3-mavzu: O`zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o`z-o`zini boshqarish reja


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish va rivojlanishining konseptual asoslari


Download 54.63 Kb.
bet6/6
Sana26.01.2023
Hajmi54.63 Kb.
#1126090
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 мавзу

4.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish va rivojlanishining konseptual asoslari.
Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to‘laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkor. "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan shunday yondashuv fuqarolarning o‘zlariga o‘z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to‘la mos keladi20.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish konsepsiyasi nafaqat mamlakatimizdagi islohotlar uchun ilmiy-amaliy asos21, balki umuman, davlatchilik taraqqiyotidagi o‘ziga xos ta’limotga aylandi deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu konsepsiyaning o‘zbek xalqi madaniyati va umum e’tirof etilgan demokratik qadriyatlar uyg‘unligida shakllanganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatiga xizmat qilmoqda. Zero, har qanday yangilanish, hattoki liberallashtirish ham xalqning manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Darhaqiqat, O‘zbekistondagi hayotiy islohotlarning nazariy jihatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Birinchi chaqiriq Oliy Majlisining XIV (1999), Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining I sessiyalaridagi (2000) va Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi (2005) ma’ruzalarida yaxlit konsepsiya shaklida bayon qilingan bo‘lsa, ularni ro‘yobga chiqarish masalalari aniq dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konsepsiyalar g‘oyalari o‘zbek xalqi madaniyati bilan umum e’tirof etilgan qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga zarur nazariy asos bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish XXI asrning dastlabki yillarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishni, siyosiy va iqtisodiy sohalarda keng erkinlashtirishni, davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirishni ta’minlash uchun zarur qonuniy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 iyun 1999 yili 296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorda XXI asr dastlabki yillarida islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish dasturlari hamda jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur qarorning birinchi bandida mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish hukumat, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri deb mustahkamlandi.
Davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi22. Bular: “Jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan qonunchilik-me’yoriy bazasini takomillashtirish va yangilarini shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berish konsepsiyasi”, "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”, “Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish” dasturlaridir.
Belgilangan dasturlarning barchasi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi. Lekin liberalizmning g‘arbcha talqini tarafdorlari ushbu dasturlarda xususiy mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida hech qanday tadbirlar belgilanmaganligini aytishlari mumkin. Xususiy mulkchilik O‘zbekistonda ham demokratik huquqiy davlatning asosiy omili sifatida e’tirof etilib, uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari alohida iqtisodiy sohadagi islohotlar dasturlarida belgilangan. Shuning uchun ham ko‘pchilik o‘zbek olimlarining erkinlashtirishga oid fikrlarida xususiy mulkchilikni rivojlantirish g‘oyalariga alohida e’tibor berilmaydi.
Darhaqiqat, O‘zbekistondagi hayotiy islohotlarning nazariy jihatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Birinchi chaqiriq Oliy Majlisining XIV (1999), Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining I sessiyalaridagi (2000) va Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi (2005), Birinchi chaqiriq Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi (2010) ma’ruzalarida yaxlit konsepsiya shaklida bayon qilingan bo‘lsa, ularni ro‘yobga chiqarish masalalari aniq dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konsepsiyalar g‘oyalari o‘zbek xalqi madaniyati bilan umum e’tirof etilgan qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga zarur nazariy asos bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish XXI asrning dastlabki yillarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishni, siyosiy va iqtisodiy sohalarda keng erkinlashtirishni, davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirishni ta’minlash uchun zarur qonuniy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 iyun 1999 yili 296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorda XXI asr dastlabki yillarida islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish dasturlari hamda jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur qarorning birinchi bandida mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish hukumat, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri deb mustahkamlandi.
Davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi23. Bular: “Jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan qonunchilik-me’yoriy bazasini takomillashtirish va yangilarini shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berish konsepsiyasi”, "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”, “Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish” dasturlaridir.
Belgilangan dasturlarning barchasi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi.

O‘zbekiston xalqi demokratik taraqqiyoti huquqiy davlat qurish orqali fuqarolik jamiyatini barpo qilishni ko‘zlaydi. Bu xususda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday degan edi: “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi”24. Buning uchun, eng avvalo,




1Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш-энг олий саодатдир Т.: Ўзбекистон. 2015. Б. 17.

2Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. 13 б.

3Маънавият - асосий тушунчалар изоҳли луғатиТ.: Ғофур Ғулом наш. 2010. 19 б.

4 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёти кафолатлари. Т., Ўзбекистон, 1997. 191.б



5 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёти кафолатлари. Т., Ўзбекистон, 1997. 159.б

6 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т. 2012 й.

7 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. 19 б.

8 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Т.: Ўзбекистон. 2014. 20 б.

9 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997. 173-бет.

10Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулдирмиз. Т. 9. Т.: “Ўзбекистон”. Б. 317-318.

11Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 17-сон, 219-модда.

12Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 2 сентябрда қабул қилинган "Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида"ги 913-ХII-сонли Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 йил, N 9, 320-модда; Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил, № 9, 241-модда.

22Конституция Итальянской Республики // http://www.italia-ru.it/node/4657

13 Қаранг: Маликова Г.Р., Исмоилова Г.С. “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига шарҳ. – Т.: Ўзбекистон, 2009. Б. 27.

14Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 4 апрелда қабул қилинган қонуни билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикасининг Шаҳарсозлик кодекси // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2002 йил, N 4-5, 63-модда.

15 Маликова Г.Р., Исмоилова Г.С. “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига шарҳ. – Т.: Ўзбекистон, 2009. Б. 50.

16 Ўзбекистон Республикасининг “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Қонуни мониторинги
/ Масъул муҳаррир Ф.Ҳ. Отахонов. – Т., 2006. – Б. 32.

17 “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонуни // Ўзбекистон қонун ҳужжатлари тўплами. 2013, 17 (569)-сон. –Б. 9-10.

18 “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонуни // Ўзбекистон қонун ҳужжатлари тўплами. 2013, 17 (569)-сон. –Б. 17.

19Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 йил, N 1, 4-модда.

20Ислом Каримов. Бизкелажагимизниўзқўлимизбиланқурамиз. Т. 7. Т.: Ўзбекистон, 1999. Б. 389.

21 Шарифходжаев М., Рахимов Ф. Человек определевший эпоху. – М.: Книжный дом газеты «Труд», 2004. С. 14-18; Рахманова Ч. Ўзбекистонда ҳуқуқий демократик давлатни шакллантиршга оид баъзи масалалар. // Ўзбекистонда миллий давлатчилик назариясининг тарихий-фалсафий ва ҳуқуқий асослари (илмий-назарий мақолалар тўплами). – Т, 2005. 153-154-б.

22Вазирлар Маҳкамасининг1999 йил 10 июндаги 296-сон қарорига 1-илова.

23Вазирлар Маҳкамасининг1999 йил 10 июндаги 296-сон қарорига 1-илова.

24 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. -Т.: Ўзбекистон. 1997. 173-бет.

Download 54.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling