Jahon ta`lim tizimining taraqqiyot tarixi. Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoyda ta’lim va tarbiya
Download 6.23 Mb.
|
hindiston
Bu muammoga yechim sifatida maktablar qoshida qo‘shimcha “tayyorlov guruhlari” tashkil etilgan. Ushbu guruhlarga bolalar qoida bo‘yicha 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi va ta’lim jarayoni o‘yin shaklida o‘tkaziladi. Taxminan, shu yoshdan ular ingliz va hind tillarini o‘zlariga biriktirilgan muallimlar orqali o‘rgana boshlaydilar. Maktabga tayyorgarlik bir yildan ikki yilgacha davom etishi mumkin.O‘rta ta’lim (maktab davri) Hindiston maktablari bolalarni 4 yoshdan boshlab qabul qiladi va ularni yagona ta’lim tizimi bilan o‘qitadi. Dastlabki 10 yillik ta’lim – bepul, majburiy va ta’lim standartlariga mos holda amalga oshiriladi.Yuqorida aytganimizdek, Hindistonda maktab ta’lim tizimi mutlaqo bepul, ammo shunga qaramay ba’zi badavlat ota-onalar o‘z farzandlarini “xususiy maktablar”ga yoki “nufuzli davlat maktablari”ga o‘qishga berishmoqda. Bunday maktablarda o‘qish uchun to‘lov summasi oyiga 100$ ni tashkil etadi, ammo olingan bilim bepul maktablarga qaraganda ancha yuqori.Hindiston maktablarida ta’limning birinchi bosqichi hamma uchun bir xil bo‘lsa, 14 yoshga to‘lgan va yuqori sinfga (to‘liq o‘rta ta’lim) o‘tgan o‘quvchilar fundamental yoki kasbiy ta’limdan birini tanlaydilar va shu yo‘nalish bo‘yicha fanlarni chuqur o‘rganadilar. Universitetlarga kirish uchun tayyorgarlik maktablarda amalga oshiriladi. Kasbiy ta’limni tanlagan o‘quvchilar kollejlarga borib kasb-hunar o‘rganadi. Maktablarda o‘qish 6 kun, har kuni jadval bo‘yicha 6 tadan 8 tagacha darslar o‘tiladi. Hind maktablarida baholash tizimi mavjud emas, ammo bir yilda ikki marta bilimlarni sinovdan o‘tkazuvchi umumta’lim fanlaridan imtihonlar joriy etilgan. Hamma imtihonlar yozma – test ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Hindiston maktablarida o‘qituvchilarning ko‘pi – erkaklar.Oliy ta’lim Hindistonda oliy ta’lim ancha rivojlangan. Sababi u Yevropa standartlariga asoslangan, ayniqsa Britaniya ta’lim tizimiga. Mamlakatda 220 dan ortiq universitet mavjud. Oliy ta’lim uch bosqichdan iborat: bakalavr, magistratura va doktorlik darajasi. Universitetlar orasida eng yetakchisi V asrda tashkil topgan – Nalanda universiteti. Ko‘plab abituriyentlar aynan shu universitetda o‘qishni orzu qilishadi. Nufuzli universitetlar qatoriga – Kalkutta, Mumbay, Dehli, Rojaston universitetlarini kiritish mumkin. Ularning har birida 130-150 ming talaba tahsil oladi. Download 6.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling