Jahon ta`lim tizimining taraqqiyot tarixi. Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoyda ta’lim va tarbiya


Download 6.23 Mb.
bet1/3
Sana03.11.2023
Hajmi6.23 Mb.
#1742300
  1   2   3
Bog'liq
hindiston

Jahon ta`lim tizimining taraqqiyot tarixi. Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoyda ta’lim va tarbiya.

REJA:

  • Jahon ta`lim tizimining taraqqiyoti.

2. Hindistonda ta’lim tizimi.

Hindiston sivilizatsiyasi juda qadim davrlarga borib taqaladi. Tarixdan ma’lumki, ushbu davlat uzoq muddat Angliya mustamlakasi bo‘lgan. Hamma narsaning yaxshi va yomon tarafi bo‘lganidek, buning ham o‘ziga yarasha Hindiston rivojlanishi uchun salbiy va ijobiy jihatlari bo‘lgan. Hindiston davlati o‘z taraqqiyoti yo‘lida turli sohalar bilan bir qatorda, ta’lim tizimiga ham katta e’tibor qaratmoqda. Xo‘sh, Hindistonda ta’lim tizimi qanday? O’zbekiston ta’lim tizimiga o‘xshashmi yoki aksincha?


Hindiston ta’lim tizimi so‘ngi 10 yillikda tubdan o‘zgardi. Bunga sabab mamlakat iqtisodiyotining jadal sur’atlarda rivojlanishi va malakali mutaxassislar hamda ishchilarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi sabab bo‘ldi. Ta’limning barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’limdan tortib to oliy ta’limgacha – mamlakat aholisi orasida yaxshi ta’lim va mutaxassislikka ega bo‘lish muhim vazifalardan biriga aylandi. Hindistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish xorijlik talabalar orasida ham tobora ommalashib bormoqda. Bundan tashqari, u yerda bepul oliy ta’lim olishning bir qancha an’anaviy usullari mavjud.

Hindistonda ta’lim tizimi uch bo‘g‘indan iborat:


maktabgacha ta’lim;
maktab ta’limi;
oliy ta’lim.

MAKTABGACHA TA’LIM Odat bo‘yicha Hindistonda kichik yoshdagi bolalar onasi yoki yaqin qarindoshi qaramog‘ida bo‘ladi. Xuddi O‘zbekistondagi yoki Yevropa davlatlari kabi u yerda “bog‘cha”lar mavjud emas. Bola maktabga chiqqunga qadar onasi unga bilim beradi va uni boshlang‘ich maktabga tayyorlaydi, biroq so‘nggi o‘n yillikda bolalarning maktabgacha bo‘lgan davrda uyda qolishi muammoga aylanib bormoqda.

Bu muammoga yechim sifatida maktablar qoshida qo‘shimcha “tayyorlov guruhlari” tashkil etilgan. Ushbu guruhlarga bolalar qoida bo‘yicha 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi va ta’lim jarayoni o‘yin shaklida o‘tkaziladi. Taxminan, shu yoshdan ular ingliz va hind tillarini o‘zlariga biriktirilgan muallimlar orqali o‘rgana boshlaydilar. Maktabga tayyorgarlik bir yildan ikki yilgacha davom etishi mumkin.


Download 6.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling