3-mavzu: ms excelning funksiyalar kutubxonasi


KO‘PAYTMANI HISOBLASHGA OID FUNKSIYALAR


Download 25.78 Kb.
bet5/6
Sana28.09.2023
Hajmi25.78 Kb.
#1688695
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu 1-kurs

KO‘PAYTMANI HISOBLASHGA OID FUNKSIYALAR 
Ko‘paytma matematik ifodalarda keng tarqalgan amallardan biri bo‘lib, biz ushbu darsda 

ko‘paytma qatnashgan hisoblashlarning o‘ziga xos usullari bilan tanishamiz:


1-usul. Katakka = belgi qo‘yilib kerakli ifodalar ko‘paytiriladi; 
2-usul. Ko‘paytmani hisoblash funksiyasidan foydalaniladi.
1-mashq. MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud: 
C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang; 

 D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;


 E ustunga A, B, C, D ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang; 
F ustunga A, B, C, D, E ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
Bajarish:
 A1:A10 va B1:B10 bloklariga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi;
 C1 katagida A1:B1 blokining = ПРОИЗВЕД(A1:B1) ko‘paytmasi hosil qilinadi
 D1 katagida A1:B1 blokining =A1+B1 yig‘indisi hosil qilinadi;
 E1 katagida A1:D1 blokning = ПРОИЗВЕД(A1:D1) ko‘paytmasi hosil qilinadi; 
 F1 katagida A1:E1 blokning =СУММ(A1:E1) yig‘indisi hosil qilinadi:
YODDA SAQLANG ! 

Berilgan sonlarning ko’paytmasini hisoblash uchun ПРОИЗВЕД funksiyasidan foydalaniladi.



STATISTIK FUNKSIALAR 
MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib 

tegishli masalalarni yechish hisoblanadi.


Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi: 
1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;
2-usul. Menyuning formulalar satri 
bandini tanlash orqali, bu holatda quyidagi oyna
o‘chiladi:
MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz quyida ayrim funksialar va ularning 

vazifalarini kelturamiz:



Fuksiya 

Vazifasi


1
МАКС 

Berilgan sonlarning eng kattasini hisoblaydi


2
МИН 

Berilgan sonlarning eng kichigini hisoblaydi


3
СРЗНАЧ 

Berilgan sonlarning o‘rta arfimetigini hisoblaydi


4
СЧЁТЕСЛИ 

Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo‘sh bo‘lmagan kataklar 


sonini sanaydi
1-mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining o‘rta arfimetigini D8 

katakka hosil qiling.


Bajarish: 
 A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz;
 D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning eng kattasini topish 
formulasi): =МАКС(A1:C5);
 D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng kichigini topish 
formulasi): =МИН(A1:C5);
 D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta arfimetigini hisoblash 
formulasini): =СРЗНАЧ(D6:D7);
Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

1.Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash ketma-ketligini tushuntirib


bering?

2.Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki usulda bajaring.


YODDA SAQLANG ! 

Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:


1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali; 
2-usul. Menyuning formulalar satri bandini tanlash orqali.
MS EXCEL YORDAMIDA BA’ZI MASALALARNI 

YECHISH


MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik usulda yechish 
imkoniyati mavjud. Buning uchun tenglamalar yoki tenglamalar sistemasini funksiyalar
ko‘rinishiga keltriladi. Grafikni tahlil qilish orqali tenglamalarning taqribiy yechimlari aniqlanadi.


1-mashq. x

4

 -2x

3

-3x

2

+1=0 tenglama yechimlar yotgan oralig‘ini toping.
Bajarish:
 A1 katakka x, A2 ga f(x) kiritiladi;
 B1:F1 da x ning qiymatlari kiritiladi; 
 B2 quyidagi formulani kiritamiz: =B1^4-2*B1^3-3*B1^2+1;
 C2:F2 blokdagi kataklarga yuqoridagi formulaning nusxasi ko‘chiriladi. Natijada quyidagi 
jadval hosil bo‘ladi:
Jadvaldan qaralayotgan tenglamaning yechimi (0;1) va (2;3) oraliqlarda ekanligi ma’lum 

bo‘ldi. Qaralayotgan oraliqni yanada maydalash hisobiga izlanayotgan yechimga yetarlicha


yaqinlashishimiz mumkin. 
2-mashq.
{
𝒙 − 𝟐𝒚 − 𝟏 = 𝟎

𝟐𝒙 − 𝒚 + 𝟏 = 𝟎


tenglamalar sistemasini yeching. 

Yechish. Ushbu tenglamalar sistemasini yechish uchun quyidagi ikkita


grafikni qaraymiz: .
{
𝒚 = (𝒙 − 𝟏)/𝟐

𝒚 = 𝟐𝒙 + 𝟏


Qaralayotgan tenglamalar sistemasi yechimini topish uchun hosil bo‘lgan funksiyalarni 

ordinatalari teng bo‘lgan x qiymatlari izlanadi:


Grafikdan ko‘rinmoqdaki, x=1 bo‘lganda, y=0 bo‘ladi.


Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling