3-mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


) Davlat paydo bo’lishida uning tabiiy-geografik hududi va joylashishi


Download 124.5 Kb.
bet4/10
Sana29.03.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1306981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

6) Davlat paydo bo’lishida uning tabiiy-geografik hududi va joylashishi ham muhim omil hisoblanadi. O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i – alohida tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy hududdir. Uning sivilizasiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko’p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi.
Qadimgi davrda O’rta Osiyo ikki daryo oralig’ida davlat birlashmalarining har xil shakllari mavjud bo’lgan:
1. Dalat tipi – podsholik. Boshqaruv shakli – mutlaq monarxiya.
2. Davlat tipi – konfederativ podsholik. Boshqaruv shakli – cheklangan monarxiya. Ular odatda qabila boshliqlari yoki o’z tangasini zarb qiluvchi urug’ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta o’lkalardan iborat bo’lgan.
3. Dalat tipi – mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli – qabila dohiylari yoki urug’ boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati.
O’rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga ajratib ko’rsatish mumkin:
1-davr. M.a. 2 ming yillikning ikkinchi yarmi – O’zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo’ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda topilgan.
2-davr. M.a. 1 ming yillikning boshi – Xorazm, Baqtriya, Sug’d tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi.
3-davr. M.a. VI-IV asrlarda Ahamoniylar bosqini va O’rta Osiyoning Ahamoniylar tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
4-davr. M.a. IV-II asrning yarmi. Yunon-Makedon qo’shinlari bosib olgandan boshlab, Yunon-Baqtriya podsholigining qulashigacha. Bir vaqtning o’zida mahalliy davlatchilikning tiklana borishi.
5-davr. M.a. II asrning yarmi va m. I asr boshi. Mahalliy davlatlar: Qang’, Xorazm podsholigi, Sug’d, Davan davlatlarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi.
6-davr. M. I asr boshidan III asr yarmigacha. Mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O’zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.
Salkam uch ming yillik tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishining keyingi davrlari quyidagilardan iborat:
1. Ilk o’rta asrlar davlachiligi tarixi (IV-VIII asr o’rtalarigacha);
2. Rivojlangan o’rta asr davlatchiligi tarixi (IX-XIII asr boshlari);
3. Amir Temur va temuriylar davlati (XIV asr ikkinchi yarmi – XVI asr boshlari);
4. XVI-XIX asr birinchi yarmi davlatchiligi tarixi.
5. O’zbek davlatchiligi XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr mustamlakachilik davrida.
6. Mustaqil O’zbekiston davlatchiligi bir necha ming yillik o’zbek davlatchiligining davomi va vorisi sifatida.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling