3-mavzu. Pul. Inflyatsiya reja


tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalent rolini


Download 370.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi370.57 Kb.
#1053419
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu iqtisodiyot

tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalent rolini 
o’ynovchi maxsus tovardir. 
Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan 
tovarlarga va ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pulga 
ajraladi: 
Tovarlar 
Tovarlar dunyosi 
Pullar 
2.Pul tugrisidagi nazariyalar va pulning asosiy vazifalari 
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib 
chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning metallistik, nominalisitik 
va miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin. Pulning kelib chiqishi va muomalada 
1
Chjen V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-betlar. 


bo’lishi metall pullar bilan bog’liq bo’lganligi sababli dastlab pulning metallistik 
nazariyasi vujudga kelgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir metallar (oltin va 
kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo’lgan. 
Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab 
namoyandalarining qarashlari muhim o’rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini 
oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan 
olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va 
iqtisodiyotdagi roliga noto’g’ri baho berish hamda pul fetishizmining 
rivojlanishiga olib keldi. 
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi 
chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o’zini 
inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir 
metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik nazariya tarafdorlarining 
qarashlari o’rta asrlarda to’la qiymatga ega bo’lmagan metall tangalarning 
muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo’ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat 
hokimiyatining mahsuli, shunga ko’ra faqat davlatgina pullarning qiymatini 
belgilashi mumkin, degan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin 
standartning tan olinmasligi, uning bekor qilinishi bilan, nominalistik nazariya 
yanada rivojlandi. 
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari 
darajasi hamda pullarning qiymati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni izohlashga 
asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar 
va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o’zgarishining dastlabki sababidir, 
degan qoidadan iborat.
Pul nima o’zi? Qadimiy maqolda aytilishicha pul bu pul bajaradigan ishdir. 
Umuman olganda 
p
ul vazifasini bajaruvchi xar bir narsa puldir. Pul qanday 
vazifalarni bajaradi? 
Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy 
vazifalarini ko’rib chiqamiz: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik 


to’plash vositasi; 4) to’lov vositasi.
1
 
Pulning qiymat o’lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib 
oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan 
ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo’lgan taqdirdagina uning 
qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi.Tovar almashuv 
qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv 
qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish 
zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan 
narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, 
u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi kerak.
Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu 
birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi. 
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kerak, 
chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy 
narxlari real pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul 
muomala vositasi vazifasini bajaradi. 
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash 
vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo’jalik sharoitida 
boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida 
amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik to’plashning pul 
jamg’arish shaklini keltirib chiqaradi.
2
 
Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to’lov vositasi 
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kelgandan 
keyingina to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, 
pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini 
bajaradi. Qog’oz pullar, veksel va banknotlar - pulning to’lov vositasi sifatidagi 
vazifasidan kelib chiqqan. 
Lekin ekonomiks asarida pulning quyidagi vazifalari (uchta) ko’rsatib 
1
Shodmonov Sh. G’afurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi” Darslik. Toshkent: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2016 
2
Shodmonov Sh. G’afurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi” Darslik. Toshkent: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2016. 


o’tilgan.
3
 

Download 370.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling