3-mavzu: Sement toshining yemirilishi va karbonizatsiya


Download 103.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2023
Hajmi103.81 Kb.
#1420221



3-mavzu: 
Sement toshining yemirilishi va karbonizatsiya 
Reja:
1. Tsement toshining yemirilishi.
2. Karbonizatsiya jarayonlari.
3. Karbonizatsiya oqibatida betonning yemirilish muammosi.
4. Beton chidamliligiga karbonizatsiya jarayonining salbiy va ijobiy 
ta’sirlari. 
Betonning I tur korroziyasiga chidamliligini oshirish uchun quyidagilar 
ishlatiladi: a) zichligi yuqori beton; b) beton yuzasini tabiiy yoki sun’iy 
karbonizatsiyalash; v) maxsus, xususan, putssolan sement; g) beton yuzasini 
gidroizolyasiyalash; d) betonni qoplash yoki maxsus vositalarni shimdirish. 
Korroziyaning II turida beton ketma-ket yemirilmaydi. Betonning tashqi 
muhitga ochiq yuzasida gidratlangan sement toshi struktura elementlari, ba’zan esa 
sement klinkerining gidratlanmagan zarrasi buziladi. Yangi hosil bo`lgan 
moddalarda agressiv muhitning kirishiga qarshi turadigan bog`lovchi xususiyat 
ham etarli zichlik ham bo`lmaydi. Ular yuvilib yoki erib betonning ichki qatlamlari 
ochilib qoladi. 
Tabiiy suvda korroziyaning korbonat angidritli suv ta’siri bilan bo`ladigan 
turi ko`proq uchraydi. Karbonat angidrit H
2
CO
3
hamma suvda bo`ladi. Suvning 
o`zi va tuproqda bo`ladigan jarayonlar suvda karbonat angidritni hosil qiladi. 
Karbonat angidritda dissotsiatsiya ikki bosqich bilan bo`ladi: 
.
2
2
3
3
3
2
2
3
3
3
3
2

+

+

+

+
+
+
+

+

+

CO
H
HCO
H
CO
H
CO
H
HCO
HCO
H
CO
H
Aralashmada vodorod ionlari (H
+
) ning ko`payishi reaksiyaning 
muvozanatini 
buzadi, 
shuningdek 
+




3
2
3
3
2
3
,
HCO
CO
CO
H
HC

Vodorod 
ionlarining kamayishi aksincha karbonat angidritnihosil qiladi
HCO
va 

2
3
CO

Aralashmadagi turli pH asosiy shakli turlicha bo`lishi harakterlidir: pH > 8,4 
bo`lganda suvda karbonat angidrit H
2
CO
3
bo`lmaydi, pH < 6,5 bo`lganda H
2
CO
3
asosiy shakl, pH < 4 da 

3
HCO
yo`q bo`ladi, pH > 6,5 da 

3
HCO
- asosiy shakl, pH 
> 11 da - 
2
3

CO
asosiy shakl. Aralashmada barqaror holat 

3
HCO
bo`lishi uchun 
unda ma’lum miqdorda CO
2
bo`lishi kerak. H
+
, CO
3
-2
va

3
HCO
muvozanatga 
kelgan suv karbonat plenkani eritmaydi, ya’ni, sement toshiga nisbatan agressiv 
emas. CO
2
muvozanatdagi holatidan oshganda karbonat plenkani eritadigan sharoit 



yaraladi, ya’ni suv betondagi sement toshiga nisbatan agressiv xususiyatga ega 
bo`ladi. 
Betonda yirik va mayda to`ldiruvchilar qo`llaniladi. Donalari 5 mm dan 
kattaroq yirik to`ldiruvchilarni shag`al va chaqilgan tosh turlariga ajratiladi. 
Betondagi mayda to`ldiruvchilar tabiiy va sun’iy qum hisoblanadi. Chaqilgan 
toshni tog` jinslarini maydalash orqali olinadi. Qurilishda aksariyat oxaktosh va 
granitdan olingan chaqilgan toshlar ishlatiladi. Shag`al sirti tekis va shamolda 
nuragan tog` jinslarini noanik aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli 
yiriklikdagi shag`al-qum aralashmalar uchraydi. Yengil betonlar uchun g`ovakli 
tog` jinslaridan olingan tabiiy chaqilgan tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki ko`p 
hollarda mahsus sun’iy tayyorlangan to`ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, agloporit, 
shlakli pemzasi va boshqalar). 
Qum o`zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog` jinslarining 
shamol ta’sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning 
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dalashpatli va oxaktoshlilari 
uchraydi. Ba’zan qumni tog` jinslarini mahsus maydalash yo`li bilan olinadi. 
Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus 
maqsadlardagina qo`llaniladi.
To`ldiruvchilar betonning 80 % hajmini egallab, uning xususiyatlariga, uzoq 
muddatga chidamliligiga va narxiga ma’lum darajada ta’sir ko`rsatadi. 
To`ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho 
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan 
tashqari, to`ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. Yuqori 
mustahkamlikdagi to`ldiruvchili baquvvat skelet ma’lum darajada betonning 
mustahkamligini va deformatsiyalanish modulini ko`taradi – konstruksiyalarning
bosim ta’sirida deformatsiyalanishini kamaytiradi, shuningdek betonning 
siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta’sir ko`rsatish natijasida 
yuzaga kelishi mukin bo`lgan qaytmas deformatsiyalardan saqlaydi. To`ldiruvchi 
betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat chidaydigan materialni 
olish imkonini beradi. Tsement toshining qotish jarayonidagi cho`kishi 1-2 mm/m 
ni tashkil etadi. Notekis cho`kish deformatsiyalari sababli ichki zo`riqishlar va 
xatto mikroyoriqlar yuzaga keladi. To`ldiruvchi cho`kish deformatsiyasi 
zo`riqishini qabul qiladi va sement toshiga nisbatan bir necha barobar cho`kishni 
kamaytiradi.

Download 103.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling