3-mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyot. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA


Download 162.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana02.01.2022
Hajmi162.55 Kb.
#196744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu maruza

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA 

OSHIRILGAN ISLOHOTLAR.

Reja


1. Ta’lim  tizimidagi  islohatlar:  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”ning  qabul 

qilinishi. 

2. Tarix – xalq ma’naviyatining asosi. 

Tayanch iboralar: Ma’naviy kamolot, milliy mafkura, milliy istiqlol g’oyasi, 

qadriyatlar, ma’naviy meros, Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturi.

1. Ta’lim tizimidagi islohatlar: “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul 

qilinishi. 



Ma'lumki  ta'lim  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy,  g'oyaviy-madaniy  hayotining 

muhim tarmog'idir. Ta'lim asoslari O'zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «Та`lim 

to'g'risida»gi Qonun bilan kafolatlangan.

Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limning jamiyatni ijtimoiy-

iqtisodiy,  ma'naviy-madaniy  rivojlantirish-ning  ustuvor  sohasi  ekanligi  e'tirof 

etilgani holda ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi va 

boshqaruvi  tartibi,  ta'lim-tarbiya  xodimlarining  haq-huquqlari,  vazifalari, 

mas'uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi.

Xalq  ta'limi  xodimlari  hayotida  muhim  ahamiyatga  molik  ushbu  qonun  xalq 

ta'limi sohasini barcha yo'nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta 

yo'l ochdi.

Oliy  o'quv  yurtlari  mamlakat  ta'lim  tizimida  yetakchi  bo'g'indir.  Chunki  oliy 

maktab  O'zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlovchi  milliy  boylikning  o'sishiga 

imkon yaratuvchi, kuchli, qat'iyatli mu-taxassislar shu bo'g'inda tayyorlanadi.

Ma'lumki,  sho'rolar  hukumati  davrida  hukmron  tuzum  o'zining  jahonda  eng 

insoniy,  eng  odil  va  eng  demokratik,  eng  savodxon  jamiyat  barpo  etgani  bilan 

maqtanib,  butun  jahonga  jar  solar  edi.  «Dunyodagi  eng  o'qimishli  mamlakat», 

«oliy  ma'lumotli  mutaxas-sislar  soniga  ko'ra  jahondagi  birinchi  davlat»  degan 

soxta ta'riflar rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi.

Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab 

universitet va institutlar, oliy va o'rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot 

muassasalari faoliyat ko'rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko'p bo'lgani 

bilan jahoniy an-dozalar darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kom-

munistik  jamiyatda  hamma  narsa,  jumladan,  ilm-fan,  maktab-maorif  tizimining 

ham  o'sha  yolg'on  va  o'lik  g'oyalarga  qurbon  qilinganida  edi.  Sovet  Ittifoqini 

tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz.

Shuning  uchun  O'zbekiston  o'z  mustaqilligini  qo'lga  kiritgach,  ijtimoiy 

hayotning barcha jabhalari singari ta'lim sohasini ham tub-dan isloh qilish vazifasi 

jamiyat  oldida  ko'ndalang  bo'ldi.  Chunki  sho'ro  hukumati  boshqa  sohalar  singari 

milliy  kadrlar  tayyorlash  masalasida  ham  riyokorona  siyosat  olib  borardi.  Eng 

nufuzli,  jahon  mezonlariga  javob  beradigan  mutaxassislar  yetishtiradigan  o'quv 

muassasalari  aksariyat  Markazda  -  Rossiyada  joylashgan  bo'lib,  it-tifoqdosh 

respublikalar,  xususan  O'rta  Osiyo  mintaqasidan  bu  dar-gohlarga  sanoqli 

vakillargina  qabul  qilinar,  bunday  imkoniyat  chegaralangan  edi.  Natijada  milliy 

respublikalarda  noyob  ixtisosga  ega  mutaxassislar  yetishmaydi,  degan  muammo 

sun'iy  ravishda  vujudga  keltirilib,  bu  yurtlarga  ming-minglab  «o'z  odamlari» 

jo'natilar edi.

Shu  bois  istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq  xalq  ta'limi  tizimini  jadal  isloh 

qilishga  kirishildi.  Bir  qator  o'quv  yurtlarining  maqomi,  dasturlari  va  ta'lim 

uslublari  butunlay  o'zgartirildi.  Eng  zamonaviy,  shu  paytgacha  bo'lmagan  eng 

zarur  ixtisosliklar  bo'yicha  alohida  universitet  va  institutlar,  jumladan,  Mudofaa 

vazirligi  qoshida  Harbiy  akademiya,  Ichki  ishlar  vazirligi  qoshida  Ichki  ishlar 

akademiya-si,  Bank-moliya  akademiyasi,  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya  uni-

versiteti,  Toshkent  aviatsiya  instituti,  Navoiy  tog'-konchilik  instituti  kabi  o'nlab 

yangi o'quv muassasalari tashkil etildi.



Viloyatlarda  ham  yangidan-yangi  o'quv  yurtlari  ochildi.  Birinchi  Prezident  I. 

Karimovning 1992-yil 28-fevral Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga 

universitet  maqomi  berildi.  Bu  respublika  hukumatining  izchil  madaniy-ma'rifiy 

siyosatining yana bir da-lili bo'ldi. Bunday yangilanishdan ko'zda tutilgan maqsad 



birinchidan, viloyatlarda oliy universitet ta'limini tashkil etish, bu joylarda ilmiy-

ma'rifiy ishlarni rivojlantirishga, eng olis va chekka shahar-larni madaniy-ma'rifiy 

markazga  aylantirishga  asos  bo'ldi.  Ilmiy  va  ma'rifiy  ishlar  xalq  hayotiga  tobora 

chuqurroq  kirib  bora  boshladi.  Bu  mamlakat  aholisi  ongi  va  dunyoqarashini 

kengaytirishda  katta  ahamiyat  kasb  etdi.  Bevosita  mehnat  jarayoni  bilan  bog'liq 

odamlar endi ilmiy yangiliklardan doimo va o'z vaqtida xabardor bo'lib bor-dilar. 

Yangidan-yangi  ilmiy-texnikaviy  ishlanmalar,  ixtirolar  yaratil-gan  joyida  tezroq 

ishlab chiqarishga joriy etilish imkonlari vujudga keldi.



Ikkinchidan, O'zbekiston tarixiy-jug'rofiy jihatdan xilma-xil sharoit va iqlimga 

ega  bo'lgan  mamlakat.  Buning  ustiga,  turli  hudud  xalqlari  umumiy  tarixga  ega 

bo'lgani  bilan  ruhiyati,  yashash  tarzi,  voqelikka  munosabati,  uni  idrok  etish 

jihatidan  ozmi-ko'pmi  farq-lanadi.  Bu  hoi  bir  viloyatning  o'zida  ham  turli 

ko'rinishlarda  ko'zga  tashlanadi.  Ana  shunday  mamlakatda  har  bir  hududning 

o'ziga xos jihatlarini hisobga olmaslik mumkin emas edi.

Xususan, qadimiy Xorazm mashhur matematiklari, astronomlari, tarixchilari va 

davlat arboblari bilan, Farg'ona vodiysi esa dunyo tan olgan shoir-u adiblari bilan 

mashhurdir.  Uzoq 

davom  etgan  mustamlakachilik,  haddan 

tashqari 

markazlashtirish  natijasida  mar-kazdan  uzoqda  yashaydigan  aholining  ilmiy-

madaniy saviyasi ancha orqada qoldi. Bu mamlakat ishlab chiqarishiga, iqtisod va 

umuman taraqqiyotiga kuchli salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Ana  shu  salbiy  oqibatlarni  zudlik  bilan  bartaraf  etish  uchun  ham  joylarda 

universal ta'lim tizimini joriy etish hayot taqozosiga aylandi.



Uchinchidan,  viloyat  universitetlarining  tashkil  etilishi  hayot  bilan  ilmning, 

nazariya bilan amaliyotning yaqinlashuviga katta yor-dam berdi.

Hozirgi  kunda  ilm-u  fan  sohasida  ham  raqobat  muhiti  hayotiy  zarurat  bo'lib 

qoldi.  Busiz  esa  taraqqiyot  bo'lmaydi.  Ilm-fandagi  raqobat  yangi-yangi  fikr  va 

g'oyalarga  turtki  beradi,  kishi  dunyoqarashini  kengaytiradi.  Qaysi  universitet  o'z 

ixtirolari,  ilmiy  xulosa  va  ishlanmalari  bilan  nom  chiqarsa,  o'sha  universitetning 

nufuz va e'tibori osha boradi.


Download 162.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling