3-маvzu: O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat


Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish


Download 1 Mb.
bet7/7
Sana10.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1348687
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish. Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining “davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero, insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish – “davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan). Masalan, juz’iy klassifikasiyaga J.Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo’lishini kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan.

D.Elkoninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning taraqqiyotni davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart-sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi. Professor E.G’oziyevning “Psixologiya” (1994) kitobida bunday bo’linishlar xarakteristikasi batafsil keltirilgan.

Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri – butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Xalqaro Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. Quyida keltirilgan jadvalda berilgan xuddi shu yuqoridagi sxema bo’lib, u Ananyev, Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga
asoslangan.

Taraqqiyotni yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E.Eriksonda shaxs “Men”ining rivojlanish bosqichlariga tayangan klassifikasiyasi ham mavjud bo’lib, unda har bir taraqqiyot davrida alohida ahamiyat kasb etadigan sifatlar ham ijobiy, ham salbiy jihatdan ajratilgan.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling