3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati


Download 63.19 Kb.
bet12/13
Sana09.03.2023
Hajmi63.19 Kb.
#1256029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-Ma\'ruza mavzui

8. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

O‘zbekistonning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqish g‘oyasi aslida respublika Oliy Sovetining 1990-yil 20-iyunda bo‘lgan 2-sessiyasida ilgari surilgan edi. Bu boradagi ishlar deyarli 2,5 yil davom etdi. Uch guruhdan iborat komissiya bu borada tegishli faoliyat ko‘rsatib uning 149 ta moddadan iborat yangi variantini 1992-yil bahorda ishlab chiqdi. 1992-yil 26-sentyabrda esa umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Loyiha taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib 1992-yil 21-noyabrda ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning 12-chaqiriq, 11-sessiyasida muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat konstitutsiya qabul qilindi.


Konstitutsiya O‘zbekiston Respublikasining mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi, zamonaviy demokratik va huquqiy davlat barpo etishdagi asosiy huquqiy hujjat bo‘lib shakllandi. U o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, jahondagi eng ilg‘or va demokratik jihatlarni o‘z ichiga singdirgan. Keyinchalik jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning Oliy Majlis vakolatlariga doir 76-88-moddalarga, Prezident vakolatlari va vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97 - moddalariga ham o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi. 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan Qonunga binoan Konstitutsiyaning ayrim moddalariga, xususan Prezident vakolatlariga doir 89, 93-modda 15-bandi, 102-modda 2-qismi o‘zgartirildi.
Konstitutsiyaviy tizimning prinsiplari quyidagilardan iboratdir:
1) Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslari.
2) Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish.
3) Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish.
9. Davlat ramzlari

O‘zbekiston o‘zmustaqilligini qo‘lgakiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi ― O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida Qonun qabul qildi O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi tomonidan O‘zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo‘ldi.
Ushbu sesssiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi to‘g‘risida»gi Qonun ham qabul kilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994- yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘m muomalaga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to‘g‘risida Biringchi Prezident I.Karimov: - Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir! - deb ta’kidlagan.


1 Sh.Yo‘ldoshev. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. Xalq so‘zi. 1992-yil 5-yanvar, yakshanba, 4-son.

2 Karimov I.А. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2011

3 O‘zbekiston Respublikasi: mustaqil davlatning bunyod bo’lishi. Q.А.Ahmedovning umumiy tahriri ostida /. – Т.: « O‘zbekiston», 1992. – B. 50.

Download 63.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling