3-mavzu: Tadbirkorlik huquqi subyektlari. Reja


Download 94 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi94 Kb.
#220993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu yuzasidan maruza

Masalan: Davlat iqtisodiy munosabatlarga kirishar ekan, boshqa subyektlar kabi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun ruxsatnoma olishi talab etilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyotga rahbarlik qilishni yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlar asosida amalga oshirilishi ham unga xos bo‘lgan xususiyatlardan bo‘lib hisoblanadi.

Davlatning tadbirkorlik huquqi subyektlari qatoriga qo‘shmaslik, tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarni hal qilishda ko‘pgina noaniqliklarning kelib chiqishiga, bu boradagi masalalarni qaysi huquq sohasi normalari bilan tartibga solinishi lozimligi to‘g‘risidagi masalalarda chalkashliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘lar edi. Davlatning tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini birma-bir tahlil qilishga harakat qilamiz.

Amaldagi qonunlarimizga muvofiq xususiy va ommaviy mulk shakllari mavjud. Ommaviy mulk davlat mulkidan iborat bo‘lib, u ikki xil turdagi mulkdan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi mulki va munitsipal mulkdan tashkil topadi.

Yuqoridagi mol-mulklar asosida davlat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi va ularni o‘z organlari orqali korxonalarning tadbirkorlik faoliyati yuritishiga berib, yangi subyekt korxonalarni tashkil etadi. Shuningdek, mulkdor sifatida davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish masalalarini o‘zining maxsus organlari vakolatiga bergan.



Davlat mulki bo‘lgan maxsus obyekt davlat xazinasiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan tushadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat kreditor hisoblanadi. Shuningdek, davlat nomidan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha g‘azna mablag‘lari hisobidan javobgar hisoblanadi. Davlatning vakolati tadbirkorlik subyektlariga nisbatan boshqaruv faoliyati hisoblanadi.

Davlat insonlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirishdek ulkan vazifani bajarish maqsadida erkinlik asosidagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bir vaqtda hisob-kitob yuritish, moliya, soliq, subyektlar imtiyozlari kabi institutlarni tartibga solish ishini olib boradi va ular yagona dastur sifatida ko‘rinadi.



Masalan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish va xarid qilish, budjet manfaatlarini ko‘zlagan holda qonunlar, ekologiya masalalariga oid, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilinishi orqali subyekt sifatida ko‘rinadi.

Tadbirkorlik faoliyatida davlatning ta’siri – bu tadbirkorlik subyektlarini tuzish, bekor qilish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishni nazorat qilish faoliyatidir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:


  • normativ-huquqiy hujjatlar chiqarish;

  • davlat buyurtmalari;

  • davlat kontrakti;

  • davlat tomonidan tartibga solishni belgilovchi hujjatlar.

Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishining yana bir usuli bu bozor mexanizmini tashkil etib, unda monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq tizimi orqali va har bir subyektining huquqini himoya qilish, iqtisodiy erkinliklarining kafolatlashni belgilashdan iborat.


Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling