3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi


Download 93.98 Kb.
bet3/14
Sana30.10.2023
Hajmi93.98 Kb.
#1735426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Сиртки 3 маър мавзу

Axloqning kelib chiqishi. Inson paydo bo‘libdiki, u bilan birga axloq vujudga kelib, ravnaq topib kelmoqda. Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–e’tiqodiy nuqtai nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi CHarlz Darvin (1809–1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyusion ta’limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to‘g‘ridan–to‘g‘ri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. SHuningdek, Darvin dahriy bo‘lmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o‘zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin tarjimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi irving stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha o‘rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat uning qonunlariga bo‘ysunadi xolos».Marks o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat yozganida, darvin unga rad javobini beradi. shunga qaramay Markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta’limotini o‘z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni darvin nomi bilan bog‘lab ish ko‘rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda etakchilik mavqeini egalladi.
«SHu o‘rinda ta’kidlamoqchi edimki, dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz».1
XX asr buyuk olmon faylasufi Karl YAspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transsendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (ey Muhammad), parvardigoringiz farishtalarga: «Men erda (odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U erda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan seni ulug‘laymiz va sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: ey pok parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «sizlarga, men eru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (ey Muhammad), biz farishtalarga odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo‘ldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtai nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e’lon etdi. Odam – Xudoning erdagi xalifasi.
SHu o‘rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma’nosi haqida to‘xtalmoq o‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. Ma’lumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. SHunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning irodasini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya’ni tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi.

Download 93.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling