3-Mavzu: Odamlarni (hodimlarni) boshqarish


Download 31.17 Kb.
bet1/3
Sana26.12.2022
Hajmi31.17 Kb.
#1066835
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu (1)


3-Mavzu: Odamlarni (hodimlarni) boshqarish

Dasturiy taminot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda ishlayotgan hodimlar tashkilotning qimmatli hodimlaridir. Bu yaxshi hodimlarni(mutaxassislarni) ishga jalb qilish va saqlab qolishda ko‘p ahamiyatga ega va tashkilotning sarmoyadan mumkin bo‘lgan eng yaxshi foyda kelishini ta`minlash ham dasturchilarga bog`liq. Mivofaqqiyatli kompaniyalar va xo‘jaliklarda hodimlar tashkilot tomonidan xurmat qilinganda, malakasi va tajribasini ko`rsatadigan javobgarlik belgilanganda erishiladi. Dasturiy loyiha boshqaruvchilari dasturiy ta‘minot rivojlanish ishiga ta‘sir qiluvchi texnik masalalarni tushunishi muhim. Shunga qaramay, baxtga qarshi, yaxshi dasturiy injinerlar kerakli darajada yaxshi shaxs boshqaruvchilari emas.


Dasturiy injinerlarda kuchli texnik malaka bor, lekin loyiha yaratuvchi jamoani umumlashtirish va boshqarish imkoniyatini beruvchi hislat yo‘q. Loyiha boshqaruvchisi sifatida, siz hodimlarni boshqarishning potensial muammolaridan xabardor bo‘lishingiz va boshqaruv malakangizni oshirishga urinish kerak.
Mening fikrimcha, hodimlarni boshqarishda to‘rtta muhim omil bor:

  1. Loyiha jamoasidagi bir xil hodimlarga qiyosiy yo‘sinda munosabat bo‘lishi kerak. Hech kim hamma mukofot bir xil bo‘lishini kutmaydi lekin hodimlar ularning tashkilotga hissasi past baholanganini his etmasligi kerak.

  2. Turli hodimlarda turli mahorat borligini hurmat qiling va menejerlar bu farqlarni hurmat qilishi lozim. Jamoaning har bir a`zosiga o‘z xissasini qo‘shishi uchun imkon berish kerak. Bazi hollarda, albatta, hodimlarni jamoaga mos emas deb hisoblaysiz va ular davom etolmaydi, lekin loyihaning dastlabki bosqichlarida hulosaga shoshilmaslik kerak.

  3. Jalb qilingan hodimlar boshqalar uni tinglayotganini his etganda samarali hissa qo‘shadi va taklifini ham hisobga oladi. Ishchi muhitni rivojlantirish juda muhim qayerdaki, hamma fikrlar, hatoki u eng quyi hodimga tegishli bo`lsa ham, hisobga olingan joyda.

  4. Menejer sifatida rostgo‘ylik, siz doim jamoada nima yaxshi v anima yomon ketayotganligi haqida rostgo‘y bo‘lishingiz lozim. Siz texnik bilim darajangiz haqida va ochiq ko`ngillik bilan zarurat bo‘lganda yetarli bilim ta‘minlash uchun ishni kechiktirishda ham rostgo‘y bo‘lishingiz kerak. Agar siz bilimsizlik va muammolarni yopib yuborsangiz, sizdan habar topishadi va jamoani hurmatini yo‘qotasiz.

Hodimlarni boshqarish, fikrimcha, tajribaga bog‘liq bo‘lgan narsa, kitobdan o‘rgangandan ko‘ra. Bu bo‘limdan mening maqsadim va keyingi jamoaviy ish haqidagi bo‘lim oddiygina muhim insonlarni va jamoani boshqarishdagi dasturiy loyiha boshqaruviga ta‘sir etuvchi muammolarni tanishtirish. Umid qilamanki, texnik talantli jamoalar bilan kelishishda menejerlar duch keladigan bir qancha muammolarga ta`sirchanligingizni oshirdi.




      1. Download 31.17 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling