Robindranat thokur


Download 228.34 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi228.34 Kb.
#1008545
Bog'liq
Tagor Nur va Soyalar

Robindranat Thokur

Nur va soyalar

Hindistonlik buyuk shoir, yozuvchi, bastakor va tarbiyashunos, taniqli jamoat arbobi, xalqaro Nobel mukofotining laureati Robindranath Thokur 1861-yili 7-mayda Kalkutta shahrida tavallud topgan.

  • Hindistonlik buyuk shoir, yozuvchi, bastakor va tarbiyashunos, taniqli jamoat arbobi, xalqaro Nobel mukofotining laureati Robindranath Thokur 1861-yili 7-mayda Kalkutta shahrida tavallud topgan.

Uning otasi baland martabali, yuksak saviyali kishi edi. R.Thokur oiladagi 14 farzandning kenjasi bo'lib, 8 yoshidayoq she'rlar yoza boshlagan

  • Uning otasi baland martabali, yuksak saviyali kishi edi. R.Thokur oiladagi 14 farzandning kenjasi bo'lib, 8 yoshidayoq she'rlar yoza boshlagan

yoshli shoir

TA’LIM

  • R. Thokur dastlabki savodni uyida olgan. Keyinchalik, xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariyada o'qidi, uni bitirgach, Bengaliya akademiyasida tarix va madaniyatdan saboq oldi.
  • 1878— 1880-yillarda London Universitetining kollejiga o'qishga kiradi. Biroq uni tugatmasdan Hindistonga qaytadi.

ILK TO`PLAM

  • Uning 1882-yilda e'lon qilingan ilk she'riy to'plami «Oqshom qo'shiqlari» deb atalardi. Shundan so'ng u pok insoniy muhabbat ulug'langan «Tonggi qo'shiqlar», «Suratlar va qo'shiqlar», mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy adolatsizlik qoralangan «Bibha sohili» va «Donishmand Roja» tarixiy romanlarini yozadi. U asosan bengal tilida ijod qilgan.

1884-1911-yillarda R.Thokur ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, Hindiston Milliy kongressida faol qatnashdi.

  • 1884-1911-yillarda R.Thokur ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, Hindiston Milliy kongressida faol qatnashdi.
  • Uning «Chitra», «Lahza» she'riy to'plamlari, «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda», “Malini» falsafiy dramalari, keyinchalik o'zbek tiliga ham tarjima qilingan «Hisob-kitob», «Jazo» va «Nur va soyalar» hikoyalari ana shu harakatning ijtimoiy-badiiy ko'rinishi sifatida yaratildi.

Faol jamoat arbobi

Xalqaro e’tirof

  • Ijodkor 1912-yilda o'zining «Gitanjali» she'rlar to'plamini ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913-yilda Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi.
  • Mukofot puliga esa Hindiston bolalariga bepul maktab ochadi. Bu maktab Birinchi jahon urushidan keyin bepul o'qitiladigan universitetga aylantiriladi.

2 madhiya muallifi

  • R. Thokurning 1911-yilda vatanparvarlik ruhida bitgan «Xalq qalbi» nomli qo'shig'i Hindiston Respublikasining milliy madhiyasiga aylandi;
  • 1913-yilda yaratgan «Mening oltin Bengaliyam» qo'shig'i esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan.

R.Thokur asarlari jahonning ko'p tillariga tarjima qilingan.

  • R.Thokur asarlari jahonning ko'p tillariga tarjima qilingan.
  • Xususan, o'zbek tilida adibning sakkiz jildlik tanlangan asarlar to'plami, shuningdek, «Nur va soyalar» (1957), «Ko'zga tushgan cho'p» (1973) nomli kitoblari nashr etilgan.

O'zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi Hamza nomli akademik teatr (hozirgi Milliy teatr)da o'ynalgan.

  • O'zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi Hamza nomli akademik teatr (hozirgi Milliy teatr)da o'ynalgan.
  • «O'zbekfilm» kinostudiyasida 1961-yilda xuddi shu nomda to'la metrajli badiiy film yaratilgan.

“Nur va soyalar” hikoyasi

Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun ahvol, ingliz istilochilari tomonidan qo'rqoq, yuvosh, mute’ avomga aylantirilgan yurtdoshlari taqdirini, bitta-yarimta insonning yurak yutib aytgan so'zi yoki qilgan ishi shamolga sovurilayotganligini «Nur va soyalar» hikoyasida yorqin tasvirlagan.

  • Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun ahvol, ingliz istilochilari tomonidan qo'rqoq, yuvosh, mute’ avomga aylantirilgan yurtdoshlari taqdirini, bitta-yarimta insonning yurak yutib aytgan so'zi yoki qilgan ishi shamolga sovurilayotganligini «Nur va soyalar» hikoyasida yorqin tasvirlagan.
  • Ushbu asar jafokash hind xalqini qullikda ushlab turishga intilgan ajnabiy mustamlakachilar va ularga zulm pichog'ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan aybnoma kabi o'qiladi.

Hikoya qahramoni Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko'rardi, shuning uchun uylanishni ham xohlamasdi». Biroq ko'p o'tmay uzlat va tanholikni xush ko'radigan bu yigit o'zgarib, tez-tez g'azabi jo'shib, o'zini qo'ygani joy topolmay qoladi.

  • Hikoya qahramoni Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko'rardi, shuning uchun uylanishni ham xohlamasdi». Biroq ko'p o'tmay uzlat va tanholikni xush ko'radigan bu yigit o'zgarib, tez-tez g'azabi jo'shib, o'zini qo'ygani joy topolmay qoladi.
  • Uning bu ahvolga tushishiga sabab, o'z atrofida ro'y berayotgan nohaqlik, adolatsizlik edi. Shoshibushon qishloqdagilardan bezib Kalkuttaga jo'nay deb turganda, qishloqqa okrug sudyasi kelib qoladi. Va hammasi shundan boshlanadi…

E'tiboringiz uchun rahmat!


Download 228.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling