3-mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
Download 124.5 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Kadfiz I – 15-45/51) m. I asrda
- Kadfiz I
- Kanishka I (78-123)
- Shopur I ning (m. 242-243 yillardagi
- V –
Kushon podsholigi – o’zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (m. I-III asrlar). M. I asrning 1-yarmida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida – yuyechji) m.a. 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi o’rniga bir asr davomida 5 qabilaga bo’linib yashagan. Bulardan Kushon qabilasi jabg’usi Kudzula Kadfiz (Kadfiz I – 15-45/51) m. I asrda qolgan 4 qabilani bo’ysundirib, o’zini hukmdor deb e’lon qilgan. M.a. I asrda Kosonsoy Kushonlar saltanatining poytaxti bo’lgan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O’zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubiy sharqidagi yerlar) kirgan.Dastlab jabg’u, keyinchalik podsho unvoni bilan idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos solgan bo’lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg’oniston bilan Pokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan. Kudzula Kadfizning o’g’li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan, Kanishka I (23 yil podsho bo’lgan) va uning o’g’li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan) davrida Kushonlar davlati har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Buni m. III asridagi budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo’lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon davlati O’rta Osiyoning kattagina hududlari, Shimoliy Hindiston, Qashg’ar, Afg’oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o’z tarkibiga qamrab olgan edi. Kanishka podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy-siyosiy va harbiy qudrati har tomonlama rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb qilindi. Bu davrda ayniqsa Termiz, Samarqand, Naqshab, Buxoro, Choch, Darvazin, Peshovor va boshqa shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaydi. Bu borada «Ipak yo’li»ning o’rni va ahamiyati oshdi. Kushon saltanatida siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo’lida bo’lgan davlat bo’lib, unda podsho dunyoviy rahbar bo’lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satrapliklarga bo’lingan bo’lib, ularning satraplari ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati bo’lsa-da, unda qishloq jamoasi muhim o’rin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko’lamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmning maxayana mazhabiga e’tiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko’plab boshqa dinlar ham bo’lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko’proq oltin va mis tangalar qo’llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug’orma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xo’jaligida ekinlarning ko’pchilik turi ekilgan. Kushon davlati Kanishka I (78-123) podsholigi davrida o’z yozuviga ega bo’lgan. 22 harfdan iborat bo’lgan bu yozuv Kushon (Baqtriya) yozuvi deb atalgan. Bu yozuvlar Kushon davlati zarb etgan tangalarga aks etgan. Kushon saltanatining inqirozi Xuvishka (151-190) podsholigi davri (32-yil hukm surgan)dan boshlandi. Bu jarayonda Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquvi asosiy omil bo’ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (m. 242-243 yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (209-279) kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o’rin tutdi. M. III asrning 1-yarmi yoki o’rtalarida Kushon podsholigi barham topgan. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling