3-mavzu. O`zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining


II. Sud-huquq tizimidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi vazifalar


Download 75.21 Kb.
bet2/8
Sana06.11.2023
Hajmi75.21 Kb.
#1751071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Maruza

II. Sud-huquq tizimidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi vazifalar:
– sudning mustaqilligini ta’minlash, qonunchilikka sudga qadar bo‘lgan ish yuritish bosqichida sud nazoratini mustahkamlash, “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohalarini kengaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha ishlarni davom ettirish;
– huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tizimida ulaming faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlaydigan o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish;
– ayrim huquqbuzarliklami jinoiy yurisdiktsiyadan ma’muriy yurisdiktsiyaga o‘tkazish yo‘li bilan jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish, sud huquq tizimini yanada demokratlashtirish bo‘yicha boshqa qator chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– sudning oliy maqsadi bo‘lgan odil sudlovni amalga oshirish tamoyiliga mos kelmaydigan O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasidan sudning jinoyat ishi qo‘zg‘atishga doir vakolatini chiqarib tashlash.
Shuningdek, ushbu sohada tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish prinsiplari, asoslari, shakl va uslublari, uni olib boradigan organlar tizimini belgilab beradigan “Tezkor faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish taklifi ham berildi.
Konsepsiyada sud tizimi islohoti sohasida yana quyidagi:
– faol rivojlanib borayotgan demokratlashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda, O’zbekistonRespublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini har tomonlama qayta ishlash va yangi tahrirda qabul qilish;
– ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish, demokratlashtirish, bu sohada qonuniylikni ta’minlash va fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoyalash bo‘yicha choralami ham mazkur kodeksda ko‘zda tutish;
davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tizimlar, shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha adliya organlarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlami o‘rnatadigan hujjatlami ishlab chiqish va qabul qilish vazifalari ham belgilab berildi.
Konsepsiyada, ayniqsa, yuksak huquqiy madaniyat - demokratik jamiyat poydevori ekanligi inobatga olinib, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli va keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Download 75.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling