3-mavzu: O’zbekistonda biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi. Reja


Biznes va tadbirkorlikka mamlakatimizda berilayotgan e’tibor


Download 21.36 Kb.
bet2/2
Sana09.03.2023
Hajmi21.36 Kb.
#1255720
1   2
Bog'liq
3-mavzu. Biznes asoslari

3.Biznes va tadbirkorlikka mamlakatimizda berilayotgan e’tibor.
Bugun Oʼzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunga misol sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947 sonli Farmonidagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish”, deb nomlangan muhim ustuvor yoʼnalishning 3.4-bandida “iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʼbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish” talablari belgilab qoʼyilgan.Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar negizida kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash va tartibga solish borasidagi mexanizmni quyidagicha izohlash mumkin: Davlatning iqtisodiyotda sodir boʼlayotgan jarayonlarga taʼsirini kamaytirish, yaʼni bunda davlat nazorati mexanizmlarini takomillash- tirish orqali ruxsat berish tartib-taomillariga oid ayrim davlat funktsiyalarini xususiy sektorga oʼtkazish; davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarning tashkil etilishini cheklash; davlat boshqaruv organlarining ayrim funktsiyalarini, shu jumladan ularni muqobil tartibga solish turlariga almashtirish; mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, mamlakatning investitsion va turistik jozibadorligini oshirish; ilgʼor gʼoya, nou-xaular yaratish va “aqlli” texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich oʼtish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Buning natijasida respublikada eksport qiluvchi korxonalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda 2018–2020 yillarda 1,5 mingdan ortiq xalqaro standartlarni qabul qilish. Tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida yil davomida 2 mingdan ortiq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish nazarda tutiladi. Erkin raqobat muhitini yaratish, narxlarning barqarorligi va imtiyozlarning manzilliligini taʼminlash maqsadida imtiyozlarni individual tartibda berish amaliyotidan voz kechish, ularni ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatishning alohida turlari uchun joriy etish, yaʼni bunda imtiyozlar berishning shartlari, mezonlarini belgilash, ularning samaradorligini baholash va monitoring qilish tizimini joriy etish; imtiyozlarni muayyan moliyaviy ijtimoiy natijaga erishish sharti bilan berish; bojxona toʼlovlari boʼyicha imtiyozlarni qayta koʼrib chiqish; ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar boʼyicha imtiyozlarni bekor qilib, maqbul boj toʼlovi stavkalarini belgilash; imtiyozlarni alohida subʼektlarga emas, balki sohalar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar) turlariga nisbatan joriy etish nazarda tutiladi. Аholi va tadbirkorlik subʼektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish, banklar bilan tadbirkorlik subʼektlari oʼrtasida samarali va oʼzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini taʼminlash. Soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish, yaʼni bunda oʼz ehtiyoji uchun obʼektlar qurayotgan yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subʼektlariga yagona soliq toʼlovini maʼlum muddatga kechiktirish huquqini berish; kichik korxonalar uchun qoʼshimcha qiymat soligʼi toʼlashga oʼtishni ragʼbatlantirish tizimini joriy qilish nazarda tutiladi. Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash boʼyicha quyidagilar amalga oshiriladi, yaʼni bunda nazorat qiluvchi organlarning ayrim nazorat funktsiyalarini fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlariga oʼtkazish; tadbirkorlik subʼektlariga, pul mablagʼlarini xizmat koʼrsatuvchi banklarda inkassatsiya qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, tovarlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali sotishda naqd pulda hisob-kitob qilish, shuningdek, mahsulotlarni xalqaro toʼlov kartalaridan foydalangan holda xalqaro savdo maydonlari orqali eksport qilish tizimini soddalashtirish; yuridik shaxslarga ishlab chiqarish, savdo, xizmat koʼrsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan har qanday xarajatlar, jumladan, davlat bojlari va yigʼimlarini toʼlash bilan bogʼliq toʼlovlarni korporativ bank kartalaridan toʼlash imkoniyati nazarda tutiladi; tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish. Tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, yaʼni bunda venchur fondlarning huquqiy maqomi va ularni tashkil etish tartibi; venchur kompaniyalar va fondlar, venchur fondlarni boshqarish bilan shugʼullanuvchi kompaniyalar hamda innovatsion korxonalar faoliyatini tartibga solish; venchur kompaniyalar va fondlar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash va venchur loyihalarni sugʼurtalash nazarda tutiladi. Joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat byerish zarur. Shu maqsadda aholi va tadbirkorlarga, mikromoliya xizmatlari va moliyaviy ryesurslarga, davlat xaridlariga kyeng yoʻl ochib byeriladi. Bunday choralar orqali odamlarimizda tadbirkor boʻlishga ishtiyoq va ishonch ortadi, ular koʻproq daromad olishga intiladigan boʻladi.Bizning fikrimizcha, kichik biznyes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha davlat tomonidan qoʻllab-quvatlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Birinchidan, kichik biznyes subʼyektlari mahsulotlarini eksportga chiqarishda logistik markazlar xizmatidan samarali foydalanish, yaʼni markyeting xizmatini sifatli rivojlantirish va shu orqali jahon bozorlarida milliy mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini taʼminlash; Ikkinchidan, tadbikorlarga “bir darcha” tamoyili asosida eksportni rivojlantirish uchun davlat xizmatini takomillashtirish; Uchinchidan, tadbirkorlik uchun ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni ragʻbatlantirishga katta eʼtibor qaratish lozim. Bunda davlat va xususiy tadbirkorlik syektorining oʻzaro (korporativ) hamkorligiga asoslanish, yaʼni ilm-fan yutuqlaridan kyeng va samarali foydalanish; tadbirkorlik faoliyatida yangi innovasion tyexnologiyalarni qoʻllash; ishlab chiqarishga eng zamonaviy tyexnologiyalarini joriy etish; milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini modyernizasiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 21.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling