3-Mavzu: O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li


Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi


Download 165.48 Kb.
bet2/3
Sana23.02.2023
Hajmi165.48 Kb.
#1224893
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu YO\'

Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilab berishi, yangilanish va o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik 
bilan amalga oshirishi lozim. Mustabid tuzum asoratlaridan xalos bo‘lish jarayonida
o‘zini o‘zi tartibga soladigan yetuk rivojlangan iqtisodiy mexanizm birdaniga 
vujudga kelib qolmaydi. Shu boisdan ma’muriy buyruqbozlikka, markazlashgan
iqtisodiyotga asoslangan tuzum qoldiqlarini tugatish, bu yo‘ldagi turli ziddiyat va 
qarshiliklarni yengib o‘tish, yangi munosabatlarni qaror toptirish uchun o‘tish davriga
xos siyosat olib borilishi kerak. 
Boshqacha aytganda, o‘tish davri sharoitida iqtisodiy islohotlarni o‘z holiga tashlab
qo‘yib bo‘lmaydi. Islom Karimov o‘zbek modelining mazkur tamoyilini ilmiy 
asoslab berar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: «O‘tish davri davlat xalq xo‘jaligining,
ayniqsa, uning asosini, tizimini belgilaydigan tarmoqlarning faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashi, narx-navolarni tartibga solib turishi, shuningdek, bevosita yordam
berishda imtiyozlar yaratishi, bevosita yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ana shu 
tarmoqlarga madad berishi lozim».
Bu so‘zlar davlatning bosh islohotchi sifatidagi vazifasi nimadan iborat ekanini 
asoslab beradi va ayni paytda turli ijtimoiy guruhlarning, nodavlat va jamoatchilik
tashkilotlarining, alohida shaxslarning islohotchilik tashabbuslari va faoliyatlari 
cheklanmasligini, aksincha, davlat ularga yordam berishini bildiradi.

Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. 
Bu tamoyil demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech 
istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishini nazarda tutadi. U
quyidagi uch yo‘nalishda o‘z aksini topgan. Birinchidan, mazkur tamoyil turli mulk


shakllarining huquqiy asosda rivojlanishini ta’minlaydi. Mulkdorlar va xo‘jalik 
yurituvchi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar huquqiy me’yorlar yordamida tartibga
solinadi. O‘zboshimchalik yoki turli iqtisodiy zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ikkinchidan, jamiyatda demokratik jarayonlar rivojlanib boradi, aholining siyosiy
madaniyati va faolligi oshadi. Fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi uchun 
huquqiy kafolatlar paydo bo‘ladi. Inson huquqlari ta’minlanadi. Noqonuniy
imtiyozlarga yoki aksincha, kamsitishlarga chek qo‘yiladi. 
Uchinchidan, aholida shaxsning, barcha ijtimoiy guruh va qatlamlarning manfaatlari
to‘liqroq hisobga olinadi va ularning yaratuvchilik imkoniyatlari, ijodiy salohiyati 
samaraliroq ro‘yobga chiqadi. Jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yil sayin
ortib boradi. Fuqarolik jamiyati asoslari shakllanadi. Demak, qonunning ustuvorligi 
tamoyili – O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat yangilanishi, inson shaxsining
yuksalishi uchun xizmat qiladi. Taraqqiyotning o‘zbek modeli jamiyatni inqilobiy 
tarzda emas, balki evolutsion-tadrijiy ravishda isloh etishdir.
Bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyili: 
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, mafkuradan xoliligi
2. Davlat – bosh islohotchi 
3. Qonunning ustuvorligi
4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish 
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish
O‘zbek modelining mazkur tamoyili avvalgi tamoyil bilan chambarchas bog‘liq. 
Zero, davlat bosh islohotchi sifatida ijtimoiy barqarorlik, qonuniylik va huquq-
tartibotning asosiy kafili bo‘ladi. Qonun ustuvorligi jamiyat hayotida birdaniga to‘liq 
qaror topib qolmaydi. U nisbatan uzoq muddat talab qiladigan, bosqichma bosqich va
doimiy rivojlanib boradigan jarayon. Uning to‘liq qaror topishi uchun o‘zaro 
mushtarak bo‘lgan quyidagi uch omil muhim ahamiyat kasb etadi:


Download 165.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling