУММ(A1:E1) yig‘indisi hosil qilinadi: YODDA SAQLANG ! Berilgan sonlarning ko’paytmasini hisoblash uchun ПРОИЗВЕД funksiyasidan foydalaniladi. STATISTIK FUNKSIALAR MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi. Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi: 1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali; 2-usul. Menyuning formulalar satri bandini tanlash orqali, bu holatda quyidagi oyna o‘chiladi: MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz quyida ayrim funksialar va ularning vazifalarini kelturamiz: № Fuksiya Vazifasi 1 МАКС Berilgan sonlarning eng kattasini hisoblaydi 2 МИН Berilgan sonlarning eng kichigini hisoblaydi 3 СРЗНАЧ Berilgan sonlarning o‘rta arfimetigini hisoblaydi 4 СЧЁТЕСЛИ Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo‘sh bo‘lmagan kataklar sonini sanaydi 1-mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining o‘rta arfimetigini D8 katakka hosil qiling. Bajarish: A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz; D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning eng kattasini topish formulasi): =МАКС(A1:C5); D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng kichigini topish formulasi): =МИН(A1:C5); D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta arfimetigini hisoblash formulasini): =СРЗНАЧ(D6:D7); Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash ketma-ketligini tushuntirib bering? 2.Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki usulda bajaring. YODDA SAQLANG ! Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi: 1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali; 2-usul. Menyuning formulalar satri bandini tanlash orqali. MS EXCEL YORDAMIDA BA’ZI MASALALARNI YECHISH MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik usulda yechish imkoniyati mavjud. Buning uchun tenglamalar yoki tenglamalar sistemasini funksiyalar ko‘rinishiga keltriladi. Grafikni tahlil qilish orqali tenglamalarning taqribiy yechimlari aniqlanadi. 1-mashq. x 4 -2x 3 -3x 2 +1=0 tenglama yechimlar yotgan oralig‘ini toping. Bajarish: A1 katakka x, A2 ga f(x) kiritiladi; B1:F1 da x ning qiymatlari kiritiladi; B2 quyidagi formulani kiritamiz: =B1^4-2*B1^3-3*B1^2+1; C2:F2 blokdagi kataklarga yuqoridagi formulaning nusxasi ko‘chiriladi. Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi: Jadvaldan qaralayotgan tenglamaning yechimi (0;1) va (2;3) oraliqlarda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qaralayotgan oraliqni yanada maydalash hisobiga izlanayotgan yechimga yetarlicha yaqinlashishimiz mumkin. 2-mashq. { 𝒙 − 𝟐𝒚 − 𝟏 = 𝟎 𝟐𝒙 − 𝒚 + 𝟏 = 𝟎 tenglamalar sistemasini yeching. Yechish. Ushbu tenglamalar sistemasini yechish uchun quyidagi ikkita grafikni qaraymiz: . { 𝒚 = (𝒙 − 𝟏)/𝟐 𝒚 = 𝟐𝒙 + 𝟏 Qaralayotgan tenglamalar sistemasi yechimini topish uchun hosil bo‘lgan funksiyalarni ordinatalari teng bo‘lgan x qiymatlari izlanadi: Grafikdan ko‘rinmoqdaki, x=1 bo‘lganda, y=0 bo‘ladi. Download 25.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling