3-mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 124.5 Kb.
bet3/10
Sana29.03.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1306981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

M.a. 4 ming yillik eneolit davridayoq O’rta Osiyoning janubida sug’orma dehqonchilik vujudga keldi, aphorlar va ariqlar ochildi, unumdor yerlardan keng foydalanib, turli o’simliklar ekildi, mevachilik ham rivojlandi. Bronza davrida esa sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosini tashkil etdi. Sug’orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o’zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo’shimcha mahsulot va xususiy mulk ko’rinishlari paydo bo’ldi.
4) Ilk davlatlarning paydo bo’lishida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik xo’jaligi bilan bir qatorda hunarmandchilik, o’zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Dastavval shuni aytish joizki, O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko’chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o’troq do’hqonchilik aholisi o’rtasida o’zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo’shni davlatlar bilan ham o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirganlar, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan hisoblanadi.
5) Ilk shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatlarning shakllanishida muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar-davlatlar ko’rinishida paydo bo’lgan. Bu jarayon sug’orishga asoslangan barcha dehqonchilik hududlari – O’rta va Yaqin Sharq, shu jumladan O’rta Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Sunggi arxeologik tadqiqotlar Markaziy osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar-davlatlar ko’rinishida bo’lib, ular m.a. 2 ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo’lganligidan guvohlik beradi. Bunga misol tariqasida shu davrda vujudga kelgan Jarqo’ton shaharsozlik madaniyatini aytish mumkin.
Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. M.a. 2 ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarqo’ton, Sopollitepa, Dashli, Namozgoh, Oltintepa, Ulug’tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo’ldi:
- aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi;
- hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;
- qadimgi savdo yo’llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi;
- tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling