3-mavzu: Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari. Reja: Rasmiy uslub haqida umumiy ma’lumot
Download 103 Kb.
|
3-mavzu 2
Bugun adabiy tilning leksik me’yorlaridan tashqaridagi mundial (futbol musobaqasi),oliygoh (institut),ilmgoh(universitet),o‘yingoh(stadion) kabi so‘zlarni qo‘llash nutqning to‘g‘riligiga putur etkazadi.
SHu narsani tan olish lozimki, har qanday istakdan qat’i nazar, peshqadam davlatning tilidan boshqa tillarga u yoki bu zaruriyat bois so‘z kirib kelaveradi. Fan va texnologiyadagi katta-kichik kashfiyotlar, yutuqlar, eng kami, shy kashfiyotchining ismi shaklida yoki yana boshqa biror shaklda o‘zga tillarga kirish uchun osonlikcha yo‘l topaveradi. Tarixda ham shunday bo‘lgan, bu tabiiy jarayon. Ayni fikrni isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. Birgina dunyo tillarining deyarli barchasidagi algoritm so‘zining Al-Xorazmiy ekanligini eslashning o‘zi kifoya. Bugun ham shunday: Mersedes, Soni, Samsung kabi yuzlab muayyan bir tilning so‘zlari butun dunyo tillariga kirib bo‘lgan. Mamlakatimizdagi jadal iqtisodiy islohotlar tufayli marketing, menejmeshp, menejer, broker, lizing, birja kabi allaqancha xorijiy so‘z o‘zbek adabiy tilining lug‘at xazinasidan joy olib ulgurdi. Albatta, bu so‘zlar yangi, ilg‘or iqtisodiy g‘oyalar bilan birga kirib kelmoqda. O‘zbek adabiy tilining talaffuz (orfoepik) me’yorlari deganda, nutqda ayrim tovushlar, ularning qo‘shilmasi, so‘zlar, jumla(gap)larning ohangi (intonatsiyasi) va shu kabilarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari nazarda tutiladi. Adabiy talaffuz me’yorlari so‘zning tovush jihatidan hamma tomonidan bir xil va to‘g‘ri aks ettirilishini, nutq oqimidagi ohangning aniq tayin etilishini tartibga soladi. Bu so‘zning va, umuman, nutqning to‘g‘ri tuzilishi va anglanishi uchun benihoya muhimdir. SHuning uchun urg‘u me’yorlarini o‘zbek adabiy talaffuzi me’yorlarining ichida qarash maqsadga muvofikdir. Adabiy talaffuz me’yorlarini belgilashda so‘zlardagi tovush va tovush qo‘shilmalarini to‘g‘ri aytish alohida o‘rin tutadi. Bunda mavjud tovushlarning o‘ziga xos qonuniyatlari, shakllangan an’ana va shevalardagi umumiy holatlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Masalan, kitob, hisob, maktab, yuzlab, obod, savod, marvarid kabi so‘zlarning oxiridagi jarangli undoshlarning nutkda kitop, hisop, maktap, yuzlap, obot, savot, marvarit tarzida jarangsiz aytilishi o‘zbek tilining deyarli barcha shevalarida uchraydi, shunga ko‘ra bu holat adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi. SHevalarda keng tarqalgani, tilimizning tovush tabiati va an’anaga kirgani tufayli baland, poezd, Samarqand, xursand, do‘st, artist, g‘isht, go‘sht, Toshkent kabi so‘zlarda so‘z oxiridagi undoshlarning aytilmasligi (yoki jaranglining jarangsizlashishi) ham talaffuz me’yori sifatida qaraladi. SHuningdek, so‘z shakllarining quyidagicha aytilishi ham me’yorga aylanib bo‘lgan: ushta (uchta), besso‘m (besh so‘m), ushmu (uchdi), ketti (ketdi), issiz (izsiz), tussiz (tuzsiz) kabi. Darsliklarda ta’kidlanganidek, "og‘zaki nutkda bo‘lsa,kelsa, bo‘lgan, kelgan singari so‘zlar talaffuzida l tovushini ko‘pincha tushirib qoldirish ham adabiy orfoepiya normasiga aylanib qolgan. Opti, bo‘pti, qopti, borarkan, kelarkan, ovor, ko‘yvor kabi so‘zlarning og‘zaki nutkdagi talaffuzi ham shu hodisaga kiradi." Aytish mumkinki, bu holatlarning o‘zbek adabiy talaffuzi me’yorlariga aylanib ulgurganiga ancha bo‘lgan. Ulkan adib Abdulla Qahhor "San’atkor" nomli hikoyasi (1936 yil) da bo‘lsa fe’lining adabiy talaffuzdagi bo‘sa shakl bilan bo‘sa (o‘pich) oti o‘rtasidagi shakldoshlikdan foydalanib, mazkur fe’lning faqat bo‘lsa shaklini adabiy talaffuz deb tushunadigan, hatto bo‘sa (o‘pich)- ni ham bo‘lsa tarzida aytadigan "madaniyatli" artistning benihoya kulgili qiyofasini chizgan: ...San’atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir traktorist uni savodsizlikda aybladi... San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana tutaqib ketdi: "Hech bo‘lmasa, aytadigan ashulangni o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt" emish!.. — Xizmatchisi savod maktabida o‘qiyotgan bir kishini traktorist savodsiz desa, alam qilmaydimi? — dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, - "labingdan bo‘lsa olsam, e shakarlab" deganim u kishiga yoqmapti, "bo‘lsa" emas, "bo‘sa" emish. O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar "bo‘sa, bo‘masa" deydi. Artist kulturniy odam — gapni adabiy kilib aytadi - "bo‘lsa, bo‘lmasa" deydi. Umuman, o‘zbek tilining talaffuz me’yorlari shakllangan va darsliklar, tegishli lug‘atlar, turli qo‘llanmalarda berilgan.O‘zbek tilining o‘ziga xosso‘z yasalishi me’yorlari mavjud. Har kanday yasaladigan so‘z shu me’yorlar doirasida bo‘lmog‘i shart. Bu me’yorlarga amal qilinmasdan yasalgan so‘z tilning lug‘at tarkibidan o‘rin ololmaydi. Masalan, -gich (-tich, -qich, -kich) qo‘shimchasi faol yasovchi qo‘shimchalardan bo‘lib, tilimizdagi mavjud so‘z yasalish me’yorlariga ko‘ra fe’lga ko‘shiladi va narsa-qurol, ya’ni fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi qurol otini yasaydi: suzgich, chizg‘ich, qirg‘ich, qisqich, ko‘rsatkich kabi. Bu qo‘shimcha ot turkumidagi so‘zga mutlaqo qo‘shila olmaydi. Lekin ba’zilar bu qoidani buzib, tomirgich so‘zini yasaydilar. Pulsografni tomirgach deb aytish, o‘zbek tilida bunday so‘z yasash tilimiz tabiatiga tamoman ziddir. CHunki tomir so‘zi ot turkumiga oid bo‘lib, mazkur qo‘shimchaning ma’nosi bilan uyg‘unlasha olmaydi, demakki, yangi so‘z yuzaga kelmaydi. SHuning uchun ham bu "so‘z" tilimiz lug‘atiga kirmadi. Xuddi shuningdek, bir muddat matbuot institut so‘zi o‘rnida oliygohni qo‘llab ko‘rdi. Bu so‘zning yasalishi ham o‘zbek tilining so‘z yasalishi me’yorlariga zid edi. Mustaqil so‘z sifatida tilimizda goh yo‘q. Buning ustiga, fors-tojik tilida ham goh unsuri faqat ot turkumidagi so‘zga qo‘shiladi, ya’ni donishgoh (donish — bilim), oromgoh, xobgoh kabi. Oliy so‘zi esa sifat, demak, oliygoh so‘zi o‘zbek tili yasalish qonuniyatlariga ham, tojik tili qonuniyatlariga ham begonadir. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling