3-Mavzu: Psixologik mashq: diqqat, xotira, tafakkurni rivojlantirish. Reja
Download 36.91 Kb.
|
3-мавзу-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Rolli o‘yinlar bahsi» mashqi
- Mashq: «Nima o‘zgardi»
- Mashq: «Bebosh sharchalar»
3.4.Muammoli vaziyatlarni hal etish.
Rolli o‘yinlarni o‘tkazishdan maqsad ishtirokchilarning o‘zini-o‘zini konstruktiv baholashni shakllantirish, o‘ziga adekvat munosabatni tarkib toptirish,muloqotmandlik ustanovkalarini tarkib toptirish, o‘z holatini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. «Rolli o‘yinlar bahsi» mashqi: Mashqning borishi: Ishtirokchilar uch guruhga bo‘linib, har bir guruh quyidagi vaziyatlardan birini tanlab oladi va bu vaziyat va savollirga o‘zidan hamda atrofdagilardan javob izlaydilar: 1)Men doimo senga achinaman. Ushbu hisdan qanday qutilsam ekan? 2)O‘zimdan-o‘zim nafratlanaman. Nima qilsam ekan? 3) Menda ko‘pincha, ayniqsa, hozir tushkunlik holati xukmronlik qiladi. Uni qanday o‘zgartirsam ekan? Shundan so‘ng guruhiy mushohada davom etadi. Mashq: «Nima o‘zgardi?» Ishtirokchilar ikki qator bo‘lib, bir-biriga qarab safga turishadi. Birinchi guruh ishtirokchilari burilib, orqasi bilan turadi. Ikkinchi guruhdagilar o‘z kiyimlarida o‘zgarish qiladilar. Yana birinchi guruh ikkinchi guruhga yuzlanadi. Birinchi guruhdagilar qarshisidagi sherigining kiyimidagi o‘zgarishlarni topishi lozim. So‘ngra ishtirokchilar rollarni o‘zgartiradilar. Munozara va rolli o‘yinlar: Birinchi guruhcha uchun vaziyat: Mening ustimdan kuldilar. Ikkinchi guruhcha uchun vaziyat: Meni tanaffusda turtib yuborishdi, men yiqildim va ancha og‘rindim. Uchinchi guruhcha uchun vaziyat: Meni bugun chekishga majburladilar va aroq ichishni tavsiya qildilar. Mashq: «Bebosh sharchalar» Guruh ishtirokchilari uch guruhga bo‘linib, 3 ta aylana hosil qiladilar va qo‘llarini ushlab oladilar. Ko‘rsatma: Men hozir sizning guruhingizga havo sharchasini tashlayman. Vazifangiz tana a’zolaringiz bilan ( yelka, peshona, burun va boshqa ) ularni yerga tushmaslik hamda aylanadan chiqarib yubormaslikka harakat qilish. Qo‘l bilan tegish mumkin emas. Dastlab, har bir guruhga bitta shar tashlayman, so‘ngra ularning sonini oshiraman. Eng ko‘p shar tutib turgan guruh g‘olib hisoblanadi. Download 36.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling