Bosimning ortib borish darajasi.
19-rasm. Siklning o’rtacha bosimi Pцning bosim ortib boorish darajasi λ bilan bog’lanish grafigi (siqish darajasining turli qiymatlarida).
O’zgarmas bosimda issiqlik beriladigan sikl (P=const).
Issiqlik o’zgarmas bosimda beriladigan siklning P, V koordinatalar o’qida berilgan grafigi 18-rasmda keltirilgan.
20-rasm. Issiqlik p=const bo’lganda beriladigan sikl.
O’zgarmas bosimda issiqlik beriladigan siklda termik f.i.k. quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
ɳt= 1-(1/ Ɛk-1)(ρk-1/k(ρ-1)) (15)
bunda, ρ – dastlabki kengayish darajasi.
Ushbu formuladan shunday xulosaga kelish mumkin. Issiqlik o’zgarmas bosim ostida uzatilganda siklning termik f.i.k. siqish darajasi Ɛ, adiabata ko’rsatkichi k va dastlabki kengayish darajasi ρ ga bog’liq. Siqish darajasi Ɛ, adiabata ko’rsatkichi k ortishi bilan termik f.i.k. ɳt ham ortadi, lekin ρ ortib borishi ɳt ning kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |