3-mavzu. O’lchash vositalarining davlat sinovi


Download 19.42 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi19.42 Kb.
#1819773
Bog'liq
2-mavzu. O’lchash vositalarining davlat sinovi


3-mavzu. O’lchash vositalarining davlat sinovi
O’lchash vositalarini davlat sinovi va metrologik attestasiyalash, amaldagi me`yoriy hujjatlarga mos ravishda nazorat va tekshiruv shakli tarzida o’tkaziladi.
Davlat sinovlari mamlakatda o’lchash birliligini ta`minlash, mavjud o’lchash vositalari to’olamidan samarali foydalanish va oqilona natija beruvchi nomlarini belgilash, o’zining texnik ko’rsatkichlari va sifati bo’yicha o’zimizda ishlab chiqarilgan eng yaxshi va chet el namunalariga mos keluvchi yoki ulardan ustun turuvchi o’lchash vositalarini ishlab chiqarilishini va tayyorlashni yo’lga qo’yish maqsadida o’tkaziladi.
O’lchash vositalarini davlat sinovlarini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • o’lchash vositalarini zamonaviy texnik darajaga mos kelishini aniqlash;

  • o’lchash vositasini mamlakatimizda ishlab chiqarishni yoki chet ellardan olib kelish zaruriyatini maqsadga muofiqligini va imkoniyatini aniqlash;

  • o’lchash vositalarini qiyoslash va ta`mirlash usullari va vositalari bilan ta`minlanganligini tekshirish;

  • ishlab chiqarilayotgan va chet ellardan keltirilayotgan o’lchash vositalarini me`yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirish.

Davlat sinovlarini ikkita turi belgilangan: qabul qilishda va tekshirishda.


Uzliksiz ishlab chiqarishga mo’ljallangan yangi turdagi o’lchash vositalarining tajriba nushalari, shuningdek chet eldan keltirilishi mo’ljallangan o’lchash vositalarining namunalari davlat qabul sinovlaridan o’tkazilishi shart. Bu sinovlarning ijobiy natijalari o’lchash vositalarining turini tasdiqlashga va ishlab chiqishga ruhsat berishga hamda uzluksiz ravishda o’lchash vositasidan foydalanish mumkinligiga asos bo’ladi. “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan o’lchash vositalari turlari davlat reestiriga kiritilishi lozim.
Davlat tekshiruv sinovlaridan ishlab chiqarilayotgan va davriy tarzda chet ellardan keltirilayotgan to’olam o’lchash vositalari namunalari o’tishi lozim:

  • uzluksiz ishlab chiqarishga va chel eldan kiritilayotgan to’olamlarga ruhsat berilgan vaqtning tugashi munosabati bilan;

  • o’lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari me`yorlariga ta`sir qiluvchi konstruktiv yoki ularni tayyorlash texnologiyalariga o’zgartirishlar kiritilganda;

  • ishlab chiqarilayotgan va davriy tarzda chet ellardan keltirilayotgan o’lchash vositalar to’olami turlarini va me`yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshiruv tartibida.

Davlat tekshiruv sinovlarining ijobiy natijalari, ularni uzluksiz ishlab chiqishni davom etirishga asos bo’ladi.
Davlat sinovlarirning maqsadi:

  • mamlakatimizda o’lchash birliligini ta`minlash;

  • o’lchash vositalari oarkidan oqilona va samarali foydalanish va ularning nomenklaturalarini aniqlash;

  • o’zining texnik ko’rsatkichlari va sifati bo’yicha yurtimizda yoki xorijda ishlab chiqarilgan a`lo darajadagi namunalarga mos keluvchi yoki ulardan ustun keluvchi o’lchash vositalarini ishlab chiqish.

Bu maqsadalarga o’lchash vositalarini hozirgi zamon texnik ko’rsatkichlariga mos kelishini tahlil qilish; o’lchash vositalarini qiyoslash usulari va ta`mirlash vositalari bilan ta`minlanganligini tekshirish; qiyoslash uchun usular va vositalarni to’g’ri tanlanganligini hamda qiyoslasharo intervali ishonchli normativ ko’rsatgichlariga mos kelishini; o’lchash vositasini mamlakatimizda ishlab chiqarish zaruriyatini va imkoniyatlarini aniqlash yoki ularni chet ellardan keltirish kerakligini, ishlab chiqarilayotgan yoki xorijdan keltirilayotgan o’lchash vositalarini texnik hujjatlarini talablarga javob berishini tekshirish orqali erishiladi.
SHunday qilib, davlat sinovlari tizimlari asbobsozlik sohasida davlat metrologik xizmatining yagona texnik siyosatni amalga oshrishning o’ta muhim quroli bo’lib xizmat qiladi. U o’lchash vositasi “hayot” ining hamma bosqichlarini qamrab oladi. Texnik tooshiriqni yaratish bosqichida uni metrologik eksoertizadan o’tkaziladi. Bunda o’lchash vositasini tavsiya etilayotgan metrologik xarakteristikalar bilan yaratish zaruriyatini baholash, o’lchash vositasini qiyoslash usulari va vositalari bilan ta`minlanganligi tekshirish, metrologik terminlar va fizik kattaliklar birliklaridan to’g’ri foydalanilayotganligi va h.k. ishlari olib boriladi.
Texnik tooshiriqlarni metrologik eksoertizadan o’tkazish, xalq-xo’jaligining ehtiyojiga javob bermaydigan, o’z vaqtida texnik tooshiriqlarda yo’l qo’yilgan xatolarni bartarf etishi, xalq-xo’jaligining ehtiyojiga javob bermaydigan o’lchash vositalarini loyihalashtirish uchun keraksiz sarf xarajatlardan xolos bo’lish imkonini beradi.
Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling