3-mavzu: O'zbekiston respublikasining ta'lim tizimi modernizatsiya jarayonlari asosiy savollar
Download 58.1 Kb.
|
3-mavzu O\'zbekiston Respublikasi ta\'lim tizimida modernizatsiya jarayonlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Birinchidan,mamlakatimizda demokratik jamiyat ko‘rish vazifalarini amalga oshirishda ta'lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol uynaydi.
Ikkinchidan, globallashuv davrida o‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifalari o‘zgaradi. Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar quyiladi. Boshqarish - bu yo‘naltirish, vazifa quyish, o‘rganish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashni hamda maslaxat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko‘rsatma berishlari o‘z ichiga oladi. Ta'lim-tarbiyada donishmand va mo‘tafakkirlarning, xalqimizning milliy ma'naviy qadriyatlariga tayanish muhim ahamiyaiga ega. Uchinchidan, ta'lim-tarbiya jaryonidagi o‘zgarishlar tinglovchilar yoshlar oldiga ham muhim vazifa kuyadi. Ular izlash, keraqli bilimlarni mustaqil kidirib topish, axborot to‘plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog‘liq. Umuman olganda globallashuv davrida ta'lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo‘rish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta'lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya soxasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun o‘y-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni yangi yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bug‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”4 deb alohida ta'kidladilar. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar axvoli Tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e'tibor qaratdilar. Download 58.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling