3-mavzu. Oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv va ularning strukturasi


Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor


Download 181.21 Kb.
bet8/8
Sana21.02.2023
Hajmi181.21 Kb.
#1216783
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 мавзу Oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv va ularning strukturasi

Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor:

  • oliy ta`lim muassasasi ishchilar va talabalari uchun majburiy bo’lgan buyruq va topshiriqlarni chiqaradi;

  • prorektorlarning aniq majburiyatlarini va mas`uliyatlarini belgilab beradi;

  • ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedagogik xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi;

  • oliy ta`lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo’limlarining ilmiy tadqiqot, tajribiy- eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va ularning nizomlarini tasdiqlaydi;

  • oliy ta`lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yoki qo’shimcha to’lovlarni belgilab beradi;

  • kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;

  • Qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.

Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag’lari chegarasida, oliy ta`lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va oyliklarga o’rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda:



  • oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy kengashning maslaxatiga ko’ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega;
  • O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ajratilgan shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.


Oliy ta`lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko’rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi.


Oliy ta`lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bo’lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta`sischilar, mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta`lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va homiylarning vakillari kiradi.
Oliy ta`lim muassasasi haqidagi amaldagi qonunchiligiga va Nizomiga ko’ra unda ijtimoiy tashkilotlar, ilmiy va ko’ngilli jamiyatlar, dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga o’xshashlarni tashkil qilinishi taqiqlanadi.

Download 181.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling