3-Mavzu: Sotuvni rag’batlantirish. Reja: Sotishni rag’batlantirishning mohiyati hamda maqsadi


Download 331.17 Kb.
bet1/4
Sana23.09.2023
Hajmi331.17 Kb.
#1685344
  1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu Sotuvni rag’batlantirish


3-Mavzu: Sotuvni rag’batlantirish.
Reja: 1. Sotishni rag’batlantirishning mohiyati hamda maqsadi 2. Sotishni rag’batlantirish strategiyalari 3. Narx bilan bog’liq rag’batlantirish strategiyalari 4. Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqida xabardor qilish usullari
1.Sotishni rag’batlantirishning mohiyati hamda maqsadi Sotishni rag’batlantirish – marketing taktik usullari yig’indisi bo’lib, ular qabul qilingan sotish strategiyasi doirasida belgilangan sotish darajasiga va marketing maqsadlariga erishish uchun tovar (xizmat) qo’shilgan qiymatini yaratishga yo’naltiriladi.
Dastlabki "Singer" tikuv mashinalarining narxi o’rtacha oila yillik daromadining taxminan to’rtdan bir qismini tashkil qilgan. Narxi pasaytirish uchun I.Zinger to’lovni har oy qismlarga bo’lgan holda sotishni taklif etdi, bu esa faol rag’batlantiriladigan sotish mexanizmlarining birinchisi bo’ldi. Sotishni rag’batlantirish usullari yangi tovarni bozorga chiqarish, uni ilgari surishni kuchaytirish va hatto iste’mol haqida zarur ma’lumotlar to’plashga yordam beradi. Binney&Smith kompaniyasi flomasterlar uchun nom tanlash bo’yicha tanlov o’tkazdi va yakunda 60 mingta iste’molchi miqdorida axborot bazasi shakllantirdi, shuningdek, maqsadli bozorning 50% darajada xabardorligini ta’minladi.
Boshqa bir kompaniya xaridorlar beysbol yulduzlari avtografi tushirilgan fotosuratlar olish uchun xaridni isbotlash maqsadida yuborilgan ma’lumotlar asosida 200 mingdan ortiq pechene va yengil gazaklar bazasini yaratdi. O’z ixlosmandlari qatorini kengaytirish uchun Philip Morris kompaniyasi xaridorlar uchun "Marlboro jamoasi sarguzashtlari" ko’rigini o’tkazib, uning doirasida xaridorlar futbolka, kepka, jiletlar va marka logotipi tushirilgan boshqa tovarlar olish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’z vaqtida Chrysler korporasiyasi joylashtirgan e’londa belgilangan oyda belgilangan markadagi avtomobil xarid qilgan kishilar kompaniya rahbariyatidan mukofot olishi xabar qilingan. ko’rsatilgan oy davomida rekord miqdordagi avtomobillar sotildi. Bugungi kunda tadbirkorlikning turli tarmoqlarida ixtisoslashgan ko’plab korxona va kompaniyalar ushbu misolga ergashmoqda.

Download 331.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling