3-mavzu: shaxsning hissiyotlari eksperimental psixologiyada tadqiq etish


Download 100 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi100 Kb.
#1596513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-amaliy uchun resurs

His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib yetish, biron- bir narsa to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechilishi xususida, kishiningalohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi.
Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantiradi, bilish extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. Ehtiyoj namoyon bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy tusga ega bo'ladi.
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi.
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi.
Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y beradigan o'zgarishlardan boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan o'zgarishlar kishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining jiddiy qayta qurilishi katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-qon tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib ketishiga olib keladi. Shu boisdan ham his- tuyg'ularning kechirilishi nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir lahza nafasi chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi), sekresiya bezlarining ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida yuz beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi tomonidan kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi zamonlardan buyon ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi deb hisoblab kelingan. Xalq orasida haliga qadar ham «yuragim sezib turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir.
His-tuyg'ular ba'zan har qanday psixik jarayonning faqat ёqimli, ёqimsiz yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shaklni kasb etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar (hissiy bo'ronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor ma'nodagi so'z bilan aytganda)ni hosil qiladi. «Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha sinonimlar sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu qandaydir bir oz doimiyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan iboratdir. «Emotsiya» so'zini o'zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga nisbatan o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg'usining o'zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.
Kishini tez chulg'ab oladigan va shiddat bilan o'tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o'zgarganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o'zingi- o'zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o'zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo'lagni uchun ham qisqa muddatli bo'ladi: ular his-tuyg'ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga portlashiga, bir zumda hamma ёqni to's-to'polon qilgan shamolga o'xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo'rondir.
Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun hatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu xurramlik yoki qayg'uli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yokima'yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo'ladi. Kayfiyati yomon kishi o'rtog'ining xaziliga yoki tanbehiga kayfiyati chog' vaqtidagiga qaraganda tamomila boshqacha munosabat bildiradi.
Psixologik ta'rifiga ko`ra affеktiv holatga yaqin turadigan, lеkin boshdan kеchirishining davomiyligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kеchirilishning alohida shaqli kuchli hayajonlanish (strеss) holati (inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish, zo`riqish dеgan so`zdan olingan)dan, yoxud hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib kеtgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y bеradi.
Strеss kishining o`ta faol yoki o`ta sust harakatida ifodalanadi. Hissiy zo`riqish holatida individning hatti-harakati kishi nеrv tizimining tipiga, nеrv jarayonlarining kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy ravishda bog`liqdir. (Masalan, imtihon oldidagi holat).
His-tuyg`ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kеchirilishi chog`ida ma'lum darajada sеziladigan tash qi bеlgilariga ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo`l va gavdaning ma'noli harakatlari, turqi-tarovat, ohang, ko`z qorachigining kеngayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o`zining qahr-g`azabini tеvarak atrofdagilarga qo`llarini musht qilishi, ko`zlarini chimirib qarash, do`q- po`pisali ohang bilan namoyish qiladi.
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha):
qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug`diradigan ijobiy hissiy holat. quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda qondirilishi noaniq dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat.
Hayratlanish- to`satdan ro`y bеrgan holatlardan hissiy jihatdan ta'sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan bеlgisidir.
Iztirob chеkish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko`pmi darajada mavjud dеb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog`liq salbiy hissiy holatdir.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling