3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Yuqori tartib shartli reflekslar


Download 31.75 Kb.
bet12/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

Yuqori tartib shartli reflekslar. Yagona bir sistemaga birlashtiruvchi omildir. Yuqori tartib shartli reflekslar. Shartli ta’sirlovchini shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkamlab hosil qilingan shartli refleks birinchi tartib shartli refleks deyiladi. Ana shu shartli refleks asosida yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli refleks ikkinchi tartib shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lampochkani yoqib, so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil qilinsa, unga qo‘shimcha ravishda qo‘ng‘iroq chalib, yangi shartli refleks hosil qilish mumkin.
Vaqtga aloqador shartli reflekslar. Muayyan vaqt oraligida ham shartli ta’sir paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bola har 3-4 soatda ovqatlantirib turilsa, bir necha marta ovqatlanganidan so‘ng unda shu vaqtda ovqatlanish shartli refleksi paydo bo‘ladi. Kun tartibi xususida ham shu gapni aytish mumkin. Dars tugashiga 1-2 daqiqa qolganida o‘quvchilarning diqqat e’tibori bir oz susayadi, bunga vaqtga aloqador shartli refleks vujudga kelishi sabab boiadi. Ko‘pgina fizioligik jarayonlar vaqtga aloqador shartli reflekslar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Masalan, nafas olish harakatlari, yurakning bir me’yorda qisqarishi, me’da-ichakning ishi va boshqalar shular jumlasidan. Vaqtga aloqador shartli reflekslar miya po‘stlog‘idagi muayyan sohalarning tegishlicha qo‘zg‘alishi asosida vujudga kelgan.
3.9. Shartli reflekslarning tormozlanishi
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo‘layotgan davrda tashqi muhit sharoitining birdan o'zgarishi miya po‘stlogida yangi qo‘zg‘alish o‘chog‘ini hosil qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Binobarin, refleks hosil bo‘lishi tormozlanadi. Bunday tashqi ta’sirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi yorug‘likning o‘zgarishi, shamol va boshqalar kiradi. Hosil qilingan shartli refleks hosil qilinmasa, ko‘p o‘tmay u tormozlanadi.
Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan ta’sirlovchilar shartsiz ta’sirlovchi deb nomlanadi. Masalan, dars vaqtida ko‘chadan avtomobil ovozi eshitilganda bir nechta o‘quvchining diqqati chalg‘ib, tovush kelgan tomonga qaraydi. Miya po‘stlog’ida ikkilamchi qo‘zg‘alish markazi vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo‘lishi mumkin. Bunday tormozlanish shartli ta’sirlovchi kuchli bo‘lganda vujudga keladi.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling