3-mavzu: psixologik xizmat mahsuldorligining shart sharoitlari reja
Download 322.21 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarini uch guruhga ajratish mumkin.
3-MAVZU: PSIXOLOGIK XIZMAT MAHSULDORLIGINING SHART - SHAROITLARI Reja: 1. О„quvchilarga individual yondashuv psixologik xizmatning asosiy tamoyili. 2. Bola uchun qulay iqlim yaratish 3. Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish. 4. О„quvchilar bilan ishlashda har bir yosh davrining xususiyatlari hisobga olish. 1. О‘quvchilarga individual yondashuv psixologik xizmatning asosiy tamoyili Ta‟lim- tarbiya jarayonida о„quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish oson ish emas. Bunga maktabda о„qituvchilarning bola haqida kо„p gapirishlari dalil bо„ladi. Chunki maktabda о„quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma‟lumot beradigan mutaxassis yо„q. Ta‟lim-tarbiyadagi individual yondashuv – bolani boshqalardan ajratib individual о„qitishni bildirmaydi, balki shaxsni u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir о„quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi. Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini, har bir shaxsning faolligini ta‟minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha о„quvchilarga ham zarurligi tushunarli bо„ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qо„llaydilar, chunki bu kо„zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba‟zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi. Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarini uch guruhga ajratish mumkin.Ular: a) bola uchun qulay iqlim yaratish; b) bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish; v) har bir yosh davrining xususiyatlarini hisobga olish. Download 322.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling