N undoshi o‘rxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar, qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda nunن harfi orqali ifodalangan. Bu tovush til oldi, portlovchi, sonor, nazal bo‘lib, so‘z boshida kamroq, boshqa o‘rinlarda ko‘proq uchraydi: näŋ “narsa” (KT), ana “ona” (To‘n), tümän “o‘n ming” (BX).
Ŋ sonori o‘rxun-yenisey xatida maxsus harf, uyg‘ur va arab yozuvlarida nunن va kof ک harflari orqali ifodalangan. Sirg‘aluvchi, burun tovushi, so‘z o‘rtasi va oxirida qo‘llanadi4: köŋül “ko‘ngil” (Ton), küŋ boltï “joriya bo‘ldi” (KT), bïŋ “ming” (To‘n).
R sonori o‘rxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar hamda qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda re ر arfi yordamida qayd etilgan. Sirg‘aluvchi, til oldi vibrant tovush, turkiy so‘zlarning boshida kelmaydi. Qaltiroq yoki vibrant undosh deb til uchining titrashi natijasida vujudga kelgan tovushga aytiladi: arqïš “karvon” (BX), qurïğaru “g‘arbga” (KT), yağïz yer “qo‘ng‘ir yer” (KT).
Y sonori o‘rxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda maxsus belgi, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab xatidagi manbalarda yoى bilan berilgan, jarangli, sirg‘aluvchi fonemadir. Barcha unli va undoshlar bilan yondosh keladi: yämä “yana” (KT), ayğučï “masllahatchi” (To‘n), käyik “yovoyi hayvon” (To‘n).
Yonma-yon kelgan undoshlarni ifodalovchi harflar
LT: qul boltï “qul bo‘ldi” (KT), baltu “bolta” (Oltun yorug‘), yoltuz “yulduz” (KT).
NT: yont “ot” (MCh), käntü “o‘z” (KT), küntüz “kunduz” (To‘n).
Do'stlaringiz bilan baham: |