3-Mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
3-Mavzu. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH
REJA:
3.1. Statistik jamlashning mazmuni va uning masalalari.
3.2. Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
3.3. Guruhlash belgisi va ularning turlari.
3.4. Ikkilamchi guruhlash.
3.5.Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
3.6.Taqsimot qatori mohiyati va uni tarkibiy unsurlari.
Tayanch iboralar: Statistik jamlash, statistik guruhlash, guruhlash turlari, guruhlash belgilari, oddiy guruhlash, ko`p o`lchovli guruhlash, kombinatsion guruhlash, ierarxik guruhlash.
3.1. Jamlash to`g’risida tushuncha va uning turlari.
O'rganilayotgan hodisa bo'yicha statistik kuzatish o'tkazish natijasida u haqida ko'pdan-ko'p va turIi-tuman targoq ma'lumotlar to'planadi. Bu ma'lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo'lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to'plangan ma'lumotlarni bir tizirnga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu rnuamrno statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo'llash bilan hal etiladi. lamlashdan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi
Statistik svodkalash deganda to'plangan ma'lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko' zlangan maqsad va vazifalar nuqtayi-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi. Dasturda ayrim belgilar bo`yicha ajratilishi lozim bo`lgan guruhlar ro`yxati, shu guruhlar uchun hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi, qaysi hudud chegarasida va ma`muriy tomondan tobelik jihatidan materiallarni svodkalash lozimligi kabi masalalar echiladi. Svodkalash rejasida esa kim va qanday tartibda svodkalashning bajarilishi, uning natijlarini qanday rasmiylashtirish va matbuotda ma`lumotlarning qaysi qismini nashr etish kabi tashkiliy masalalar yoritiladi.
Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo`linadi. Oddiy svodkalash deganda olingan ma`lumotlarni guruhlarga bo`lmasdan to`plam bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, institutda ta`lim olayotgan jami talabalarning sonini hisoblash uchun kunduzgi, kechki va sirtqi fakul’tetlardagi talabalar sonini qo`shib chiqishning o`zi kifoya. SHuning o`zi oddiy svodkalash bo`ladi. Murakkab svodkalash deyilganda ma`lumotlarni dasturda ko`zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo`lib o`rganish tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bo`lib o`rganish bunga misol bo`la oladi.
Svodkalash tashkil qilinishiga qarab: markazlashgan va markazlashmagan svodkalashlarga bo`linadi. Markazlashgan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to`planadi va o`sha era ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |