Xiii asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning birinchi yarmi musiqa madaniyati Mavzu rejasi


Download 1.06 Mb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1149088
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu.


XIII asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning birinchi yarmi musiqa madaniyati
Mavzu rejasi

  1. Tarixiy ma’lumotlar.

  2. Adabiyot.

  3. Musiqa.


Tarixiy ma’lumotlar. XI asrning boshlariga kelib qadimdan turklar bilan qo‘shni bo‘lib yashagan mo‘g‘ul qabilalarining tarqoq urug‘lari birlashtirilib, o‘zaro nizolarga barham berildi. Temuchin (Chingizxon) boshchiligida turk-mo‘g‘ul davlati tashkil topdi.
Mo‘g‘ullar 1219-1221 yillar davomida butun Markaziy Osiyoni istilo qildilar. Ushbu istilo davrida Turkistonga turli qabila va urug‘lar kirib keldilar. XIII asrga kelib mo‘g‘ullar davlati har tomonlama kuchaydi, Chingizxon nomi nafaqat O‘rta Osiyo, balki boshqa davlatlarda ancha ma’lum bo‘lib qoldi.
XIII asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo hududiga Chingizxon qo‘shinlari kirib keldi. 1221-yili Chingizxon avval Balxni, so‘ngra Marvni qo‘lga kiritdi. Urganch ham zabt etilgach, O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi qaror topdi. Bu davrda urushlar tufayli ko‘plab talafotlar ko‘rildi.
Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi xalq mardonavor kurash olib bordi. Misol sifatida Buxoro va uning atrofida Mahmud Torobiy rahbarligida 1223- yilda bo‘lib o‘tgan shiddatli xalq qo‘zg‘olonini keltirish mumkin.
Mo‘g‘ullar istilosi O‘rta Osiyo aholisini nihoyatda kamaytirib yubordi, ishchi kuchining kismini barbod qildi, ko‘plab odamlarni turli o‘lkalarga boshpana izlab qochishiga sabab bo‘ldi. Xo‘jalik va madaniy hayotda juda uzoq davom etgan salbiy iz qoldirdi. Istilochilar nodir madaniyat yodgorliklarini, jumladan san’at va adabiyot asarlarini yo‘q qilib tashladilar. Maktab va madrasalarning aksariyati yakson qilindi. Ilm-fan, san’at va adabiyot ahlining bir qismi janglarda halok bo‘ldi, bir qismi asir olindi.
Chingizxon mo‘g‘ul xalqining ham iqtisodiy-madaniy tarqqiyotiga katta talafot еtkazgan edi. Uning harbiy yurishlari Mo‘g‘uliston aholisini kamaytirib yubordi, yuz minglab mo‘g‘ullarning qirilib, tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling