3-mavzu: statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlash uslubiy ko’rsatmalar va namunaviy misollarni yechish
Download 85.78 Kb.
|
3-мавзу. Статистик маълумотларни жамлаш ва гуруҳлаш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala.
- 5-masala.
- 7-masala
Endi, yuqorida keltirilgan ishchi jadvallar tuziladi va uning natijalari bo’yicha quyidagi yakuniy jadvalni tuzamiz: Kredit miqdori va foiz stavkasi o’rtasidagi bog’liqligi
Yakuniy jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, foiz stavkasini ortib borishi natijasida bitta bankka to’g’ri keladigan o’rtacha kredit miqdori kamayib boradi. Demak, o’rganilayotgan belgilar o’rtasidagi bog’lanish mavjud bo’lib, u teskari bog’lanish shaklida o’z aksini topgan. Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala. Oilalardagi bolalar soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Yuqoridagi ma’lumotlar bo’yicha taqsimot qatorini tuzing va uni grafik orqali tasvirlang. 2-masala. Hisobot yilida 30 ta sanoat korxonasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Yuqoridagi ko’rsatkichlar bo’yicha taqsimot qatorlarini tuzing va ularni grafiklar (gistogramma, kumulyata, ogiva) orqali tasvirlang. 3-masala. 2-masala ma’lumotlari asosida sanoat korxonalarini asosiy fondlar qiymati bo’yicha guruhlang va har bir guruh uchun quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblang: korxonalar sonini; xodimlar sonini; mahsulot hajmini. 4-masala. 2-masala ma’lumotlari asosida sanoat korxonalarini xodimlar soni bo’yicha guruhlang va har bir guruh uchun quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblang: korxonalar sonini; asosiy fondlar qiymatini; mahsulot hajmini; foydani. 5-masala. 2-masala ma’lumotlari bo’yicha mahsulot hajmi bilan asosiy fondlar qiymati o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun sanoat korxonalarini guruhlang. 6-masala. 2-masala ma’lumotlari bo’yicha ish vaqtini yo’qotilishi bilan mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun sanoat korxonalarini guruhlang. 7-masala. 2-masala ma’lumotlari bo’yicha foyda summasi bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun sanoat korxonalarini guruhlang. 8-masala. 2-masala ma’lumotlari asosida sanoat korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmini asosiy fondlar qiymati hamda xodimlar soniga bog’liqligini kombinatsion guruhlash yordamida baholang. 9-masala. Joriy yilda ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining hajmi o’tgan yilga nisbatan 105,4 va 104,1 % ni, ularning salmog’i o’tgan yilda 73,4 va 26,6 %, joriy yilda esa 74,0 va 26,0 % ni tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlarni statistik jadval orqali tasvirlang. 10-masala. Ikkita korxona ishchilarining oylik ish haqi bo’yicha taqsimoti quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Ikkita korxona bo’yicha ish haqini taqqoslash uchun intervallarni yiriklashtirish usulida quyidagi guruhlarni ajratib qayta guruhlang: 400 gacha; 2) 400 dan 460 gacha; 3) 460 dan 520 gacha; 4) 520 dan 580 gacha; 5) 580 va undan yuqori. 11-masala. Hisobot davrida zavodlarning mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo’yicha taqsimoti quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Salmoqli qayta guruhlash usulida zavodlarning quyidagi uchta guruhini ajrating: 50 % gacha; 2) 50 dan 80 % gacha; 3) 80 % va undan yuqori. 12-masala. Joriy yilda qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 660 mlrd so’mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik mahsuloti 440 va 220 mlrd so’mni, ularning salmog’i 66,7 va 33,3 % ni tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlarni statistik jadval orqali tasvirlang. 13-masala. Korxonada ishchilarining jinsi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo’yicha reja bajarilish darajasi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan: Korxonada ishchilaining jinsi va reja bajarilish darajasi bo’yicha taqsimlanishi
Yuqorida keltirilgan jadval maketi to’g’ri tuzilganmi ? Agar noto’g’ri bo’lsa, to’g’ri jadval maketini tuzing. 14-masala. Viloyat sanoat korxonalarining ishchilar soni bo’yicha taqsimoti to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan: Viloyat sanoat korxonalarining ishchilar soni bo’yicha taqsimlanishi
Yuqorida keltirilgan jadval maketi to’g’ri tuzilganmi ? Agar noto’g’ri bo’lsa, jadvalning to’g’ri maketini tuzing. Download 85.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling