3-Mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlariga modellar tuzish. Reja


-rasm.Bozordamahsulotnarhinivaqtbo’yichao’zgarishdinamikasi


Download 217.68 Kb.
bet2/2
Sana05.12.2020
Hajmi217.68 Kb.
#159801
1   2
Bog'liq
8-mavzu


5.-rasm.Bozordamahsulotnarhinivaqtbo’yichao’zgarishdinamikasi
Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik instrumentlari – iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlari erkin bozorlarni samaradorligini baholash bilan birga korxonalarning joylashishi va rivojlanishini modellashtirishda maqsad mezoni ko’rsatkichlari sifatida ham foydalanish mumkin. Bunda bozorning xar bir ishtirokchisi faqat o’zi manfatlarini, farovonligini ko’zlab ish yuritsa ham, bozor narhi sharoitni muvozanat xolatiga olib kelishga xarakat qilib, bozor ishtirokchilarining barchasini manfatlarini maksimallashtiradi.

Bozor samaradorligi muammosini hal qilishda va iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlari ko’rsatkichlaridan korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish modellarida maqsad mezoni sifatida foydalanishda bozorning faoliyati bilan bog’liq bir nechta taxminlar qilingan edi. Agarda bu taxminlar o’z kuchini yo’qotsa, yuqorida qilingan xulosalar shubxa o’yg’otishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:

1. Yuqoridagi xulosalar takomillashgan raqobat sharoitida faoliyat olib boruvchi bozorlarga ta’luqlidir. Xaqiqatda esa bozorlardagi raqobat sharoiti sof raqobatdan juda ham uzoqda. Ba’zi bir bozorlar bir yoki bir necha sotuvchilar yoki xaridorlar iborat bo’lib, ular bozor narhini nazorat, yoki bozor ustidan xukumronlik qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bozor ustidan xukumronlik qilish imkoniyatlari samaradorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin, negaki xukumronlik qilish yetkazib beruvchilarga mahsulot narhi va xajmini talab va taklif muvozanati xolatidan uzoqroqda bo’lgan darajada ushlab turish imkonini beradi.

2. Bozor faoliyati natijalari faqat xaridor va sotuvchilarning xatti-xarakatlaridan bog’liq deb taxmin qilingan edi. Ammo xaqiqatda ularning qarorlari faqat bu bozorga emas, shu bilan boshqa bozorga ta’luqli subyektlarga ta’sir qilishi ham mumkin. Xaridor va sotuvchilar iste’mol qilish va ishlab chiqarish xaqida qaror qabul qilib, boshqa bozorlardagi xolatlarni hisobga olmaydilar. Shuning uchun ushbu bozordagi muvozanat holati boshqa bozorlardagi muvozanat xolatiga to’g’ri kelmasligi mumkin va shu bilan ularning qarorlari butun jamiyat uchun samarali bo’lmasligi mumkin.



Makroiqtisodiy ekonometrik modellarning turlari va ularni iqtisodiy tahlilda qo’llanilishi

Makroiqtisodiy jarayonlar butun milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Makroiqtisodiy jarayonlar asosan uchta katta jarayonlarni o’rganadi va tushuntirib beradi. Bular:

1. Ishsizlik.

2. Inflyasiya.

3. Iqtisodiy o’sish.

Ishchsizlik - bu mamlakat miqyosida faol, mehnatga yaroqli aholining ish bilan band bo’lmasligi tushuniladi.

Inflyasiya - mamlakat miqyosida umumiy baholarning o’sishini ko’rsatadi.

Iqtisodiy o’sish - mamlakat aholisiga yalpi ichki mahsulotning yildan-yilga ko’proq ishlab chiqarilishi tushuniladi.

Ushbu uchta ko’rsatkich makroiqtisodiy muammolar hisoblanadi. Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi tufayli yuqoridagi muammolar vujudga keladi. Ushbu muammolarni hal qilishning bir necha usullari mavjud.

Ushbu muammolar turli xil sharoitlar, davlat olib borayotgan iqtisodiy siyosati, fiskal va monetar siyosat orqali vujudga kelishi mumkin.



Milliy iqtisod darajasida shakllantiriladigan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish modeli o’sish sur’ati va proporsiyalarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy o’sishning bir sektorli va ikki sektorli modellarini ko’rib chiqish mumkin. Bunday modellarni yaratish uchun quyidagi belgilar qabul qilinadi.

Jamg’arma me’yorini miqdori bilan iqtisodiy o’sish sur’ati o’rtasida uzviy aloqa mavjud. Bu bog’liqlikni ifodalash uchun V(t) parametri belgilanadi. U milliy daromadning joriy o’sishi bilan asosiy ishlab chiqarish fondlariga (ya’ni, sarflangan kapital samarasining darajasi) sof kaptal qo’yilmalar yig’indisi o’rtasidagi nisbati xarakterlaydi:

ega bo’lamiz.



Binobarin, milliy daromadning o’sish sur’ati sarflangan kapital samarasining jamg’arma iqtisodiy o’sish shaklini ifodalaydi. Agar jamg’arma me’yori va kapital qo’yilma bilan ta’minlanganlik iqtisodiy o’sish va oshish (kamayish) ning mustaqil parametrlari bo’lsa, jamg’arish me’yori boshqa teng sharoitlarda milliy daromad o’sish sur’atlarining proporsional ortishi (kamayishi) bilan birga kechadi. Sarflangan kapital samaradorligini doimiylik darajasini qabul qilib, Xarrod-Domarning iqtisodiy o’sish modeliga ega bo’lamiz.








Nazorat uchun savollar

  1. Ishlab chiqarish funksiyasini boshqa modellardan farqi?

  2. Ishlab chiqarish funksiyalarining turlari?

  3. Ishlab chiqarish funksiyalarning parametrlarini xususiyatlari.

  4. Ishlab chiqarish funksiyalarda ilmiy-texnik taraqqiyotning ahamiyati.

  5. O’sish turlari.

  6. Chegaraviy ko’rsatkichlarning xususiyatlari nimadan iborat?

  7. Ekstensiv va intensiv o’sishni ta’minlovchi omillar?

  8. Kobba-Duglas funksiyasini asosiy xususiyatlari.

  9. O’rnini bosish elastikligi qanday tahlil qilinadi?

Iqtisodiy tahlil kursatkichlaridan amalda qanday foydalanish mumkin?
Download 217.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling