beradi. Agar ob’yekt jadval bo‘lsa, unga yangi maydonlar
kiritish yoki mavjud
maydonlarning xossalarini o‘zgartirish mumkin.
«Создать» (Yaratish) tugmachasi
yangi ob’yektlarni: jadvallar, so‘rovlar, shakllar va
hisobotlarni yaratish uchun
ishlatiladi.
Biror MBni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim.
Buning uchun MBning tuzilmasini aniqlab olish kerak bo‘ladi. MBning yaxshi
tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MBni yaratish uchun asos bo‘ladi.
MS Accessda MBni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo‘sh bazani
yaratib, so‘ngra
unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob’yektlarni
kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo‘lgani
bilan MBning har bir
elementini alohida aniqlashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan
ko‘proq foydalaniladi. Unda
«Мастер» (Usta) yordamida barcha kerakli jadvallar,
shakllar va hisobotlarga ega bo‘lgan ma’lum turdagi
MB birdaniga yaratiladi,
so‘ngra tegishli o‘zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang‘ich MBni
yaratishning eng sodda usulidir.
3.2.5-rasm. Yangi MB ni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: