3-mavzu: psixologik xizmat mahsuldorligining shart sharoitlari reja


Download 322.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi322.21 Kb.
#1331192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 Mavzu

bо‘yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bо„yicha о„quvchilarning о„zlashtirishdagi 
qiyinchiliklar, bolalarning о„qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy 
pedagogik ta‟sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati 
va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yо„llari, о„quvchilarning 
qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yо„llari, о„quvchilar bilan 
kasbga yо„naltirish ishlarini olib borish.
  
3. Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish
Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish ham psixologik xizmat 
mahsuldorligi
sharoitlaridan 
biridir. 
Biz 
ota-onalar 
farzandimiz 
ulgurmayotgan 
“joyni tо„ldirishga” harakat qilamiz, ya‟ni ximiya, yoki matematikadan ulgurmayotgan bо„lsa 
unga repititor yollab ximiyani yoki matematikani о„rgatishga harakat qilamiz. Biz 
bolaning “bо„sh joyini tо„ldirish” emas, balki bolaning qiziqishini, qobiliyatini rivojlantirsak, 
psixologik 
xizmat
mahsuldor
bо„ladi. Agar farzandimiz shaxmatga qiziqsa, 
uni
shaxmat
tо„garagiga berishimiz zarur, balki undan kelajakda Rustam 
Qosimjonovday jahon chempioni chiqar. Amaliy psixolog bolalar, о„quvchilar, talabalarning 
psixik taraqqiyotdagi, xulq - atvor muomalasidagi nuqsonlar va kamchiliklarni asta-sekin 
tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning 


uchun ular bilan maxsus mashg„ulotlar о„tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni о„stirish maqsadida 
treninglar olib boradi.
Shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga qandaydir 
tabiat tomonidan tug„ma ravishda, tayyor holda berilmaydi, balki hayot va faoliyat jarayonida 
tarkib topadi. Kishi dunyoga hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga 
qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos.
Hozirgi paytda iste‟dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi 
bilan bog„laydigan nazariya eng mahsuldor hisoblanadi. Shuningdek, iste‟dod nishonalarini 
nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, muvozanatlashuvi va 
harakatchanligi о„rtasidagi farqlarga qarab) va shu bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan 
bog„lovchi gipoteza ham haqiqatga yaqinroqdir.
Bulardan tashqari, qobiliyatlarning tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy 
xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog„laydigan, ya‟ni ayrim odamlarda kо„rish, 
boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa harakat sohasida namoyon bо„ladigan о„ziga 
xos tipologik xususiyatlar bilan bog„laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir.
Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste‟dodlarning irsiyat yо„li bilan о„tishini 
isbotlaydigan hech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yо„li bilan о„tishi haqidagi 
ilmiy nazariyaga ham qarama- qarshidir.
Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutloqo bir xil bо„lmagan tabiiy shart-
sharoitlarga bog„liq bо„lsa ham, yuqorida kо„rib о„tilgan iste‟dod nishonalari va qobiliyatlar 
о„rtasidagi nisbat, qobiliyatlar shunchaki tabiat in‟omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli 
ekanligini kо„rsatadi. Agar hayvonlarda oldingi avlod yutuqlarining keyingi avlodga о„tkazib 
berilishi asosan organizmning irsiy morfologik о„zgarishlari orqali amalga oshsa, insonda bu 
ijtimoiy-tarixiy yо„l bilan, ya‟ni mehnat quroli, til, san‟at asarlari va shu kabilar bilan amalga 
oshadi.
Qobiliyatlar va iste‟dodlarni shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va davlat 
ahamiyatiga ega bо„lgan masaladir.
Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillari – barqaror maxsus qiziqishlardan 
iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir soha mazmuniga bо„lgan 
qiziqishlari bо„lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi faoliyat bilan kasb tariqasida shug„ullanish 
moyilligiga о„sib kо„tariladi. Bilishga doir qiziqish bu о„rinda faoliyat usullari va uslublarini 
amaliy ravishda egallab olishni rag„batlantiradi.
Biror mehnat yoki о„quv faoliyatida qiziqishning paydo bо„lishi bu faoliyatga nisbatan 
qobiliyatlarning uyg„onishi bilan chambarchas bog„liqligi va qobiliyatlarning rivojlanishi uchun 
dastlabki zamin sifatida xizmat qilishi qayd etilgan. 
Shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg„un, kasbiy maxsus qiziqishlar muhim 
omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlari inson faoliyatidagi u yoki bu 
sohaning (tarmoqning) mazmuniga nisbatan intilishidan iborat shaxsiy fazilat, ichki turtki, 
harakatlantiruvchi kuchdir. Bunday maxsus qiziqishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy 
tayyorgarlik sifatida shug„ullanish moyilligiga о„sib о„tadi. Bilishga oid qiziqish (fan asoslarini 
egallashga yо„naltirilgan ichki turtki) faoliyat usullarini amaliy jihatdan о„zlashtirib olishni va 
yangi vaziyat, sharoitga kо„chirishni taqozo qiladi, rag„batlantiradi hamda shaxsda о„zini о„zi 
boshqarishni ta‟minlashga yordam beradi.
Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uzviy uyg„unlikka ega bо„lib, 
inson kamoloti har ikkala omilning birikuvini talab qiladi. Iste‟dodli о„quvchilar va talabalar 
shakllanishi ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma‟naviyat asoslari hamda о„zini о„zi namoyon 
etish, о„zini о„zi kashf qilish, о„zini о„zi rivojlantirish asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy 
psixologik qonuniyat tariqasida xizmat qiladi.
Qobiliyat har bir bolada har xil sohaga yо„nalgan bо„ladi. Lekin buni bolalar ochiqdan-
ochiq namoyon qilavermaydilar. Ba‟zida esa kattalarning ota-onalar va hattoki о„qituvchi-
murabbiylarning e‟tiborsizligi, sharoit va imkoniyatlarning noqulayligi tufayli bolalarning 
qiziqishlari rivojlanmay qolib ketadi. Bunday qobiliyat hammada ham bо„lavermaydi. Iste‟dod- 


talant, nihoyatda zо„r qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, 
tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya о„sganligida, voqea-hodisalarning yangi qirralarini, 
ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda kо„rinadi. Kishi bilimlarni 
о„zlashtirishini, nazariy va amaliy masalalarni hal etilishi, ijodi, о„z bilim va malakalarni 
turmushga tatbiq qila bilishidan uning iste‟dodini bilish mumkin.
Rivojlantiruvchi о„yin didaktik material bilan istalgan harakatlar emas, u majburiy о„quv 
mashg„uloti usuli ham emas. Bu о„ziga xos, tо„laqonli va bolalar uchun yetarlicha mazmunli 
faoliyat bо„lib, о„z ta‟sir motivlari va harakat usullariga ega. 
Bugungi kunda rivojlantiruvchi о„yinlarga oid adabiyotlar talaygina, biroq bolalar bilan 
mashg„ulotlarning muayyan dasturini tuzishda ayrim о„ziga xos jihatlarni e‟tiborga olish 
maqsadga muvofiq: Bu jihatlar: 
- bolada kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga ehtiyoj mavjuddigi;. 
- mazkur yosh davrining ma‟lum psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlar rivojlanishi 
uchun senzitivligi; 
- eng yaqin rivojlanish zonasi. 
Bolalar bog„chasi turli yosh guruhlari bolalari bilan rivojlantiruvchi mashg„ulotlar 
maqsad va vazifalari an‟anaviy, bolalar qandaydir yangi bilim va malakalarni egallaydigan 
mashg„ulotlardagi kabi emas. Rivojlantiruvchi о„yin va mashg„ulotlarning mazmuni bolaning 
psixik rivojlanishini oldinga surish, uning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi, harakat 
sohasi, ixtiyoriy xulq, atvori, ya‟ni bola tomonidan asl о„quv dasturini muvaffaqiyatli 
о„zlashtirish asosini tashkil etadigan psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlarni takomillashtirishdir. 
Ota - onalar va bolalar bog„chasi personali ongiga yetkazish muhimki, psixolog ishi 
bolani о„qitish emas, balki uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu ish esa anchagina sekin kechadi va 
ijobiy natijaga birdaniga erishilmaydi, balki atrofdagilar uchun sezilmasdan, yashirin namoyon 
bо„lishi ham mumkin. Psixolog ishi natijalari zohiriy namoyon bо„ladi, masalan, atrofdagilar 
xulq-atvoridagi ayrim noxush shakllar yо„qolgani, bola ilgari bajara olmagan faoliyat turlarini 
bajarish uchun qobiliyatlar paydo bо„lganini sezmaydi. 
Maxsus о„tkazilgan tadqiqotlardan ma‟lum bо„lishicha, boshlang„ich sinf 
о„quvchilarida yorqin individual farqlarni kо„rish mumkin. Bu ular о„quv faoliyatida kо„zga 
tashlanadi. О„quv faoliyatida boshlang„ich sinf о„quvchilarining umumiy va maxsus 
qobiliyatlari birinchi о„rinda turadi. Tajriba о„tkazilgan bolalarning 80 %ida qandaydir 
muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni о„quvchilar individual 
farqlarining asosi sifatida qarab, о„quv-tarbiya ishlarida ularni hisobga olish zarur. 
О„quvchilarning shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil 
hisoblanadi. О„quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik 
rivojlanganligidan qat‟iy nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta ta‟sir kо„rsatadi.

Download 322.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling