3-mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyot. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli


Download 162.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana02.01.2022
Hajmi162.55 Kb.
#196744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu maruza

3.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli 

ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat  notijorat 

tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo‘llab-quvvatlash 

jamoat  fondi  mablag‘larini  boshqarish  bo‘yicha  parlament  komissiyasi  raisi 

A.Saidov,  Fuqarolik  jamiyati  shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  instituti 

direktori  E.Solihov  va  boshqalar  NNTlarni  rivojlantirish,  davlat  va  jamiyatni 

boshqarish,  mamlakatimizni  demokratik  yangilashda  ularning  o‘rni  hamda 

ahamiyatini izchillik bilan oshirish borasida O‘zbekistonda to‘plangan boy tajriba 

haqida so‘z yuritdi.

Aholi  keng  qatlamlari  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanayotgan  va  xalqimiz 

tarixidan  keng  o‘rin  olgan  mustaqil  hamda  barqaror  fuqarolik  institutlari 

demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya 

qilishda  muhim  omil  bo‘layotgani,  fuqarolarning  o‘z  salohiyatini  ro‘yobga 

chiqarishi,  ijtimoiy,  sotsial-iqtisodiy  faolligi  va  huquqiy  madaniyatini 

yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bunda Prezidentimiz Islom Karimov 

tomonidan  ilgari  surilgan  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari” 

tamoyilining izchil amalga oshirilishi muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur tamoyilga 

binoan  nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari,  kasaba  uyushmalari,  jamoat  birlashmalari,  jamg‘armalar  va  mustaqil 

ommaviy  axborot  vositalarini  shakllantirish  hamda  rivojlantirishning  mustahkam 

qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasi yaratilgan.

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  muvofiq  mamlakatimizda 

ijtimoiy  hayotni  faollashtirishga  doir  keng  ko‘lamli  ishlar  amalga  oshirilmoqda, 

fuqarolarga  davlat  va  jamiyatni  boshqarishda  ishtirok  etish  huquqi  berilgan, 

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va 



qonuniy  manfaatlari  ta’minlanmoqda.  Bu,  o‘z  navbatida,  NNTlarni  jadal 

rivojlantirish,  ularning  demokratik  qadriyatlar,  inson  huquqlari,  erkinligi  va 

qonuniy manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Konstitutsiyamizning  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishga  oid 

qoidalariga amal qilgan holda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” 

tamoyilini izchil amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bo‘lgan ikki yuzdan 

ziyod  qonun,  davlat  dasturlari  qabul  qilindi.  “O‘zbekiston  Respublikasida  jamoat 

birlashmalari  to‘g‘risida”,  “O‘zbekiston  Respublikasida  jamoat  fondlari 

to‘g‘risida”,  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  to‘g‘risida”,  “Nodavlat  notijorat 

tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”,  “Homiylik  to‘g‘risida”gi  va 

boshqa qonunlar shular jumlasidandir.

Davlatimiz  rahbarining  2005-yil  23-iyunda  qabul  qilingan  «O‘zbekistonda 

fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishga  ko‘maklashish  borasidagi  chora-

tadbirlar  to‘g‘risida»gi  qarori  mustaqil  NNTlarni  tashkil  qilish,  ijtimoiy  va 

gumanitar  masalalarni  hal  etishda  ularning  rolini  kuchaytirishda  muhim  omil 

bo‘lmoqda.  Mazkur  hujjatda  vazirlik  va  idoralar,  joylardagi  davlat  hokimiyati 

organlari  zimmasiga  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  fuqarolar  huquq  va 

manfaatlarini  himoya  qilish,  ularning  farovonligini  yuksaltirish,  mamlakatimizni 

yanada sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har 

tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan.

2008-yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va 

Senati  Kengashlarining  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini,  fuqarolik  jamiyatining 

boshqa 

institutlarini 

qo‘llab-quvvatlashni 

kuchaytirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  qo‘shma  qarorining  qabul  qilinishi  natijasida  bu  jarayon  yanada 

jadallashdi.  Ushbu  hujjatga  muvofiq  mamlakatimizning  qonun  chiqaruvchi  oliy 

organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 

institutlarini  qo‘llab-quvvatlash  jamoat  fondi  hamda  ushbu  fond  mablag‘larini 

boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi.

Bularning barchasi davlat byudjetidan “uchinchi sektor”ni qo‘llab-quvvatlash 

uchun  yo‘naltirilayotgan  moliyaviy  mablag‘larni  ochiq-oshkora,  manzilli  va,  eng 

muhimi,  demokratik  taqsimlashni  ta’minlashga  xizmat  qilmoqda,  NNTlar 

faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy asosini mustahkamlab, ularning barqaror 

hamda mustaqil tuzilma sifatida yanada rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. Masalan, 

2008-2013-yillarda  grant  tanlovlarini  o‘tkazish,  subsidiyalar  ajratish  va  ijtimoiy 

buyurtmalarni  joylashtirish  orqali  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  turli 

loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 28,8 milliard so‘mdan ortiq 

mablag‘ ajratildi.



O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yilda  qabul  qilingan  “Nodavlat  notijorat 

tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonuni  nodavlat  notijorat 

tashkilotlarining  ustavda  belgilangan  faoliyatni  amalga  oshirish  maqsadida  zarur 

axborotni  olish  uchun  davlat  organlariga  so‘rov  bilan  murojaat  qilish  huquqi, 

davlat  organlarining  g‘ayriqonuniy  qarorlari,  ular  mansabdor  shaxslarining 

g‘ayriqonuniy  harakatlaridan  (harakatsizligidan)  himoyalanish  huquqini, 

jamiyatdagi NNTlar maqomini yanada mustahkamladi.


Download 162.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling