3-Mavzu: Psixologik mashq: diqqat, xotira, tafakkurni rivojlantirish. Reja


Download 36.91 Kb.
bet5/7
Sana07.02.2023
Hajmi36.91 Kb.
#1173562
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-мавзу-1

3.3.Psixologik o‘yin va mashqlar.
Psixologik mashqlarni o‘tkazishdan maqsad ushbu mashg‘ulotda har bir ishtirokchi o‘z «Meni»ni anglash, shuningdek, atrofdagilar bilan o‘zini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kishilarning xayotiy munosabatlari ta’sirida, kundalik xayot faoliyati taqazosi bilan shakllanish imkoniyati mavjud bo‘lgan aniq psixologik vaziyatlarni hal qilishga o‘rgatish amalga oshiriladi.
Psixologik mashq: «Rangli panjalar»
Ishtirokchilar xona bo‘ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli (ko‘k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo‘l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma’lum vaqtga yuqori ko‘taradi. Shu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko‘proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim.
Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil panja»-qo‘lni qisish uchun; «ko‘k panja» -sherigining yelkalarini qoqib qo‘yish uchun;«sariq panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so‘zlashish ta’qiqlanadi.
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg‘otishga olib kelishi ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o‘zlari bilan o‘tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan birgalikda ishlashga, frustrsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo‘l keladi.
Psixologik mashq: «Musiqani to‘xtating»
Musiqa yangraydi. Ishtirokchilar xona bo‘ylab erkin harakatlanadilar. Faqat trener musiqani to‘xtatgach, ishtirokchilar u bilan birga ekanliklarini qayd qilishlari mumkin. Buni kompliment yoki yoqimli ifodalarni aytish orqali amalga oshirish mumkin: «Men juda ham xursandman, biz yana birgamiz».
Psixologik mashq: «Aylana bo‘ylab to‘p tashlash»
Ishtirokchilar aylana bo‘lib turadilar. O‘rtadagi bir ishtirokchining qo‘lida to‘p bo‘ladi. U o‘zi xohlagan ishtirokchiga to‘pni tashlaydi. U ham to‘pni o‘zi xohlagan ishtirokchiga tashlaydi. To‘pni tashlash vaqtida ismini yoki boshqa savol, tilak va shu kabilarni aytish mumkin.

Download 36.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling