3-Mavzu. Suvning kimyoviy va biologik xislatlari, undagi ekologik guruhlar


DUNYO OKEANI. UNING QISMLARI VA OKEAN TUBI RELYEFI


Download 74.4 Kb.
bet7/7
Sana15.10.2023
Hajmi74.4 Kb.
#1704106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Mavzu. Suvning kimyoviy va biologik xislatlari, undagi ekologi

DUNYO OKEANI. UNING QISMLARI VA OKEAN TUBI RELYEFI
Boshqa fanlarda bo’lgani singari okeanshunoslikda ham nazariy va tajriba tadqiqotlari o’tkaziladi. Ular o’zaro chambarchas bog’langan. Tajriba yo’li bilan olinadigan kuzatishlarga oid ma’lumotlar sizni qiziqtirayotgan obyekt – okean tuzilishi to’g’risida yaxlit tasavvur hosil qilish uchun nazariy tafakkurni taqozo etadi. O’z navbatida nazariy andozalar yanada ko’proq bilimga ega bo’lish uchun keyingi kuzatishlarni qay yo’sinda tashkil etishda asqotadi.
Yaqin-yaqingacha har narsaga qiziquvchi dengizchilarning yo’l-yo’lakay kuzatishlarini hisobga olmaganda tadqiqot kemalaridagi dengiz ekspeditsiyasi okeanni tajriba yo’li bilan o’rganishning asosiy vositasi edi. Bunday kemalar maxsus jihozlar: suvning temperaturasi kimyoviy tarkibi oqimlar tezligini o’lchaydigan asboblar dengiz tubidan tuproq oladigan dengiz jonivorlarini tutadigan moslamalarga ega bo’lishi kerak. Dastlabki okeanografik asboblar kema bortidan metall arqon bilan oddiy chig’ir yordamida suvga tushirilgan.
Katta chuqurliklardagi suvning o’ziga xos xususiyatlarini o’lchash topqirlikni talab qiladi. Darhaqiqat bir necha kilometr chuqurlikdagi asbob ma’lumotlarini qanday olishi mumkin? Uni yuzaga ko’tarish kerakmi? Ammo asbob yuzaga ko’tarilayotganda, suvning turli qatlamlaridan o’tishi oqibatida undagi ma’lumotlar ko’p marta o’zgaradi. Shu sababli kerakli chuqurlikdagi suv temperaturasini o’lchash uchun to’ntariluvchi termometrdan foydalaniladi. bunday termometrning “oyog’i osmondan bo’lganida” faqat o’sha o’zi to’ntarilgan chuqurlik temperaturasidan boshqasini ko’rsatmaydi. Uning to’ntarilishiga yuqoridan arqon bo’ylab tushirilgan kichik bir chopar yuk signal beradi. Ma’lum bir chuqurlikdan kimyoviy tahlil uchun suv namunasini oladigan idishning bo’g’zi ham to’ntarilgan vaqtda yopilib qoladi. Bunday idishlar batometrlar deb ataladi.
Keyingi yillarda okeanshunoslar uzoq vaqt yordam berib kelgan bunday oddiy asboblar o’rnini tok o’tkazuvchi kabel yordamida chuqurliklarga tushiriladigan elektr moslamalar egallab bormoqda. Asbob bunday kabel bilan kema bortidagi kompyuterga bog’langan bo’ladi. kompyuter chuqurlikdan kelayotgan ma’lumotlarni eslab qoladi va qayta ishlaydi.
Ammo okean haqida to’la ma’lumot olish uchun ilgarigi asboblarga nisbatan puxta, aniqva qulay moslamalar ham yetarli emas. Sababi, dunyo okeani hajmi shu qadar kattaki (Yer yuzining 71% maydonini ya’ni 360 mln kv km ni tashkil etadi) eng tezyurar kema ham uning barcha mintaqalarini kezib chiqishi uichun bir necha o’n yillar kerak bo’ladi. bu vaqt ichida uning suvlari holati atmosfera ob- havo o’zgargani kabi jiddiy ravishda o’zgarib ketadi. Kuzatishlar vaqti cho’zilib ketgani uchun okean to’g’risidagi tasavvurlar uzuq- yuluq bo’ladi. Okeanshunoslarga bu borada Yer atrofida bir kecha kunduzda bir necha marotaba aylanib chiqadigan yoki ekvatorning qaysi bir nuqtasidagi yuksaklikda “harakatsiz” turib qoladigan sun’iy yo’ldoshlar yordamga keladi. O’sha balandlikdan Yer yuzasining deyarli yarmi ko’rinadi. Bunday yuksaklikdan okeanni har tomonlama o’lchash qiyin ammo bu eplasa bo’ladigan ish. Hatto kosmonavtlar kuzatatdigan okean suvining loyqalanish hodisasi ham uning harakati haqida ko’p narsa berishi mumkin. Oqim bilan birga ko’chib yuruvchi bo’ylarni (suvda sayozlik, yo’l va h.k ni ko’rsatadigan belgi) yo’ldoshlardan kuzatish orqali suvning harakatini yavshiroq bilib olish mumkin bo’ladi. ammo okean yuzasidan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlarini qayd etib boorish orqali ham ko’proq axborot olish mumkin. Yo’ldoshdagi asboblar tutib oladigan to’lqinlarni tahlil qilib ham okean yuzasi temperaturasi, shamol tezligi, shamol to’lqinlarining balandligi va okeanshunoslarni qiziqtiradigan boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Download 74.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling