3-mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 124.5 Kb.
bet7/10
Sana29.03.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1306981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

M.a. 301 yilda Aleksandr Makedonskiy saltanati uchta mustaqil davlatga bo’linib ketadi: Makedoniya – Antiox avlodlariga, Misr – Ptolemey avlodlariga va Suriyadan to O’rta Osiyo – Hindistongacha bo’lgan yerlar Salavka I ga tegdi. O’rta Osiyo yerlarining Salavka I tomonidan bosib olinishi m.a. 306-301 yillarga to’g’ri keladi.
M.a. 293 yil Salavkiylar davlati uchun tarixiy voqyealarga boy sana hisoblanadi. Jumladan, bu yilda davlat poytaxti Bobildan Suriya-Antioxiyaga ko’chiriladi. Shu bilan birga Salavka I dastlab o’g’li Antiox I Saterning ixtiyoriga Marg’iyona, Baqtriya, Sug’diyonani berdi. So’ngra uni O’rta Osiyo yerlarining hokimi etib tayinlaydi. M.a. 280 yilda Salavka I vafotidan so’ng hokimiyat tepasiga Antiox I chiqadi va davlatni 20 yil davomida boshqaradi.
M.a. III asrning o’rtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun o’zaro kurashlar avj olib ketdi. Buning oqibatida O’rta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va m.a. 250 yilda undan dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya podsholigi ajralib chiqadi.
4) Yunon-Baqtriya podsholigi. Bu davlatning asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. M.a. 250 yilda u o’zini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb e’lon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy O’zbekiston va Afg’oniston kirgan. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy-G’arbiy Hindiston hamda Sug’diyona ham buysungan. Poytaxti Baqtra (o’rta asrlarda Balx, hozirgi Mozori Sharif atrofida) shahri bo’lgan. Davlat bir qancha satrapliklarga (viloyatlar) bo’linib boshqarilgan. Bu davlatda iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon an’analari asosida yuksak rivojlangan.
Yunon-Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorliklar Shimoliy Afg’onistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin hisoblanadi.
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O’rta Osiyo hududlarini o’zaro bog’lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko’rfaziga olib chiquvchi savdo yo’llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan.
Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan tayyorlangan. Tangalarda hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan.
Yunon-Baqtriya podsholigining quyidagi hukmdorlari ma’lum: Diodot (m.a. 250-230), Yevtidem (m.a. 230-200), Demetriy (m.a. 200-185), Yevkradit (m.a. 185-171), Geliokl (m.a. 171-155) va boshqalar.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling