3-mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
M.a. III asr oxiri – II asrning birinchi yarmi
Download 124.5 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.a. II asrda
- M. II-III asrlarga
- M. III asrning 2-yarmida
M.a. III asr oxiri – II asrning birinchi yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. M.a. II asr o’rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo’linib, mahalliy hokimlar o’z nomidan tangalar chiqargan. Yunon-Baqtriya podsholigi m.a. 140-135 yillarda sak va yuyechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan.
- IV - 1) Davan davlati. Davan (xitoycha Dayyuan nomidan olingan) – Farg’ona vodiysidagi qadimgi davlat. M.a. II-I asrlarda Davan keng, obod, boy mamlakat bo’lgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug’ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi O’zgan)da bo’lgan. Podsho hokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo’yilgan. Oliy kengash hukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o’lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo’lgan. M.a. II asrda Davanda 300 ming aholi yashagan. Vohada 70 ta katta-kichik shahar bo’lgan, poytaxti Ershi (hozirgi Marhamat) shahri bo’lgan. Davanda yetishtirilgan zotli chopqir otlar Sharqda mashhur bo’lgan. M.a. 104-101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar va m.a. 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan. 2) Qang’ davlati (Qanhxa) (qadimgi xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o’qilishida Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) – qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat (m.a. III – m. V asr o’rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi. Qang’ davlati sharqda Farg’ona (Davan), shimoliy sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shimoliy g’arbda Sarisu, g’arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo’lgan. Qang’ davlatining janubiy hududiga hozirgi O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on va Urganch hududlari kirgan bo’lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Qang’lilarda madaniyat va san’at yuksak darajada rivoj topgan. M. II-III asrlarga oid xitoy manbalarida qang’lilarning mohir sozanda, maqomchi va bastakor bo’lganliklari, ularning mashhur raqqosalari to’g’risida ma’lumotlar bor. Qang’ davlatining ko’chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan o’troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Ular Buyuk Ipak yo’lidagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim o’rin tutganlar. Qang’ davlati hududida jiddiy migrasion jarayonlar sodir bo’lib turgan. M. III asrning 2-yarmida Qang’ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurg’ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqo’rg’on (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling