Reja: Qadimgi Baqtriya podsholigi


Download 318.38 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi318.38 Kb.
#1192081

Mavzu. Ilk davlatlar Qadimgi Xorazm, Baqtriya, Xorazm va So`g`diyona davlatlari. Ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayot.

  • Reja:

  • Qadimgi Baqtriya podsholigi

  • Qadimgi Xorazm davlati

  • Qadimgi Sug‘diyona

Tayanch so‘z va iboralar. Avesto, Baqtriya, Jarqo‘ton, Erqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, Xorazm va So`g`diyona



Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan(“SHohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga
ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi SHarq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna shaharlarni qadimgi SHarqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar etarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:
1. Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.
2. Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning shaharlarga aylanish.
3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.
4. SHarqiy Eron qabilalarining migratsiyasi.
Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi YOz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar YOz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta- Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. YUqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli hal ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan.
Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. YUnon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab
shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan.
Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
A.Sagdullaevning tadqiqotlariga ko‘ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf, Diador,Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bo‘lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning boy xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha: g‘arb tomondan Baqtriya tekisligiga boradigan yo‘lni tog‘lar to‘sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali o‘tib borish mumkin. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga cho‘zilgan bo‘lib, Tanais uni Evropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi.
Gerodot o‘zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qo‘yilgan “Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. YAna bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani “oriylar o‘lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi.
Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (SHo‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, YAvansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi.
E.V.Rtveladze Baqtriyadagi bu davrga oid tadqiqotlarni umumlashtirib, ushbu hududlardagi aholi joylashuvining quyidagi o‘nta vohasini ajratadi:
1. Ulanbuloqsoy-Amudaryoning irmog‘i bo‘lgan Ulanbuloqsoy vohasini egallagan bo‘lib, uning hududlarida Kuchuktepa va Dabilqo‘rg‘on joylashgan.
2. SHerobod-Amudaryoning irmog‘i bo‘lgan SHeroboddaryoning o‘rta oqimida joylashgan. Bronza davrida o‘ng qirg‘oq SHeroboddaryoda manzilgohlar paydo bo‘ladi va keyinchalik chap qirg‘oq hududlari o‘zlashtirilib vohaning chegarasi Angorgacha cho‘ziladi.
3. Urgul (Bandixon)-Bandixonsoyning o‘rta oqimida joylashgan. Ilgarigi o‘ng qirg‘oqdagi Bandixon I va II inqirozga uchrab, chap qirg‘oqda yangi manzilgoh – G‘ozimullatepa I paydo bo‘ladi.
4. Halqajar-Surxondaryoning o‘ng irmog‘i Halqajar vohasi hudularini egallaydi. Bronza davrida bu erdagi irmoqlar havzalari o‘zlashtirilgan bo‘lsa, milloddan avvalgi VII asrdan boshlab daryoning chap qirg‘og‘ida manzilgohlar paydo bo‘ladi. Bu vohadagi eng yirik yodgorlik Qiziltepa ko‘hna shahri hisoblanadi.
5. YUqori Surhon-Surxondaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashgan bo‘lib bu vohada ham ikkita manzilgoh aniqlangan. Ulardan biri SHerobodsoyning o‘ng qirg‘og‘ida, ikkinchisi esa Dashnobodsoyning o‘rta oqimida joylashagan.
6. O‘rta Surxon-Surxondaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashgan bo‘lib, bu vohadan ham ikkita manzilgoh-Hayitobodtepa va Bandixonsoyning Surxondaryoga quyilishi joyida joylashgan Nomsiztepa aniqlangan.
7. Amudaryo-Termizdan Boldirgacha bo‘lgan Amudaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashagan. Bu vohada Termizning pastki qatlamlari va Kampirtepadagi 0,5 km. g‘arbda joylashgan Nomsiztepa milloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga oiddir.
8. Vaxsh – YAvan – Vaxsh va YAvansuv daryolarining o‘rta oqimida joylashagan. Bu vohadan uchta manzilgoh – Tomoshatepa, Boldaytepa va SHo‘rchi yaqinidan Nomsiztepa aniqlangan.
9. Quyi Kofirnihon – Kofirnihon daryosining quyi oqimlarini egallaydi. Bu vohadan uchta – Qalaimir, Munchoqtepa va Xirmontepa manzilgohlari aniqlangan.
10. Boytudasht-Panj vohasining yuqori qismidagi Boytudasht mavzesida joylashgan. Bu vohadan unchalik katta bo‘lmagan sakkizta manzilgoh aniqlangan.
SHunday qilib, milloddan avvalgi I ming yilikning o‘rtalariga kelib qadimgi O‘zbekistonning janubida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. YUqoridagi sanab o‘tilgan vohalarning har biri ma’lum hududiy-siyosiy birlashmani tashkil etgan bo‘lib, o‘z nomiga, ma’muriy markazlariga, yirik shaharlariga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Misol uchun, Surxondaryodagi Qiziltepa ko‘hna shahri atrofida to‘rtburchak shaklda qurilgan qadimgi uy-qo‘rg‘onlari (Qizilcha) 3-4 ta qo‘shni uylardan iborat bo‘lib, alohida joylashgan qishloq jamoasini tashkil etganlar. Har bir katta oila jamoasini ma’lum
uy-joy, chorva va erga egalik qilib, ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo‘lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug‘-qabilaviy birlashuvdan tubdan farq qilib, ilk davlatchilik shakllari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.
Milloddan avvalgi VII-VI asrlar Baqtriya jamiyatida hududiy bo‘linish shakllanib, alohining o‘troqlashuv jarayonlari yanada kuchayadi. Ko‘hna shaharlar qishloq xo‘jalik atroflariga ega bo‘lib, qal’alar paydo bo‘ladi, muhim savdo yo‘llari bo‘ylarida tayanch istehkomlar barpo etiladi. Turli binolar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati etakchi o‘rin egallaydi.
O‘rta Osiyodagi yana bir yirik davlat uyushmasi-Qadimgi Xorazm davlati hisoblanadi. “Katta Xorazm” va “Qadimgi Xorazm” masalasi bo‘yicha o‘zbekistonlik va xorijlik ko‘plab olimlar turli-tuman tadqiqotlar olib borgan bo‘lsalarda bu masalalar hamon tadqiqotchilarning bahs-munozaralariga sabab bo‘lib kelmoqda. Avesto va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini tashkil etadi. Undan tashqari, o‘tgan asrning 50-60 - yillaridan boshlab bugunga qadar olib borilgan arxeolgik tadqiqotlar natijalari ham Xorazm davlatchiligi tarixi bo‘yicha boy materiallar berdi.
Avvalo so‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV- III m.y. dayoq O‘rta SHarqning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq SHimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm erlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, SHimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar madaniyati edi.
Ularning urug‘ jamoalari yarim erto‘la uy -joylarda istiqomat qilib motiga dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligi sari ilk qadam tashlaganlar. Ammo, ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Baqtriya, Marg‘iyona) dagi qabilalarga nisbatan ancha orqada edi.
Amirobod madaniyati (mil.avv IX-VIII asrlar) davrida Amudaryo quyi havzasida yashovchi aholi hali davlatchilikdan bexabar bo‘lib,irrigatsiya xususiyati ibtidoiy urug‘-qabilachilik an’analarini saqlab qolgan aholi jamiyatiga xos edi. O‘rta Osiyoning Janubiy mintaqalariga qaraganda Xorazm vohasi aholisi uzoq vaqt beqaror suv oqimi sharoitida, noqo‘lay tabiat injiqliklari girdobida qolib kelgan. Qadimgi yozma manbalar ma’lumotlari va mavjud arxeologik yodgorliklarning qiyosiy tahliliga ko‘ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo bo‘lishigan asos bo‘lgan ilk shaharsozlik madaniyati sohiblari-Xorazmiylar ko‘chib kelgach tarkib topdi va rivojlandi.
“Xorazm” atamasining kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Olimlarning katta guruhi “Xorazm” atamasining ikkinchi komponenti –zmi, - zamni hind-evropa tillariga mansub – zemo – er, o‘lka, mamlakat ma’nosini beradi degan xulosaga kelganlar. So‘zning birinchi komponentiga kelganda olimlar fikrlaridagi yakdillik yo‘qoladi va u turlicha – “Ozuqaga boy mamlakat”, “Unumdor er” (E.Byurnuf, E.Zaxau, U.Geyger, U.Tomashek), “Go‘zal mamlakat” (F.YUsti), “Unumsiz, yomon er” (F.SHpigel), “Pastlik er” (P.Lerx, N.Veselovskiy,
X. Klipert), “Quyoshli yoki SHarqiy o‘lka” (S.Tolstov, P.Savelev, F.Sulaymonova), “SHarqiy zamin”, “Kunchiqar mamalakat” (I.Mo‘minov) tarzida talqin etiladi.
YAna bir guruh olimlar “Xorazm” atamasi uch leksima asosida (Uvarizami, u – “yaxshi”+ vara – “qal’a”,”qo‘rg‘on”+zimi-“er”) paydo bo‘lgan deb hisoblab, mazkur tarixiy atamaning ma’nosini “yaxshi qo‘rali er”, “Ajoyib qal’ali o‘lka” yoki “Mustahkam qo‘rg‘onli diyor”(Bogolyubov, A.Muhammadjonov) tarjima qiladilar. So‘ngi tadqiqodlarda “Xorazm” atamasining o‘zagi qadimgi turkiy asoslarga ega bo‘lishi mumkin degan fikrlar ilgari surilib (“Xuar” (“Suvar”) – “suv”(“xu”) – suv, “Ar”-er, odam, “m”- birinchi shaxs qo‘shimchasi) va u “Suv(daryo) odamlari” yoki “suv egalari” (M.Zakiev, SH.Kamoliddin, O‘.Nosirov) deb tarjima qilingan.
Olimlarning ta’kidlashicha, Avestoda tilga olingan Aryoshayona yoki Aryanam Vaychax shu manbada eslatilgan Kavi Vishtaspning podsholigi bo‘lib, milloddan avvalgi IX-VIII asrlarda Drang‘iyona, Satagadiya, Ariya, Marg‘yona va Amudaryoning o‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb tadqoqtchilari V.Xenning va I.Gershevichlar Avestodagi Kavi Vishtapsning davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaydilar. “Katta Xorazm” muammosi Gerodot ma’lumotlaridan boshlangan. U “Tarix” asarining uchinchi kitobida quyidagicha ma’lumot beradi: “Osiyoda bir vodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib turadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorasmiylarga tegishli bo‘lib, xorasmiylar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarga chegaradosh erlarda joylashgan. Vodiyni o‘rab turgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi”.
Gerodotdan sal oldinroq yashab o‘tgan Gekatey parfiyaliklarning sharqiy tomonida joylashgan “Xorasmiya”ni, “bir qismi tekisliklarda, bir qismi tog‘larda yashovchi xorazmliklarni” eslatib o‘tadi. Tadqiqotchi V.A.Livщits ham bu “Katta Xorazm”ni Marv va Hirotning to‘rtta rayoniga joylashtiradi. Agar “Katta Xorazm” davlati Marv va Hirot atroflarida joylashgan taxmin rost bo‘lsa, A.S.Sagdullaevning fikricha, bu davlat forslar podshosi Kir II tamonidan bo‘ysundirilganidan so‘ng xorasmiylar Quyi Amudaryoning Xorazm hududlariga ko‘chib borganlar deb faraz qilinadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asr qadimgi forslar xorasmiylarni janubdan quyi Amudaryo erlariga siqib chiqargan.
Qadimgi Xorazm xo‘jalik tartibining tuzilishi janubiy hududlardagi sug‘orish tizimini eslatsa-da, o‘lchamlari jihatdan ancha kichik. M.A.Itinaning fikricha, bu davrda urug‘doshlarning qishloqlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan manzilgohlarning maydonlari kengayganligi ko‘zatiladi. Bu manzilgohlarda katta oilalar yashagan bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida xo‘jalik vazifalari, jumladan, sug‘orish tarmoqlarini saqlash va rivojlantirish bilan shug‘ullanganlar.
So‘nggi bronza davrida ham qadimgi Xorazm xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik xo‘jaligi edi. Bu davrga oid makonlardan juda ko‘plab turli hayvonlarning suyak qoldiqlari topib o‘rganilgan. CHorvachilik xo‘jaligida ot asosiy o‘rinda bo‘lib ulardan yuk tashish va safarga chiqishda foydalanilgan. Ayrim manzilgohlardan ot anjomlarining topilishi shu jarayondan
dalolat beradi. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, olimlar orasida massaget qabilalari totemlarida ot kulti markaziy o‘rinda turishi haqidagi fikrlar ham bor.
O‘troq dehqonchilik qabilalarining chorvachiligi uy chorvachiligi xususiyatiga ega edi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib Orol bo‘yidagi xo‘jaligi asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan qabilalar o‘rtasida farqlar shakllana boshlaydi. Mil. avv. VII-VI asrlarga kelib esa, ular madaniyati o‘rtasidagi farqlanish yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Fikrimizcha, aynan mana shu davrdan boshlab, SHarqiy Orol bo‘yida yarim ko‘chmanchi chorvador xo‘jalik madaniy shakli ustunlik qilgan bo‘lsa, Amudaryoning janubiy o‘zanlarida esa yuqori darajadagi sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilik xo‘jaliklarining ahamiyati ortib boradi.
Mil. avv. I ming yillikning ikkinchi choragiga kelib Orol bo‘yida hunarmandchilik ajralib chiqishining dastlabki belgilari ko‘zatiladi. Ortiqcha mahsulotning ko‘payishi esa mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga kelib qadimgi Xorazm hududlarida sug‘orma dehqonchilikning taraqqiy etishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘rniga davlatchilik tizimi shakllana boshlaydi. Ushbu tizimning shakllanishida qadimgi shaharlarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘ldi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qadimgi Xorazm shaharlarining rejaviy uslublari – ichki va tashqi tuzilishi, himoya inshootlari, tabiiy joylashuvi nuqtai nazaridan ko‘p hollarda bir-biri bilan o‘xshashlik topadi.
Tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan Xorazmning eng qadimgi shahar- qal’alaridan biri bo‘lgan Ko‘zaliqirning quyi madaniy qatlamlarini S.P.Tolstov mil.avv VII-VI asrlar bilan, V. Masson esa mil. avv. V-IV asrlar boshlari bilan belgilagan edi.So‘ngi tadqiqotlarda esa Ko‘zaliqirda hayot butun mil.avvVI va V asrning birinchi yarmida mavjud bulgan degan xulosalar ustunlik qilmoqda.
Ko‘zaliqir qadimgi Xorazmdagi dastlabki tuzilishi ancha aniq bo‘lgan, himoya devorlari bilan o‘rab olinib diniy-topinish xususiyatiga ega bo‘lgan me’moriy yodgorlikni o‘zida aks ettiradi. Uning atroflaridagi keng maydon, aftidan keyingi qurilishlarga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, mil. avv. VI-V asrlarga kelib O‘rta Osiyo shaharsozlik madaniyatida ibodatxonalar qurilishi muhim bo‘lib, asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ko‘zaliqir O‘rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi vohaning mustahkamlangan harbiy-siyosiy va ma’muriy markazi hisoblanib, rivojlangan sug‘orma dehqonchilik bilan ta’minlangan edi.
S.Tolstov Amudaryoning quyi havzalari “Katta Xorazm” tarkibiga kirganligi haqidagi konsepsiyani ilgari surib, Xorazmda mil.avv VIII-VII asrlarda dastlab qabilalarning harbiy konfederatsiyasi paydo bo‘lib, undan davlat uyushmasi o‘sib chiqdi degan fikrga kelgan bo‘lsa, V.Masson bu fikrga qarshi chiqib, arxeologik materiallar tahlili Xorazmda Ahamoniylarga qadar markazlashgan davlat tashkil topganligini tasdiqlamaydi, degan fikrga keldi.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga tayangan V.T.Vorobeva, o‘tgan asrning 70-yillarida “Katta Xorazm”ning janubiy chegarasi Amudaryoning o‘rta havzalari (Qo‘shqal’a, Odoytepa atroflari)dan o‘tgan va uning shimoliy chegaralari Amudaryoning quyi havzalarini qamrab olganligi hamda qadimgi Xorazm davlati
“Katta Xorazm” davlat konfederatsiyasining tarkibiga kirganligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. B.Vaynberg va S.Baratovlar ham V.Vorobeva g‘oyalariga yaqin fikr bildirganlar.
R.Fray “Katta Xorazm” davlatining hududi Marv – Hirot atroflarini qamrab olib, Ahamoniylar bosqinidan so‘ng bu hudud aholisi Oks (Amudaryo)ning shimoliga ko‘chganligi haqida fikr bildirgan bo‘lsa, I.Xlopin va I.Pyankovlar Xorazmdagi ahamoniylargacha bo‘lgan davlatchilikni inkor etadilar. A.Asqarov esa, xorasmiylarning Tajan (gerirud) va Xilmend daryolari havzalaridan shimolga, quyi Amudaryo havzalariga ko‘chishi mil.avv VI asrda ro‘y bergan bo‘lib, “Katta Xorazm” davlati konfederatsiyasining shimoliy chegarasi Amudaryoning o‘rta chegarasigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olganligi haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mil.avv. V-IV asrlarda Xorazm va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarni urbanizatsiya jarayonlari qamrab olgan edi. Natijada bu hududlarda tarixiy-madaniy dehqonchilik vohalari paydo bo‘ladi va ular ilk davlatchilikning asosi edi. Mil.avv. VI asrdan boshlab esa hozirgi Xorazm vohasida davlatchilik shakllanib u qadimgi SHarq sivilizatsiyasi markazlaridan birga aylanib bordi.
Ilk temir davri O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan Sug‘diyona o‘lkasi turli qadimgi manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlari ostida eslatib o‘tiladi. Bu nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi haqida hozirchi aniq fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V.Tomashek) bu nomni eroncha “SUS” – “yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” so‘zidan olingan desa, ayrimlari (O.Smirnova) bu “Gava sug‘uda” atamasi “hosildor vohalar o‘lkasi” degan ma’noni beradi deb hisoblaydilar. Avestoning YAsht kitobida tilga olingan “Sug‘d makoni Gava” – Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra (A.Sagdullaev), Gava (Gau) – “buqa”, “poda”, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. Bu so‘z viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib saqlangan (Gavdara, Gauxona, Gaumurda, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar).
Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqardaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atroflari) o‘z ichiga oluvchi Qadimgi Sug‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki xilda ko‘rsatilgan – Gava Sug‘da va alohida Sug‘da. Gerodot esa Sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap o‘lkasidagi xalqlarni sanab o‘tganda va forslarning qo‘shinlari safida jangchi – sug‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilgan olgan. Ammo tarixchi Sug‘d shaharlari, daryolari, tog‘lari, hududiy chegaralari haqida bizga hech qanday ma’lumotlar qoldirmagan. Ahamoniylar mixxatlari Sug‘diyona haqida asosan rasmiy darajada e’lon qiladilar va turli xil tarixiy muammolarni o‘rganishda ulardan foydalanish og‘ir kechadi. Gekatey, Ktesiy va Ksenofont asarlarida Sug‘diylar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Aleksandr Makedonskiy davri va so‘nggi yunon-rim tarixshunoslari asarlarida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha keng berilgan. Sug‘diyonadagi alohida joylarda, viloyatlar, qal’alar – Nautaka, Ksenippa, Maroqanda, Bagi,
Basileya – “podsho shahri”, Politemet-Zarafshon, “Oksiart, Sug‘d qoyasi” va boshqa xabarlar shular jumlasidandir.
Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bo‘lish mumkin. Dastavval, mill. avv. IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, ularning yashash uchun foydalangan asosiy erlarining chegaralari, daryo vohalari va viloyatlari aniqroq ko‘rinadi. Ammo, bu jarayonning tarixiy an’analari – sug‘diylarning yoyilishi, o‘troq vohalarining paydo bo‘lishi va shu joylarda yirik shahar markazlariga asos solinishi yanada qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Qadimgi viloyatlarning joylashuv hududlari anchagina muammoli masala bo‘lib, tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga (jumladan, Sug‘diyonaga ham) ko‘chmanchilarning hujumi-bu hududlarda davlat uyushmalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi.
Ilk temir davri Sug‘diyonada, alohida hududiy tartib guruhida bo‘lib markaz vazifasini bajargan bir necha manzilgohlar turlari mavjud edi. Bular maydoni 5 gektardan 15 gektargacha bo‘lib, tuman – voha markazi vazifasini bajaruvchi markazlar – Daratepa, Konimex, CHordara; maydoni 20 gektardan 80 gektargacha bo‘lgan viloyat markazlari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan shaharlar – O‘zunqir, Erqurg‘on, Xo‘ja Bo‘ston; bir necha viloyatlar markazi vazifasini bajaruvchi shaharlar – Afrosiyob (Maroqanda) va Buxoro kabilardir.
Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, hunarmandchilik muassasalari yirik manzilgohlar ichida markazlashib boradi. Bu manzarani Afrosiyob topilmalari tasdiqlaydi. Bunday manzilgohlar asta – sekinlik bilan hunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylanib boradi. Bu jarayonda qadimgi yo‘llar nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Afrosiyob, O‘zunqir, Erqurg‘on kabi ko‘hna shaharlar O‘rta Osiyo shimoliy dasht hududlardan keluvchi yo‘llar ustida joylashgan.
SH.Odilov, G‘arbiy Sug‘dda mil. avv. VI-V asrlardagi qishloqlar paydo bo‘lishini O‘rta Amudaryo tomonidan aholining kirib kelishi bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyoda davlatchilik tarixining boshlanishi janubiy hududlarda boshlanib markaziy va shimoliy hududlarga yoyilgan deb hisoblanadi.
Arxeologik manbalarning ma’lumot berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarga kelib O‘rta Osiyoning janubida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar anchagina murakkablashadi. Bu o‘rinda Qadimgi Baqtriya ma’lumotlarini keltirib o‘tish joizdir.
Agar Midiya saltanatining sharqiy chegaralari SHimoliy Parfiya va Ariyani o‘z ichiga olganligini hisobga oladigan bo‘lsak, midiyaliklarning Baqtriyaga harbiy xavf tug‘dirishi aniq edi va yana bir harbiy hujum havfi shimoldagi ko‘chmanchi qabilalar bo‘lib, bu holat Baqtriya davlat uyushmasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Kir II ning O‘rta Osiyoga yurishi-Ahamoniylarning Baqtriya va sak-massaget uyushmasi kabi jiddiy raqiblari mavjud bo‘lganligining dalilidir. Forslar O‘rta Osiyo janubiy vloyatlarini bosib olganlaridan keyingina, ya’ni, mil.avv. 530 yilda sak – masagetlar ustiga yurish boshlaydilar. Demak, bu paytga kelib Baqtriya harbiy – siyosiy uyushmasi tarkibiga Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirgan edi.
Bizning fikrimizcha, O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishida harbiy-siyosiy omillardan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham katta ahamiyatga ega edi. CHunki, siyosiy jihatdan shakllangan davlat yoki uyushma iqtisodiyotsiz taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila olmaydi.
Eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, Qiziltepa (Surxondaryo), YOztepa (Turkmaniston), O‘zunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqand) kabi ko‘hna shahar va manzilgohlar sopol buyumlari va qurilish usullari bir-biriga nihoyatda o‘hshash ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo, Erqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, YOztepadan topilgan mil. avv. IX-VII asrlarga oid buyumlarga o‘xshash buyumlar Xorazm hududlaridan shu paytga qadar topilmagan.
Demak, qurilish usullari va moddiy madaniyatdagi o‘zaro o‘xshashlik, mil. avv. I ming yillikning boshlari Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlari o‘rtasida hech bo‘lmaganda etnik tarixiy – madaniy birlik mavjud bo‘lganligidan dalolat berib, bu o‘xshashlik savdo-sotiq munosabatlari, o‘zaro almashinuv va qadimgi savdo-tranzit yo‘llariga ham bog‘liq edi. Mil. avv. VI asrga kelib esa, Xorazm mustaqil davlat sifatida tashkil topadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, o‘zaro almashinuvda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Xorazmdagi ilk temir davri savdo-tranzit yo‘llari voha ichidagi ichki yoki ikkinchi darajadagi yo‘llar vazifasini o‘tar edi. Asosiy savdo yo‘llari esa Baqtriyadan Janubiy Sug‘d (Qashqadaryo), Markaziy Sug‘d (Samarqand) orqali Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysiga o‘tib ketardi.
Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik natijasida bronza davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Bu jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, YAqin SHarqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Har bir jamoaning rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan bo‘ladigan tashqi ta’sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.
Turli qadimgi manbalarda Sug‘diyona nomi tilga olinsa ham, alohida davlat sifatida eslatilmaydi. Bu hol tadqiqotchilarning turli bahslariga sabab bo‘lishiga qaramasdan, arxeologik tadqiqotlar bu masalaga ko‘pgina aniqliklar kiritadi. Darslik muallifi bu tadqiqotlarni tahlil qilib va boshqa ma’lumotlarni umumlashtirib shunday hulosa chiqaradi.:
- Mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid tarixiy – madaniy yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi;
- Sug‘diyona davlatchiligi tarixida nafaqat chetdan bo‘lgan tashqi ta’sir, balki, ichki omillar imkoniyatlarining ham ahamiyati katta bo‘ldi;
- Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sug‘diyona Baqtriya davlati doirasida nafaqat siyosiy, balki etnik-madaniy birlikni tashkil etardi. Qurilish usullari , me’morchilik san’ati va moddiy madaniyatdagi o‘xshashlik fikrimiz dalilidir. Zero, bunday o‘xshashlik iqtisodiy, madaniy munosabatlar hamda siyosiy birlik asosida paydo bo‘lishi mumkin edi;
- Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan keyingi davrlarda Sug‘diyona mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yanadi rivojlantiradi.
Eng qadimgi davlatlar. Ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot
B u davrda qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalaimir, Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon kabi mil. avv.VI-IV asr yodgorliklaridan ko’plab mehnat qurollari topilgan. Dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan. Bu hududlarda undan tashqari chorvachilik, kulolchilik, temirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) ham rivojlanadi.
O’tgan asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar «Avesto» ma’lumotlari (viloyatlarning Aryoshayona bo’yicha birlashishi) Gerodot va Gekatey asarlari («Katta Xorazm»), shuningdek, Ktesiyning qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari va nihoyat arxeologik tadqiqotlar natijalari O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo’lishi muammolarini o’rganish uchun asos bo’lgan bo’lishiga qaramasdan, qadimgi davlatlar hududlari, shakllari, boshqaruv tizimi va sanasi bilan bog’liq bo’lgan mavzularning ayrim yo’nalishlari hamon ilmiy bahslarga sabab bo’lmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib, Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg’oniston) hududlarida harbiy ahamiyatga ega bo’lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. O’sha davrda Marg’iyona va So’g’diyona qadimgi Baqtriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida turli ma’lumotlar bor. Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biri bo’lib, aholining, qudratli shaharlar va qal’alarning ko’pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi shundan dalolat beradi.
So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar «Katta Xorazm», «Qadimgi Xorazm» masalalariga birmuncha aniqliklar kiritdi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Xorazm tuprog’ida mil. avv. VIII-VII asrlarga oid paxsa yoki xom g’isht turar joylar aniqlanmagan (turar joylar yarim erto’lalardan iborat). Qadimgi Xorazm davlati mil. avv. VI asrda Amudaryoning o’rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo’lgan erlarda vujudga kelgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi erlar orqali o’tgan. Xorazmning yirik sug’orish inshootlari mil. avv. VI-V asrlarga oiddir. O’lkada bu davrlarga oid ko’pgina shahar va qishloqlar xarobalari ochib o’rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom g’isht va paxsadan qad ko’targan bo’lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan.

Qadimgi So’g’diyona, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida joylashgan bo’lib, janubi-sharqda Baqtriya, shimoli-g’arbda Xorazm bilan chegaradosh bo’lgan. So’g’diyona haqida «Avesto», ahmoniylar davri, mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlar beradilar. Qashqadaryodagi bir qator turar-joylar va uy-qo’rg’onlar qoldiqlari mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. So’g’diyonada Afrosiyob, Erqo’rg’on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo’shni viloyatlar va davlatlar bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi.
O’zbekiston hududlaridagi eng qadimgi davlatlar haqida zardo’shtiylarning muqaddas diniy kitobi «Avesto», ahmoniylarning mixxat yozuvlari (Bexistun, Naqshi Rustam, Suza, Persepol) yunon-rim tarixchilarining (Gerodot, Gekatey, Kurtsiy Ruf, Arrian, Strabon va boshqalar) ma’lumotlar beradi. So’nggi yillarda qadimgi Baqtriya, So’g’diyona va Xorazm hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ko’p hollarda yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlaydi.
Mil. avv. 559 yilda Eronda podsho Kir II ahmoniylar davlatiga asos soladi. Mil. avv. 545-540 yillarga kelib ahmoniy podsholari O’rta Osiyodagi Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona kabi viloyatlar va ko’chmanchi qabilalar ustidan o’z hukmronliklarini o’rnatdilar. O’rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Xususan, ko’chmanchi massaget qabilalari ahmoniylarning katta qo’shinlarini tor-mor etdilar (mil. avv. 530 yil). Bu jangda fors podshosi Kir II ham halok bo’ldi. Shuningdek, mil. avv. 522 va 519-518 yillarda Marg’iyonada hamda saklar o’lkasida forslarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tariladi.
Bu davrda qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalaimir, Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon kabi mil. avv.VI-IV asr yodgorliklaridan ko’plab mehnat qurollari topilgan. Dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan. Bu hududlarda undan tashqari chorvachilik, kulolchilik, temirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) ham rivojlanadi.
Mil. avv. VI-IV asrlarda So’g’diyonada ko’plab shahar va qishloqlar bo’lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to’lab turganlar. Xususan, bu davrga oid Uzunqir, Erqo’rg’on, Afrosiyob, Lolazor, Xo’ja Bo’ston, Sangirtepa, Chordara, Qo’rg’oncha, Ko’ktepa kabi 50 dan ziyod yodgorliklar o’rganilgan. Bu hududlardan topilgan ko’pgina topilmalar aholining dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. Shuningdek, savdo-sotiq va o’zaro aloqalar ham ancha rivojlanadi.
Bu davrda Xorazm hududlarida ham yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda esa hunarmandchilik rivojlangan edi. Jonbosqal’a, Ko’zaliqir, Tuproqqal’a kabilar madaniy markazlar hisoblangan. O’zbekistondagi eng qadimgi mahalliy yozuv namunalari ham Xorazm hududlaridan (Tuproqqal’a, mil. avv.IV asr) topilgan.

Mil. avv. 329 yilga kelib, makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlandi. Iskandar qo’shinlari So’g’diyona va Ustrushona erlarida juda qattiq qarshilikka duch keldi. Janglarda Iskandarning o’zi ham bir necha marta yarador bo’ldi. Mil. av. 329-327 yillar davomida mahalliy so’g’diy aholi Spitaman boshchiligida yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurash olib borib, ularga juda katta talafot etkazdi. Iskandar qo’shinlari hech qachon So’g’diyonadagidek qarshilikka uchramagan edi.
Mil. avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandar vafot etganidan so’ng O’rta Osiyo erlari Salavka hukmronligi ostiga o’tadi (mil. avv. 306 yil). Salavkiylardan bo’lgan Antiox I davrida (mil. avv. 280-261 yy.) O’rta Osiyo viloyatlarida tinch hayot boshlanib, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. O’rta Osiyo erlari salavkiylar davlatining muhim qismi bo’lib, harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. O’rta Osiyo viloyatlarining salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri yunon-makedon yurishlari paytida vayron bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning va baqtriyaliklar, so’g’diylar hamda pafiyaliklarning bosqinchilarga qarshi kurashda birlashuv davri bo’ldi.
Mil. avv. III asrning o’rtalariga kelib, salavkiylar davlatida taxt uchun o’zaro kurashlar avj olib ketdi. Natijada dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylardan ajralib chiqdi. Mil. avv. 250 yilda birinchi Yunon-Baqtriya podshosi Diodod o’zini hukmdor deb e’lon qildi va tangalar zarb etdi. Tangashunoslik ma’lumotlariga ko’ra, mil. avv. III asrning oxirigacha Yunon-Baqtriyada bir necha podsholar o’tganki, ular yozma manbalarda eslatilmaydi. Mil. avv. II asr boshlariga kelib Demetriy, Evkratid kabi podsholar Yunon-Baqtriya erlarini janubga tomon kengaytirib boradilar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko’chmanchi qabilalarning hujumlari va o’zaro kurashlari natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi qulatiladi.
Download 318.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling