3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Ontogenezda bosh miya katta yarimsharlarining rivojlanishi


Download 31.75 Kb.
bet9/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

3.8. Ontogenezda bosh miya katta yarimsharlarining rivojlanishi
Miya yarimsharlarida ko‘rish, eshitish, teri, propriotseptiv, sezish, hid va ta’m bilish, nutqni eshitish, nutq harakati hamda nutq ko‘rish analizatorlarining oxirgi nerv markazlari joylashgan.
Bosh miyaning egat va burmalari bir vaqtda rivojlanmaydi. Bola tug‘ulgandan keyin yarimsharlarning egat va burmalari kattalarninkiga o‘xshashligiga qaramasdan, egatlar uncha chuqur bo‘lmaydi va miya bo‘laklarining nisbati o‘zgaradi. Bolalarning ilk yoshligida miya yarim sharlarining ensa qismi kattalarnikidan kattaroq bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan so‘ng peshona bo‘lagi kattalashadi. Bolaning hayoti davomida miya yarimsharlarining massasi va sathi bosh miyaga nisbatan o‘zgarib boradi.
Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh miyasi vaznining 78-80% ini tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po‘stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat; Bosh miya yarim sharlari po‘stloq qavat qalinligi, 4-4,5 mm, yuzasi 220000 kv. mm. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog'i filogenezda eng so‘nggi, demak eng yosh miya bo‘laklaridan hisoblanib sut emizuvchilarda, ayniqsa odamlarda juda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Miya po‘stlog‘i mikroskopda tekshirilganda undagi nerv hujayralari olti qavat bo‘lib joylashganligi aniqlangan: 1-qavatda nerv hujayralarining kalta o‘simtalari; 2-qavatda donasimon nerv hujayralari; 3-qavatda piramidasimon hujayralar; 4- qavatda yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralari; 5-qavatda yirik piram idasim on hujayralari; 6-qavatda duksimon nerv hujayralari joylashgan.
Miya po‘stlog'ining turli qismlarida, joylashgan nerv hujayralarining funksiyasiga ko‘ra po‘stloq sathi uchta zonaga bo‘linadi; sezish, harakat va assotsiativ zonalar. Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to‘plami odam tanasining barcha sezish organlarining oliy markazi hisoblanib, bular teri, ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish kabi sezish organlarining retseptorlaridan impulslarni qabul qiladi. Miya po‘stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to‘plami muskullar, paylar to‘qimlar, suyaklarning retseptorlaridan impul’s qabul qilib, harakatni boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi.
Assotsiativ zonalar sezish va harakatlanish organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi. Bosh miya yarim sharlari po'stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi, psixik faoliyatimizning moddiy negizidir. Odamning flkrlash, ong, o'zlashtirish, eslab qolish, muomalasi, madaniyati, bilim olish, hunar o'rganish murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati miya po‘stlog‘i faoliyatidir. Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. Po‘stloqning ensa qismida ko‘rish, chakkada eshitish, peshanada, iehkari sohasida hid sezish, tepa qismida harakat markazlari joylashgan, ya’ni, shuni ta’kidlash kerakki, har bir organ ish faoliyatining muhimligiga qarab uning markazini miya po‘stlog‘ida egallagan o‘rni har xil bo‘ladi. Masalan, qo‘l panjasi odamning kundalik hayotida juda ko‘p vazifani bajaradi, shuning uchun uning harakatini boshqaruvchi nerv markazi boshqa harakat markazlarining miya po‘stlog‘idagi egallagan o‘rniga nisbatan kattadir. Bundan tashqari, yarim sharlar po‘stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo‘llari bosh miyaning quyi qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim sharlardagi nerv markazlari odam tanasining o‘ng tomonidagi, o‘ng yarim shardagi nerv markazlari tananing chap tomonidagi to‘qima va organlar ishini boshqaradi. Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam tanasining barcha to‘qima va organlari ishini boshqaradi.
Miya po‘stlog‘ida avval chuqur, so‘ng yuza qavatlar rivojlanadi. Miyaning yarim sharlar po‘stlog‘idagi harakat markazlarining tabaqalanishi 12 yoshda tugaydi, ayrim piramidasimon hujayralar rivojlanishi 18 yoshgacha davom etadi. Harakat analizatorining rivojlanishi bolaning muskul faoliyatiga bog‘liq. Harakat analizatorining rivojlanishida bola tug‘ilgandan so‘ng birinchi haftalik, 4 yoshlik, 7 yoshlik va 12 yoshlik bosqichlari mavjud. Teri analizatorining miya po‘stlog‘idagi nerv markazlari bolaning 2 yoshida kattalarnikidek bo'ladi. Bolaning hayoti davomida miya yarim sharlari turli qismlarining tuzilishi va funksiyasi rivojlanib boradi. Bunda funksiya asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga organizm rivojlanishi jarayonida nerv tolalari miyelinlashadi. Avval harakat nervlari, aralash nerv tolalari, so‘ngra markazga intiluvchi nerv tolalari miyelinlashadi. Orqa miya nervlarining miyelinlashuvi 3 yoshda, bosh miya nervlarniki esa 1-1,5 yoshda tugaydi.
Refleks - nerv faoliyatining asosiy shakli.
Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi. Tashqi ta’sirlar eng avvalo o‘ta sezgir periferik nerv uchlari - retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga kelib, qo‘zg’alishni javob qaytaruvchi organga o‘tkazadi.
Refleksning yuzaga chiqishida qo‘zg‘alish o‘tadigan yo‘l refleks yoyi deyiladi. Qo‘zg‘alishning o‘tishi va refleks hosil bo‘lishi uchun reflektor yoy butun bo‘lishi kerak.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling