Issiqxona effektiga sabab bo‘luvchi holatlar - Issiqxona effektiga sabab bo‘luvchi holatlar
-
- Quyosh nuri atmosfera orqali singib, Yerning yuza qismini qizdiradi. O‘z navbatida Yeryuzasi infraqizil nurlarni tarqatadi, bu bilan esa uning sovishiga yordam beradi. Atmosferada metan, karbonat angidrid va boshqa issiqxona gazlarining to‘planishi infraqizil nurlarni o‘zida ushlab qoladi, natijada yeryuzasining qizishiga olib keladi
Ozon tuynugi - Ozon tuynugi
-
- Ozon (O3) - gaz, atmosferaning yuqori qatlamida tashkil topib, 70 kilometr balandlikkacha kuzatiladi, ammo uning asosiy massasi 20-55 kilometr balandlikdagi masofada joylashgan.
- Ozonning atmosferadagi umumiy massasi 3,2 x 109 tonna atrofida. Ozon Quyosh radiatsiyasining taxminan 3 % ini, ya’ni ultrabinafsha nurlarning 0,22-0,29 mkm uzunlikdagi to‘lqinlarini yutadi. Ultrabinafsha nurlar bakteriyalarni o‘ldiradi, organizmda D vitaminining shakllanishida yordam qiladi
Tuproq zararlanishi - Tuproq zararlanishi
- Hosildor yerlar o’simlik unib chiqishi uchun zarur hisoblanadi. Hosildor yerlar shakllanishiyuzming yillarga borib taqaladi. Yomg’ir yog’ib, yerni bo’shatib, uning ustki qismini oqizib ketadi, shamol ham uning ustki qismini ozi bilan uchirib ketadi.Tuproqning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib harakatlanishi- Eroziya deb ataladi. Eroziyaga uchragan yerlar daryo va kichik daryolar tomonidan yuvilib turiladi va quyosh nuriga to’sqinlik qilib fotosintez jarayoniini sekinlashtiradi. Bu esa baliqlar, molyuskalarga va boshqa organizmlarga talofat keltiradi. Eroziya tabiiy jarayon, lekin u insoniyat tasiri ostida kuchayib boradi, ekinzorlar haydalib, o’rmonlar kesilishi oqibatida yerlar ochiq holga kelib qolmoqda. Ochiq holdagi yerlarni esa shamol va yomg’ir osonlik bilan yuvib oqizib ketadi.
- Chiqindilar muammosi
- Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog‘da, dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obektlari chiqindilarni hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |