Tarixiy o‘lkashunoslik fanining maqsad va vazifalari. Reja
Download 30.43 Kb.
|
,mm,m
.Tarixiy o‘lkashunoslik fanining maqsad va vazifalari. Reja 1. Tarixiy o‘lkashunoslik fanining maqsad va vazifalari. 2. Tarixiy o‘lkashunoslik fanining manbalari. 3. Tarixiy o ‘lkashunoslikning shakllanishiga doir dastlabki ma’lumotlar Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng oikamizda barcha sohalarda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan. o‘lkamizning o‘tmishi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy havoti, etnik tarixi, moddiy madaniyat yodgorliklarini ilmiy va amaliy jihatdan xolisona o‘rganishga imkon yaratildi. ≪Tarixiy o‘lkashunoslik≫ quyidagi turlarga bo‘linadi: ilmiy, ya’ni davlat o‘lkashunosligi; jamoat o‘lkashunosligi; maktab oikashunosligi. 0 ‘lkashunoslikning har uchala turi bir-biriga aloqador bo‘lib, birinchisi ikkinchisini to‘ldirib boradi. Davlat о ‘Ikashunosligi bilan respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo‘mitasi, respublika FA tarix, arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar shug‘ullanadi. Jamoat о ‘Ikashunosligi mahalliy hokimiyatlaming bevosita rahbarligida tegishli jovlarda tarixiy, arxeologik, etnografik, tabiiy sohaga oid mutaxassislar tomonidan joylarda tashkil etilib faoliyat olib boradi. Maktab о ‘Ikashunosligi umumiy ta’lim maktablarida tarix, geografiya, botanika, zoologiya, til va adabiyot o‘qituvchi]arining bevosita rahbarligida tashkil etiladi. 0 ‘lka tabiati, tarixi, aholisi, xo‘jaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab о‘Ikashunosligi muzeylarida namoyish etiladi. Tarixiy oikashunoslik fani asosan ikki maqsadni ko'zda tutadi: 1. 0 ‘z o‘lkasining o'trmshi va zamonaviy tarixini har tomonlama ilmiy asosda o‘iganish va tahlil qilish. 2. To‘plangan ilmiy manbalardan samarali foydalanib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqillik sharofati bilan 0 ‘zbekiston tarixini bugungi kun nuqtayi nazaridan o'rganish imkoni tug‘ildi. Tarixiy manbalami ilmiy asosda tahlil qilish va ulami keng ommaga targ‘ib qilish uchun sharoitlar yaratildi. So`nggi yillarda turli shaharlaming yubileylari munosabati bilan o'tkazilayotgan anjumanlar, ilmiy tadqiqotlar o lkamizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi katta ekanligini ko isatmoqda. 0 ‘z tarixini, ona yurtini, ona tuprog‘ini e’zozlagan inson haqiqiy inson bo‘lib vetishadi va oldiga qo'ygan vazifaga erishadi. Tarixga nazar tashlasak, o‘z o‘lkasini sevmagan va uning tuprog‘ini ardoqlamagan biron zotni uchrata olmaymiz. Har bir yosh avlodning o'z o lkasi tarixini o‘rganishi va vatanini sevishi muqaddas burch hisoblanadi. Tarixiy o‘lkashunoslik tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanib, bir qancha manbalarga tayanib o‘rganiladi. Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda qimmatli bo‘lgan manbalarga tarixiy geografiya, arxeologik, toponimik, etnografik, antropologik, me’morchilik, arxiv va yozma manbalami kiritish mumkin. Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdaii qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum bosqichdagi kechniishini o‘zida aks ettirgan moddiy va- ma’naviy manbalami tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga – qadimiy obidalar, manzilgohlar va mozorlar, shaharlar, qasrlar va qal’alar 5 xarobalari, uy-ro'zg‘or buvumlari va boshqalar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar. xalq og'zaki ijodi namunalari, afsonalar. yozma yodgorliklar, bitik, qo‘lyozma kitob va arxiv hujjatlari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini ozida aks ettirgan moddiv va ma’naviy manbalardan iboratdir. Arxeologik manbalarga qadimgi shaharlar, qo rg'onlar. qal alar. qadimiy manzilgohlar. istehkomlar, qadimgi yoilaming izlari, mozorqo'ig‘onlar, qoyatosh tasvirlari va boshqalar kirib, Vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Arxeologik manbalar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Tabiiy manbalar (paleozoologiya, paleobotanika) - inson va hayvon suyaklari, o‘simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo‘lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar o‘rganadi. 2. Inson tomonidan yaratilgan moddiy manbalar, ulaming mehnat qurollari, yarog‘-aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-zivnat buvumlari, yozuv va hokazolar. Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib. ijtimoiy fanlar orasida alohida o ‘nn tutadi. Arxeologiya iborasi ≪arxaios≫ - qadimgi, ≪logos ≫ - fen degan ikkita yunoncha so’znmg birikishidan tashkil topgan bo‘lib, qadimgi bilimlarhaqidagi fan degan ma’noni beradi, Lekin oldingi davrlarda arxeologiyani fanning qaysi sohasiga qo‘shish to‘g‘risida bahs va munozaralar bo‘lib, ba’zi bir kishilar uni qadimgi san at haqidagi fan, yana bir toifadagilar esa sopol buyumlami o‘rganuvchi fan, degan fikmi bildirganlar. Ba’zilar esa uni tarix faniga xizmat qiluvchi ikkinchi darajali fan deb tushunganlar. Mantiqan olib qaraganda tarix va arxeologiya fanlari aslida o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini toMdiruvchi yagona fanning sohasidir. Insoniyat o‘tmish davrini arxeologiyasiz o‘rganib bo‘lmaydi. Arxeologiya insoniyatning o‘tmish tarixini o rganishda dala tadqiqotlari natijasida ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar hamda ulardan topib o‘rganilgan ashyoviy dalillar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlan hamda boshqa moddiy manbalarga suyamb ish ko‘radi. Hozir 0 ‘rta Osiyoning barcha hududlarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ulaming natijalari esa tadqiqotchi olimlaming maqolalari va ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Ular tomonidan topilgan ashyoviy dalillar respublikaraizning muzeylarida saqlanib kelmoqda. Arxeologik tadqiqotlar natijasida to'plangan materiallardan arxeologiya, 0 ‘zbekiston tarixi, ibtidoiy jamoa tarixi, o'lkashunoslik fanlari va arxeologiya ixtisosligi bo'yicha maxsus kurslar darslarida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanib kelinmoqda. Toponimika (yunoncha ≪topos≫ - joy, ≪onoma≫ - nom) - joy nomlari to g'risidagi fandir. Toponimika deganda joy nomlarini o'rganadigan fan, toponimiya deganda esa geografik nomlar yig‘indisi tushuniladi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi Toponimika xalqlaming tarixiy o‘tmish xususiyatlarini jonlantirishga, ulaming joylashish chegaralarini belgilashga, tillaming o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo'llari va shahar, qishloq geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Geografik joy nomlari (keyingi o‘rinlarda toponimlar) qumqlik va suvliklardagi geografik obyektlaming, joylaming atoqli otlaridir. Toponimlar o‘zbek tili, uning so‘z boyligi, o‘zbek xalqining madaniy, ma’naviy hamda ilmiy merosiga oid boy ma’lumotlami o‘zida ifodalab, asrlar davomida saqlab, asrab kelayotgan ulug' xazinadir. Joy nomlarining asosiy vazifasi - brr xil, bir tipli geografik o‘rinlar, obyektlar, hududlami alohida, yakka holda ajratib atash va shu orqali ulami bir-biridan farqlashga xizmat qilishdir. Toponimlarda xalqning o‘ta qadimiy davrlardan tortib shu kunlaigacha boigan noyob kuzatishlari, tajribalari, ulaming dunyoqarashi va turli e’tiqodlari o‘z ifodasini topgan. Agarda nomlar ifoda qilgan ma’nolar, ijtimoiy, tarixiy, tabiiyjug‘ rofiy ma’lumotlar, nomlaming tanlanish va qo‘yilish sabablari, toponimlaming kelib chiqish tarixi tahlil qilinsa, bu holat yorqin ko rinadi. Tilda ma’nosiz, besabab nom yo'q. Xalqimiz qadimiy davrlardan boshlab joylami nomlash bo'yicha boy tajriba orttirgan, biror joyni asossiz, besabab u yoki bu tarzda atamagan. Mana shu sabab va asoslarda xalqning ona tabiat, atrof-muhit haqidagi sinchkov kuzatishlari, kishilaming kundalik turmushi va xo‘jaligiga oid boy tajribalari, ko‘hna tarixning turli davrlarda boshidan kechiiganlari, ulug orzu vaumidlari o'z ifodasini topganini ko‘ramiz. Antropologiya arxeologik qazishmalar jarayonini, yangi paleoantropologik ma’lumotlar yig‘ish va ulami tadqiq etishni taiab etadi. Ma’lumki, antropologlar turli tarixiy davrlarga oid odam suyaklarini o‘rganishlari natijasida ulaming tashqi qiyofalarini tiklab, cjaysi antropologik irqqa oid ekanligini amqlaydilar Antropologiya odamning kelib chiqishi va evolutsiyasi. odamzod irqining paydo bo‘lishi haqidagi fan hisoblanadi. Antropologiyaga oid malumotlar bundan bir necha ming yil oldin bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida XIX asming ikkinchi yarmida shakllana boshladi. Antropologiya bir qancha qismlarga bo'linadi: odam morfologiyasi, antropogenez, irqshunoslik. Morfologiya odamning jismoniv tuzilishidagi belgilaming yoshi. jinsi, kasbi va tashqi sharoitiga qarab o‘zgarishini oTganadi. Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqish davri va sabablarini, ulaming yer yuzi bo‘ylab tarqalishini hamda etnogenez masalalarini yechishga yordam beradi. O'lkamiz o zimng geografik o‘miga ko‘ra o‘tmishda irqiy va etnik jaravonlami boshidan kechirgan, shuningdek, qo‘shni xalqlaming ham tarixiy taqdirini belgilab berishda katta ahamiyat kasb etgan. O'lkamiz antropologik jihatdan 3 ta viloyatga ajratilgan. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashovchi qadimgi ajdodlarimiz yer yuzidagi uch irqning biri - yevropeoid irqining ≪ 0 ‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i≫ tipiga mansub bo‘lganligi aniqlangan. Etnografiya (yunoncha, ≪etnos≫ - xalq. ≪grapho≫ - yozaman, xalq haqida ma’lumotlar; xalqshunoslik) xalq urf-odatlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, xo jaligi, diniy e’tiqodlari, folklor va hokazolami o‘rganadi. Etnografiya ko‘p qirrali ijtimoiy fan bo'lib, uning tadqiqot obyekti xalq va elatdir. Bu fan xalqlaming o‘zaro o‘xshashligi va tafovutlari, kelib chiqishi va joylashishi, madaniy-maishiy aloqalari, ijtimoiy va oilaviy turmush kabi ma’lumotlami tahlil qiladi. Xalq, qabila va urug` nomlari, inson qo‘li va aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlaming naqsh va bezaklari, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi va yozma manbalarda saqlanib qolgan urf-odat va an’analari, kishilaming turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi. Hech bir inson bir-biriga tabiati va xarakteri, xulq-atvori va histuyg‘ ulari bilan to‘liq o‘xshashlikka ega bo‘lmaganidek, etnoslar ham bir-biriga to‘la o‘xshamaydi. Ammo tabiiy-geografik muhit va ijtimoiy- iqtisodiy sharoit ta'siri ostida tarixiy umumiylikka ega bo‘lgan xo‘jalikmadaniv va tarixiy etnografik tiplar yuzaga kelgan. Shuning uchun etnografiya faninmg dolzarb umumiy muammolarini hoziigi etnoslaming kelib chiqishi, etnik tarixi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, an’anaviy mashgulotlari, madaniy tarixiy munosabatlari, moddiy va manaviy madaniyati, ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmush xususiyatlarini tarixiy jarayonlar bilan bogiiq holda o rganish zarur. Hozirgi vaqtda etnografiyaning diqqat markazida murakkab etnik jarayonlar, xalq va elatlaming maishiy va madaniy hayotida paydo bo'layotgan barcha yangilik (innovatsiya)lar, turmush tarzidagi ba’zi o‘zgarishlar, umumiy va xususiy belgilaming an’anaviy tumush unsurlari bilan bog‘liq bo‘lgan muhim muammolar ham ko'ndalang bo‘lib turibdi. Etnografiya qadimgi ajdodlarimizning o‘tmishdagi etnik jarayonlari, maishiy turmush va ma’naviy madaniyat qoldiqlari hamda xususiyatlarini ham o‘rganadi. Masalan, saklar, massagetlar, so‘g‘dliklar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va marg'iyonaliklar etnografik jihatdan kam o'rganilgan. Yozuvsiz xalqlaming qadimiy tarixini o‘rgamshda etnografik tadqiqotlaming o‘mi muhim sanaladi. Yozma manbalar. Yozma manbalar tarixiy manbalaming muhim va asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‘i, kishilaming o‘zaro munosabatining natijasi o‘laroq yaratilgan va o tmish zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealami o‘zida aks ettirgan manba sifatida o‘lkamiz tarixini haqqoniy o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Yozma manbalar, o‘z navbatida, ikki turga bo'linadi: 1. Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar va boshqalar). Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalami o‘rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy-hisobot daftarlari va yozishmalaming ahamiyati juda muhim sanaladi. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni o‘rganishda muhim yuridik hujjat hisoblanadi. Mutaxassislaming fikricha, ulaming orasida, ayniqsa, rasmiy yozishma hujjatlarida soxtalari ham uchrab turishi mumkin. Shuning uchun ham ulardan foydalanishda diqqat-e’tibor va o‘ta ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy voqea yoki ma’lumotlami talqin etish uchun foydalanish jarayonida, bitta hujjat bilan kifoyalanmasdan. o‘xshash bir necha hujjat, manbalami ко‘rib chiqib xulosa chiqarish zarur, chunki bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki ma'lumot ustida so‘z yuritiladi. Shuning uchun ham birgina hujjat bilan tanishib chiqib ma lum ijtimoiy-siyosiy masala ustida qat'iy fikr va qat’iy xulosaga kelib boimaydi. Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar. Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar to‘g'nsida shuni aytish kerakki, ular o‘sha davr hukmron sinftiing topshirig i bilan yozilgan va shu tufayli ulaming sahifalarida ko‘proq podshohlar va xonlarning, amirlar va yirik ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan. Jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch hisoblangan mehnatkash xalqning turmush tarzi, ulaming orzu-istaklari, his-tuyg'ulari, xalq harakatlari va bu harakatlaming mazmun-mohiyati, jamiyatda ro‘y bergan voqea va hodisalar to‘g'risidagi ma’lumotlar tarixi esa ko p hollarda chetlab o‘tilgan. Umuman olib qaraganda, bu turdagi yozma manbalarda hukmron doiralaming dunvoqarashi o‘z ifodasini topgan. o‘sha davrdagi jamiyatning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi yozma manbalarda hukmron doiralaming dunvoqarashi o‘z ifodasini topgan boiishiga qaramasdan, tarixiy o lkashunoslikni o‘rganishda birlamchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Arxiv manbalaru Arxiv lotincha ≪arxtvus≫ - hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin ≪arxiv≫ atamasining hozitgi qo‘llanish ina nosi butunlay boshqacha. Arxiv - bu idoralar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi. Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklarini, ayrirn shaxslaming ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. 0 ‘lka tarixini o‘rganishda bu hujjatlaming ahamiyati kattadir. Aixiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlami hayotga tatbiq etish murakkab ish. O rta Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqal’a xarobalaridan Xorazmshohlarga tegishli III-IV asr boshlariga oid sopollarga bitilgan qadimgi hujjatlardan iborat arxiv namunalarini topishdi. 1930-yil boshlarida Mug‘ tog‘laridagi yodgorlik xarobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida Divashtich a.rxivi VIII asrga oid bo‘lib, u yerdan 80 dan ortiq qolyozma hujjatlari topilgan. Arxiv manbalari markaziy va mahalliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar va hokazolar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Download 30.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling