3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi
Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy ahamiyati
Download 93.98 Kb.
|
Сиртки 3 маър мавзу
Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy ahamiyati.
Gedonizm (grech. hendone — lazzatlanish) — qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish ma’nolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunosligida gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti) hayotning ma’nosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan ta’limotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuxrat ketidan quvish» kabi ma’nolarini ham anglatmoqda. Gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti)— bu o‘ziga xos hayotga bo‘lgan yondoshuv bo‘lib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pog‘onasiga lazzatlanish va huzurbahshlik qo‘yiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi qadimgi yunon faylasufi Aristipp Kirenskiyning ta’limotlariga borib taqaladi. Faylasuf axloqshunoslikning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni huzurbaxshlik bilan bog‘laydi. YA’ni nima insonga huzur baxsh etsa shu yaxshilikdir degan xulosaga keladi. Bunday xulosa o‘sha davrning aksariyat olimlarining bu yondoshuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yo‘nalishini paydo qilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. SHu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik va o‘zini to‘liq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala boshlandi. Qadimgi davrda gedonizmga qarshi g‘oyalarni ilgari surgan kiniklar edi. Kiniklarning asoschisi Antisfen (e.a. 435-375 yy.) lazzatlanishning har qanday turini, inson ehtiyoji uchun kerakli bo‘lgan oddiy qulayliklarga nisbatan ham qarshi chiqadilar. Misol uchun, Diogen Sinopskiy (e.a. 412 Синопа —323 Коринф y), bochkada yashab, faqatgina yopinchiq bilan cheklangan. Bundan maqsad – moddiy imkoniyatlardan voz kechib haqiqiy erkinlikka erishish edi. Ammo bunday cheklashlar o‘zida jamiyat talablarini ham inkor etardi. Natijada oddiy axloqiy me’yorlardan ham voz kechishga to‘g‘ri kelardi. Zotan axloqiy anglashning eng muhim xususiyatlaridan botiniy ozodlik va ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi ular tomonidan mutlaqlashtiriladi. Bu falsafiy yo‘nalish asoschisi Suqrotning zamondoshi Aristipp (435—355 yy.) inson ruhini ikki holati haqida gapiradi: huzurlanish mayinlik va nafislik sifatida, iztirob esa qo‘pol va ruhiy qo‘zg‘alish xususiyatlariga ajratadi. Aristipp fikricha baxtga erishuv hushurbaxlikning yuksak cho‘qqisiga iztirobga tushmasdan amalga oshishi kerak. Hayotning ma’nosi uningcha aynan shunday natijaga erishish bilan bog‘liq. Epikur esa lazzatni hayotni yo‘lga qo‘yishning tamoyili sifatida ko‘radi. Huzurbaxshlikni Epikur nafrat va yoqimsiz narsalardan ozod bo‘lish deb tushunadi. Unda asosiy maqsad huzurbaxshlikning o‘zi emas, balki baxtsizlik va iztiroblarlardan qutulishdir. Epikurning baxt falsafasida unga erishuv bezovtalik (ataraksiya) hamda iztirobdan erkinlik vositasida amalga oshishi bilan belgilanadi. Bunday erkinlik Epikur fikricha dunyoviy ehtiyojlar yordamida emas, balki haqiqiy ehtiyojlarga bo‘lgan, misol uchun, do‘stlikka bo‘lgan ehtiyojga sinchkov e’tibor orqali erishiladi. Utilitarchilardan Djeremi Bentam bunday yondoshuvni «hisobli huzurbaxshlik» deb nomlaydi. Henri Sidgvik (Henry Sidgwick) XIX asr utilitarizmini ta’riflar ekan, huzurbaxshlik ta’limotini axloqiy va ruhiy huzurbaxshlik ta’limotiga ajratadi. Bunda ruhiy huzurbaxshlik ta’limoti insonning o‘z quvonchlarini ko‘paytrishga intilish bilan belgilanadi. SHu tariqa tushkunlikka tushishdan saqlanishga yoki zavqlanishni kuchaytirishga intilish inson harakatlarining asosiy sababchisiga aylanadi. Axloqqa taalluqli huzurbaxshlik esa bir necha nazariy turlarga ajralib ketadi. Inson o‘zinigina qoniqishi uchun intilishi (xudbinlik gedonizmi), yoinki jamiyatni farog‘ati uchun harakat qilishi lozim (universal gedonizm yoki utilitarizm). Sidgvikdan farqli o‘laroq Bentam: «Tabiat insonni ikki hukmdor – iztirob va quvonchning qo‘liga topshirib qo‘ygan. Ular bizga bugun va ertaga nima qilishimiz kerakligini aytib turadilar» , deb yozadi. «Katta farog‘at egasi bo‘lish uchun inson o‘zini cheklay bilishi lozim» degan fikrni, garchi huzurbaxshlik ta’limoti namoyondasi bo‘lmasa-da, Epikur hayotning tenglamasi qilib qo‘ydi. Keyinchalik bu axloqiy yondoshuvlar estetika sohasi bilan uyg‘un tarzda shakllana boshlandi. Misol uchun, turmush estetikasi, texnika estetikasi, dizayn va intererlarning go‘zalligi. Teatr, musiqa, umuman, san’at turlari va ko‘ngilochar sayllardan olinadigan huzurbaxshlik va h.k. SHu tariqa huzurbaxshlik ta’limoti bir necha yo‘nalishga ajraladi. Keyinchalik insonni doimo huzurbaxshlikka intilishi «libido (nafs)» tushunchaari bilan bog‘liq bo‘lib, ruhiy tahlil etikasi asoschisi Zigmund Froyd uning insonni o‘lim bilan bog‘laydigan, unga tayyorlaydigan, insonni doimo qo‘rquv, o‘zidan qoniqmaslik, vijdon azobi, va boshqa ruhiy iztiroblarning ibtidosi sifatida qarasa, yangi ruhiy tahlil yo‘nalishi namoyondasi Karl Gustav YUng huzurbaxshlikka intilish insonni ruhiy xastalikka uchrashini «osonlashtiradi». Bunga qarshi insonni tabiatga yaqinlashishi qo‘l keladi. Karl YUng fikriga ko‘ra, inson tabiat bilan uyg‘unlashgandagina o‘z tabiiy insoniy mohiyatini topadi va uning huzurbaxshlikka intilishi moddiylikdan ma’naviylikka «o‘tish» bilan amalga oshadi. Gedonizmning qaysidir ma’noda davomchisi sanalgan yana bir yo‘nalishlardan biri evdemonizmdir. Evdemonizm (grech. ευδαιμονία — barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) — inson asosiy faoliyatining baxtga erishuvga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axloqshunoslik yo‘nalishlardan biri sanaladi. Evdemonizm yo‘nalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt hakidagi ta’limoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tushunchadir. . O‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga etishuv ta’limoti) Foma Akvinskiy ta’limotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, degan g‘oyani tasdiqlar edi. Evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoqlovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farqli o‘laroq huzurbaxshlik bu erda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bog‘lanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuksak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis ma’naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya holatidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi. SHarq falsafasiga esa, baxtga erishuv hakidagi bu ta’limotni buddhachilikning nirvanaga erishish uchun barcha iztiroblardan qutulishga intilish va shu bilan to‘laqonli baxtga erishuvga nisbat beriladi. Dalay-Lama (XIV) qarashlari «Inson hayotining asosiy maqsadi – baxtdir. Bu shubhasiz. Biz qanday e’tiqoddaligimizdan qat’iy nazar — dahriy yo Xudoga ishonamizmi yo‘mi, buddhachi yo nasroniy, — barchamiz hayotda eng yaxshi narsani izlaymiz. SHu tariqa, mening fikrimcha, hayotimizdagi asosiy faoliyatimiz — bu baxtga intilishdir» . Ixtiyor erkinligi to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin erkinlikning o‘zi haqida mulohaza qilib ko‘rish lozim bo‘ladi. CHunki «erkinlik» atamasi bir tomondan, sodda, aniq hammaga tushunarli so‘z, ikkinchi tomondan esa o‘ta murakkab, tumanli, o‘zgarib turuvchi tushuncha; u hammani, ayniqsa yoshlarni ohang rabodek o‘ziga tortadi. «aslida esa tarixda erkinlik nomi ostida ko‘p ulug‘ ishlar amalga oshirilgan, lekin aynan shu nom bilan qanchadan–qanchadan gunohlar qilingan. Har bir kishining xayoliga yuragi dukillab urib ketadigan shu nom bilan qanchadan–qancha jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu so‘qirliklar o‘zini bezadi va bezamoqda» . Aynan shuning uchun ham u hech qachon mutlaqlik kasb etolmaydi, uni doim zamon, makon, inson va narsalar erkinligi – boshqa erkinliklar cheklab turadi; inson butunlay erkinlikka erisholmaydi, faqat nimadandir, qaysidir bir narsadangina erkin, ozod bo‘lishi mumkin. M., sport musobaqalarida universitet sharafini himoya qilish uchun boshqa shaharga borgan talaba darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan, lekin u darslarga nisbatan erkinlikka esa bo‘lgani holda, butunlay erkin emas, sport musobaqalarida qatnashish majburiyatini olgan. SHunday qilib, bir erkinlikning qo‘lga kiritilishi ikkinchi erkinlikdan – sport musobaqalarida qatnashmaslik erkinligidan voz kechishiga olib keladi. Demak, bir tomondan erkinlik zaruriyatsiz, zaruriyat esa erkinliksiz mavjud emas, ikkinchi tomondan, shuning uchun ham, har qanday erkinlik cheklangan holdagina voqe bo‘ladi. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil–asosdan iborat deb hisoblaydilar. Bular – axloqiy ong, axloqiy hissiyot va axloqiy hatti–harakatlar. Ba’zi mutaxassislar (chunonchi, mashhur rus axloqshunosi a.i.titarenko) axloq falsafasining mezoniy tushunchalarini (kategoriyalarini), axloqiy me’yorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. Bizning nuqtai nazarimizda bu fikr unchalik to‘g‘ri emas. CHunki mazkur tushunchalar, tamoyillar va me’yorlar ko‘proq axloqqa emas, balki uni o‘rganadigan fanga – axloqiy axloqshunoslikka taalluqlidir. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan alohida xususiyatlarga egaligidan, ya’ni unda ko‘p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning amaliy tomonlar bilan omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, juda ko‘p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil–unsurning birortasisiz axloq tushunchasini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, axloqni inson ko‘zi oldida gavdalantiruvchi axloqiy munosabatlarning his etish va axloqiy ong ishtirokisiz yuzaga chiqishi, ya’ni mavjud bo‘lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy hissiyotga ham, axloqiy ongga ham taalluqli. Zero, tuzilmadagi bu uch unsur-omil bir-birisiz kamdan-kam mavjud bo‘ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi. Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi etakchilik mavqeiga, to‘g‘rirog‘i, asosiy unsur sifatidagi o‘rniga kelsak, uni bu tarzda talqin etish, bizningcha, to‘g‘ri emas. Vaholanki, sho‘rolar davrida va hozirdagi rus olimlari orasida, ba’zi g‘arbdagi zamonaviy axloqshunoslik yo‘nalishlarida ana shunday qarash hukmron ekanini ko‘ramiz. Aslida esa tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axloqiy his etish namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, juda ko‘p hollarda biror–bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzoq yoki qisqa vaqt mobaynida o‘sha qaror oqibatlari to‘g‘risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avvaldan anglab etishga urinish bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni biz o‘z xatti–harakatlarimizni axloqiy anglash elagidan o‘tkazib, faoliyat ko‘rsatamiz. Lekin o‘sha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror tubida, so‘zsiz, axloqiy hissiyot yotadi. Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun material vazifasini o‘taydi. Ba’zan esa o‘sha «material» – hissiyotning o‘zi axloqiy anglashni chetlab o‘tib, munosabat tarzida namoyon bo‘ladi. Bunga insonning favqulodda holatlardagi hatti–harakati misol bo‘la oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan yo‘l o‘rtasiga, koptokni quvib, go‘dak chiqib qoldi. Haydovchi tormozni bosish barobarida, shu zahoti mashinasini keskin chetga buradi. Bola omon qoladi, haydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq bo‘ladi. Bu holatda haydovchining go‘dakka nisbatan mehr–shafqati, achinish hissi, inson bolasini oliy qadriyat sifatida his qilishi muhim rol o‘ynaydi. Haydovchi o‘z hatti–harakatini «oqilona qarorga» kelishi uchun «etti o‘lchab, bir kesib» amalga oshirmaydi – hamma narsa bir lahzada ro‘y beradi. Bunda ong emas, oniy intuitsiya, o‘z qavmdoshi hayotini asrashdek tabiiy–biologik hissiyot – instinkt hal qiladi, ya’ni mazkur hissiyot tom ma’nodagi anglash darajasiga ko‘tarilib ulgurmasdanoq munosabatga aylanadi. Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ro‘yobga chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, me’yorlarimiz va tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolg‘on, soxtalik va totalitar zug‘um hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy ong, axloqiy munosabatlar qabul etilgan kodekslar, me’yorlar hamda tamoyillarga ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi. Rasmiy axloqiy qonun–qoidalar bilan haqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma’naviy jarlik paydo bo‘ladi. Tilda bu qonun–qoidalar ko‘klarga ko‘tarilgani holda, dilda, ich–ichdan ularga qarshilik hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojia bo‘lgan axloqiy so‘z bilan axloqiy faoliyatning alohida–alohida mavjudligi ro‘y beradi. Buni sho‘rolar davridagi «kommunizm quruvchisining axloqiy kodeksi» bilan shu kodeksni hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan guruhlarning, «shu kodeks asosida yashayapmiz» degan odamlarning poraxo‘rligida, tashmachiligida, xudbinligida, yolg‘onchiligida ko‘rish mumkin. Download 93.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling