3-mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 124.5 Kb.
bet1/10
Sana29.03.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1306981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu


3-MAVZU: O’ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA DASTLABKI TARAQQIYOT BOSQICHLARI

Reja:




  1. Davlatchilik tushunchasi. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Ilk shaharlar dastlabki davlatlarning asosi.

  2. Qadimgi Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.

  3. O’rta Osiyo xalqlarining ahamoniylar, yunon-makedonlar, salavkiylar davrlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.

  4. Davan va Qang’ davlatlarining tashkil topishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

  5. Kushon davlati va uning o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rni.



Tayanch so’lar va iboralar: Mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, sun’iy sug’orma dehqonchilik, ilk shaharsozlik, davlat, Katta Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug’diyona, Parfiya, Yunon-Baqtriya, Davan, Kang’, Kushonlar.
-I-

Davlatchilikning paydo bo’lishi insoniyat tarixida muhim o’rin egallaydi. Zero, har bir xalqning o’z sivilizasiya bosqichini o’tgan yoki o’tmaganligi uning o’z davlatchilik tizimiga egaligi yoki ega emasligi bilan belgilanadi.


Dastlabki davlatlar sug’oriladigan dehqonchilik hududlari – Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 4-5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi:
- eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, fir’avn, xon va h.k.):
- quyiroqda – uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar);
- ulardan keyin quyi martabali amaldorlar;
- piramidaning asosini esa qishloq jamoalari tashkil etadi.
Davlat, davlatchilik o’z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o’rnatish va uni saqlashga mo’ljallangan tashkilot, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo’lib, uning ma’lum huquqlarga ega bo’lgan vakillari mavjud. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyg’unlashtirishga harakat qiladi.
Davlatchilik quyidagi shart-sharoitlar bilan xarakterlanadi: 1) muayyan hudud; 2) aholi; 3) boshqa davlatlar bilan tashqi aloqa; 4) hukumat.
O’zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o’tish jarayoni m.a. 2-ming yillikning o’rtalarida boshlanadi. Ilk davlatlar paydo bo’lishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling