Eritma pH bog’liq holda rangini qayta o’zgartiradigan moddalarga indikatorlar deyiladi.
Amalda eng ko’p foydalaniladigan indikatorlar:
Lakmus – pH=5-8 intervallarda rangini o’zgartiradi;
Fenolftalein – pH=8,2-10 intervallarda rangini o’zgartiradi;
Metil to’qsariq (metiloranj) – pH=3,1-4,4 intervallarda rangini o’zgartiradi.
Indikatorlarning rangini o’zgartishi jadvalda ko’rsatilgan:
pH 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
Eritma reaksiyasi kislotali neytral ishqoriy
Lakmus
Fenolftalein
Metiloranj
qizil binafsha ko’k
rangsiz qizil malina
qizil to’q sariq sariq
Eritmalarning aniq pH qiymatlarini maxsus asboblar – pH metrlar yordamida o’lchanadi.
Vodorod ko’rsatkich kimyoviy va bologik jarayonlarda katta ahmiyatga ega, chunki bu jarayonlar reaksiya muhitiga bog’liq holda har xil tezliklarda har xil yo’nalishlarda boradilar.Suv havzalarida yuqori darajada fotosintez jarayoni ketayotgan davrda pH ko’tarilishi mumkin, masalan, O’zbekistonda iflos suvlarni biologik yo’l bilan tozalaydigan hovuzlarda suvo’tlar va suvga botib o’suvchi o’simliklarni maksimal ko’paygan vaqtda pH = 9-10,5 ga ko’tariladi.Bunday vaqtda suvda karbonat angidrid mutloq yo’qoladi (o’simlik tomonidan qabul qilinadi) va muhit karbonatlar tomonidan ishqorlanadi.Vodorod ionlarining konsentrasiyasi gidrobiontlarning tarqalish chegaralari va ularni hayot faoliyatining xarakteriga ham ta’sir qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, suvning faol reaksiyasi gidrobiontlarning tarqalishiga, ko’payishiga va rivojlanishiga ta’sir qiladigan ekologik omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |