3. Mavzu: Porshenli ichki yonuv dvigatellarining nazariy sikllari Reja


Download 0.97 Mb.
bet7/11
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#243453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-modul 3 chi

Pц= Pak/ Ɛ-1)( λ-1/k-1)ɳt (14)

Sikl davomida bajarilgan ishning o’rtacha bosimi Pц boshlang’ich bosim Pa va bosimning ortish darajasi λ ga bog’liq ekan. Nadduvsiz ishlayotgan dvigatellar uchun Pa ning boshlang’ich qiymati atmosfera havo bosimiga teng bo’ladi. Shuning uchun barcha dvigatellar uchun Pa=0,1MPa deb qabul qilinadi.



Xulosa qilib aytganda siqish darajasining ortishi bilan termik f.i.k. ɳt sezilarli darajada ortadi, demak termik f.i.k.ni orttirish uchun siqish darajasini imkoniyat darajasida ko’tarish kerak ekan. Lekin V=const sikl uchun siqish darajasini cheksiz ko’tarib borish mumkin emas, chunki bunday sharoitda yonilg’ining ishchi zaryaddagi taqsimlanishi beqaror bo’lib, belgilangan vaqtdan ilgari yonib ketish holatlari (detonatsiya) yuzaga keladi, shundan kelib chiqib benzinning oktan sonini ham orttirib boorish kerak bo’ladi. Mana shu sabablarga ko’ra karbyuratorli dvigatellarda siqish darajasi Ɛ = 6…10 oraligida bo’lishi belgilangan. Xozirgi paytga kelib ayniqsa, Respublikamizda benzinli avtomoballarning asosiy qismida yonilg’i sifatida gazdan foydalanishga o’tib ketilmoqda, bu esa dvigatelning siqish darajasini oshirish imkoniyatini beradi, chunki gazning oktan soni (detonatsiyaga bardoshliligiI 100dan ortiq). Shuning uchun bunday dvigatellarda Ɛ=9…10 oraligida bo’ladi. Siklning o’rtacha bosimi Pц boshlang’ich bosim Pa va bosimning ortish darajasi λ ga to’g’ri proporsional bog’langan (19-rasm). Bundan shu narsa ma’lum bo’ladiki, siklning o’rtacha bosimini oshirish uchun cz jarayonida beriladigan issiqlik miqdorini (Q1) va boshlang’ich bosim Pani orttirish kerak.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling